5-ma’ruza pokrishka detallarini tayyorlash


Protektorlarni tayyorlash


Download 333.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana08.11.2023
Hajmi333.23 Kb.
#1757331
1   2   3   4   5   6   7   8
Protektorlarni tayyorlash 
Rasm (12.15) protektorlar bir yoki ikkita rezinadan shpritslash yoki rezina 
lentasini qoplash (navivka) orqali tayyorlanadi.
Protektorlar uchun qattik rezinani qo‘llash, ularni yuqori yemirilishga 
qarshilikni ta’minlaydi, lekin qattiq rezina asosida yon boshi va protektorlarni ichki 
qismini tayyorlanganda pokrishka karasini ishlash muddati kamayadi. Shuning uchun 
protektorlarni ikki xil rezinadan tayyorlanadi: protektorlar yer bilan to‘qnashuvchi 
qismini yedmirilishiga bardosh qattiq rezinada, yon boshi va ichki qatlami ancha 
elastik xamda oz issiqlik xosil qiluvchi rezinadan tayyorlanadi. Bir turdagi rezinadan 
tayyorlanadigan protektor bitta chervyakli pressda, agarda ikki qatlamli protektor 
bo‘lsa, ikki chervyakli galovkasi umumiy bo‘lgan presslarda tayyorlanadi. Rasm 
(12.16). ikki chervyakli presslarning bir biriga nisbatan 30-40
0
burchakda qo‘yiladi. 
Birinchi xolda protektorlarning yer bilan tasirlashuvchi qismini estakadaga qo‘yib 
tayyorlanadi, chunki protektor lentasi uning tagidan o‘tishi lozim.
Rasm. Xar xil konstruktsiyali protektor sxemasi: 
a-bir xil rezina aralashmali sxema; 2 - ikki xil 
rezina aralashmali sxema; 1-qattiq rezina; 2-
yumshoq rezina. 


Er bilan ta’sirlovchi protektorlarni dublirlashda yonma yon joylashgan 
chervyakli preslarda maxsus qo‘rilmadan foydalaniladi. Protektorlarning shpritslash 
uchun oddiy chervyak presslari (MCHT 160x4, MCHT 200x4, MCHT 250x3) va 
maxsus vakuum tortuvchi moslamasi bilan jixozlangan (MCHXV 160x16, MCHXV 
200x16, MCHXV 250x17) presslar qo‘llaniladi. Ular qo‘yidagicha belgilanadi: 160, 
200, 250 – chervyak diametri, mm; 4, 3, 16, 17 sonlar – chervyak uzunligini 
diametrga nisbati (L/D). Agarda vakuum tortuvchi chervyakli presslardan 
foydalanilsa, rezina aralashmalarini oldindan valslarda qizdirish kerak bo‘lmadi. 
Vakuumlash natijasida monolit protektorlar olinadi. 
CHervyakli pressni tayyorlash – shpritslash qo‘yidagi bosqichdan iborat: 
nosozlikni tekshirish, kallak va profil plankasi 70-80
0
S gacha qizdirish planka (3), 
kallak pazi (1) qo‘yishdan iborat. (Rasm 12.16 a.). Silindr (4)ga xavo berilganda 
silindrga ulangan shtok, kallakni o‘rtasidagi tirqish orqali o‘tib, siqiluvchi planka 
(6)ga yordamida yopiladi va profil plankasi ushlab turaladi. Buning natijasida 
protektor lentalari chiqadigan profil tirqishi (7) xosil bo‘lidi.
Protektorlarni chervyakli press yordamida shpritslash (rasm 12.17) da 
keltirilgan. Oldin rezina aralashmasini valsda qizdirib olinadi yoki transporter orqali 
Rasm. Protektorlarni shprislovchi chervyakli press kallagi: 
a-bir chervyakli pressda bittali rezina aralashmasi; b - burchak ostida joylashgan ikki chervyakli pressda ikkitali 
rezina aralashmasi; v-bir biriga nisbatan burchak ostida joylashgan ikki chervyakli pressda ikkitali rezina 
aralashmasi; 1-kallak; 2-tarog'i; 3-Profil planka; 4-xavoli tsilindr; 5-xovoli tsilindr shtoki; 6-siquvchi planka; 7-
protektor lentani chiqaruvchi Profil tirqishkki; 8-chiquvchi protektor lenta; 9,10-chervyak. 


yuboriladi. So‘ngra ketma ketli usulida protektorni sovutish va saqlash jarayoni kerak 
emas. Buning natijasida protektorni tayyorlash uzluksiz bo‘ladi va tezlashadi, xamda 
jixozning unumdorligi xam oshadi. Rezina aralashmasi ta’minlovchi valsda rezina 
aralashma lenta shaklida qirqilib chervyak pressning yuklovchi varonkasi (6) ga 
beriladi. Aralashmani chervyak vali yutadi va kallak (3)ga itariladi. 
Shpritslash vaqtida kerakli bosim xosil qilish uchun (12,0-14,0 MPa) mashina 
kallagi kesimi, profil plankasi kesimiga nisbatan kamroq o‘lchamda amalga 
oshiriladi. Protektorni zichlanishi va kallakka beradigan aralashmani xajmini oshirish 
maqsadida, almashuvchi qadamli ikki zaxodli chervyak ishlatiladi. Buning natijasida 
chervyakning oxirgi siqilish zonasida rezina aralashmasining uzluksiz oqimi xosil 
bo‘lib, protektor lentaning mashinadan chiqish vaqtida usadkani xisobga olgan xolda 
zarur profilli planka qo‘llaniladi. (usatkani xosil bo‘lishi kauchukni elastik tiklanishi 
natijasida). 
Protektorlarni shpritslash vaqtida, chervyak pressga tushadigan aralashma 
xarorati 60-70 va 80-90
o
S (SK va NK nisbati), mashina yuklash varonkasi atrofidagi 
silindr korpusida xarorati 35-40
o
C, kallakning esa xarorati 80-90
0
S bo‘lishi kerak. 
Kallak va korpusni qizib ketishi, aralashma podvulkanizatsiya bo‘lishi va chervyak 
pressni buzilishiga olib keladi. Agarda kerakli xaroratgacha qizdirilmaganda esa 
chervyakli pressni ish unumdorligi kamayadi. Shuning uchun shpritslash vaqtida 
mashina kallagi va silindr yuzasida 0,30 MPa bosimda bug‘ va 0,40 MPa bosimda 
suv beriladi. Chervyakni yuzasiga esa faqat sovuq suv beriladi. Odatda protektorlarni 
3-16 m/min tezlikda shpritslanadi. Protektor o‘lchami va massasi qanchali katta 
bo‘lsa, xamda plastikligi kam bo‘lsa shpritslash tezligini kamayyadi. Shpritslash 
Rasm. Protektorlarni shprislash sxemasi: 
1-protektor lenta; 2-tarog'i; 3-press kallagi; 
4-tsilidr korpusi; 5-chervyak; 6-yuklovchi 
varonka; 7-rezina aralashmali lenta. 


tezligini oshirish uchun mashinaning rezina aralashma bilan ta’sirlashuvchi yuzalari 
xromlangan bo‘lishi kerak. Mashina kallagiga ultratovushli UZG-10U tipidagi 
qo‘rilma o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida protektor profillari rostlanadi.
Uzaytirilgan silindrli chervyakli mashinalarda rezina 5 ta zonadan o‘tadi, bular 
: yuklovchi zona, isituvchi va siquvchi zona, 3-vakumlash zonasi, 4-zichlash zonasi, 
5-siqish zonasi. Bu zonalardagi jarayonlarni amalga oshishi chervyak shnegining 
tishlari o‘lchami, shakli va joylashuvi bilan bog‘liq.
Rasm qo‘yish kerak 12.18........ 

Download 333.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling