5-ma’ruza pokrishka detallarini tayyorlash


Qanot va bort lentalarni tayorlash


Download 333.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.11.2023
Hajmi333.23 Kb.
#1757331
1   2   3   4   5   6   7   8
Qanot va bort lentalarni tayorlash 
Qanotlarni ishlab chikarish uchun eng asosiy jarayon bular bort halqa, 
to‘ldiruvchi shnur, bort xalqalarnini urami va qanotni yig‘ishdan iborat. Bort 
xalqasini tayyorlash qo‘yidagiusullarda ketadi. 
1) Rezina bilan qoplangan lenta yoki o‘rama ko‘rinishdagi simlarni paralel o‘rash. 
2) Bittali, rezina bilan qoplanmagan simlar yordamida spiralli ko‘rinishda qoplash. 
3) Bir o‘zakli oltiburchakli qirqimga ega bo‘lgan rezinalangan simni shablonga 
o‘rash. 
Paralel joylashgan simlar asosida bort halqalarini tayyorlash. 
Latunlangan po‘lat simi metall g‘altakda o‘ralgan xolda zavodga keladi. Zavodga 
keladigan uram, yog‘och katushga o‘ralgan bo‘ladi. Simlar yaxshi g‘adir-budirlangan 
(rixtlangan), ya’ni diametri 1,0-1,5 mm dan oshmagan halqaga aylanishi kerak. Ishlab 


chiqarishni boshida o‘ralgan simlarni zangi, yog‘ dog‘lari va kirlaridan maxsus 
stanok tozalanadi. Tozalangan simlar elektrodvigatel yordamida xarakatga 
keltiriladigan metall katushkaga o‘raladi. Zang va changlar ventilator yordamida 
tozalanadi. 
O‘ramning tozaligiga qarab rezina bilan bog‘lanish mustaxkamligi oshadi. 
Rezina bilan qoplangan sim va o‘ramlar T-ko‘rinishdagi kallakli chervyakli 
presslarda amalga oshiriladi (rasm 12.8). Ish boshlashdan oldin pressning qotiruvchi 
profilli va siquvchi shaybalarni tekshirish darkor, xamda korpusdagi silindr 
rubashkasidan bug‘ni chiqarish kerak. Ishlash davomida presning silindrdagi xarorati 
40
o
C dan oshmasligi lozim. Chervyakli pressni yuklovchi varokasidan qizdirilgan 
rezina aralashmasini asta sekin tushiriladi. Aralashmani sovuq xolda berilganda 
chervyakli pressni qizdirilmaydi. Chervyakli kallagni profilli shayba orqali sim yoki 
o‘ramlar perpendikulyar yo‘nalishda chiqadi. 
Bort halkalarini tayyorlash 
Bort halkalari (rasm 12.9 dagi) agregatda amalga oshiriladi. 
Urama o‘rnatilgan katushka (1) yo‘naltiruvchi moslama orqali o‘tib (2) T 
ko‘rinishdagi chervyak press (3) kallagigaga yetqazilib, rezina aralashmasi bilan 
xamma tarafidan qoplanadi. Bunda oldin simlar katushkadan bushatiladi. Simli 
lentan olish uchun 4-8 ta simlarni bir biridan bir xil masofada yo‘naltiriluvchi 
moslama orkali chervyak press kallagiga yuklanadi. Simlarning rezina aralashmasi 
bilan qoplab ulanadi va lenta hosil qiladi. Sim yoki uramlar lentasi chervyak press 
kallagidan chiqqanda


Rasm. Bort xalqalarini tayyorlash agregati: 1-katushka; 2-yo‘naltiruvchi 
moslama; chervyakli press; 4-vanna; 5-tortuvchi baraban; 6-kompesator; 7-
yo‘naltiruvchi shkif; 8-bolg‘a; 9-bolg‘ani lezviyasi; 10-prikatka (tekislovchi) qiluvchi 
rolik; 11-halqali shablon. 
vulkanlanishni boshlanishi oldini olish uchun suvli vannada (4) sovutilib va siqilgan 
xavo yordamida namlikni yo‘qotish uchun purkaladi. Tortuvchi baraban (5) 
kompensator (6) va yo‘naltiruvchi shkif (7) lardan o‘tgan rezina bilan qoplangan 
(o‘ralgan) sim halqasini shabloniga (11) o‘raladi, agregatning roligi (10) da prikatka 
qilinadi. Shablondagi ma’lum sonli yoki sim o‘ramlari (3-7) ga teng bo‘lishi kerak. 
Simlarni ma’lum sonini o‘ralgan keyin avtomatik bolta (8) lezviyasi (9) bilan 
uzib tashlanadi. Keyin shablon qulifi (zamogi) ochilib bort halqasi shoblondan 
olinadi. Ish unumdorligini oshirish maqsadida ko‘p qo‘lli halqa xosil kiluvchi 
agregatlar ishlatiladi. Bort halqalarini diametri kontrol shablonga qarab tekshiriladi. 
Bort halkalarini ulash yarim avtomat stanokda podvulkanizatsiya qilinadi. Tayyor 
bo‘lgan maxsulot stoykalarga osiladi. Bir biriga yaxshi ulanmaganda defektlarga olib 
keladi, bu eka pokrishka bort qismini tirnalishiga olib keladi. 
Bort halqalarini ulash joylarini (ulanmalarini) podvulkanizatsiyasi. Ushbu 
jarayon (Rasm da) keltirilgan. Elektr qizdirgichli 18 ta press formali yarim avtomat 
stanokda amalga oshiriladi. Xosil bo‘lgan bort halkasi aylanuvchi stol (4) press 
forma(2) ni pastki qismiga o‘rnatiladi. 
Rasm. Bort halqa ulanmalarini podvulkanizasiya 
qilish stanoki: 
1 - kalonka; 2-press-forma; 3 - bort halqasi; 4-
stol; 5-elektrodvigatel; 6 - stanina. 
Бунинг учун йуналтирувчи тугмача 
орқали тушурувчини ричагни олдига 
чиқариб ҳалқани пресс формага 
чекловчи масофагача жойлаштиради. 
Ҳалкаларни куйиш пресс формага 
куйиш 
вактида 
қўлни 
куйиб 
қолишидан эхтиёт бўлиши керак.


Keyin formani yopib 170 - 175°C 1 mm davomida pod vulkanizatsiya qilinadi. 
Formani ochish va halkalarni chiqarish avtomatik ravijda amalga oshiriladi. Xosil 
bulgan kollarni moslamaga kuyib pod vulkanizatsiyani tekshiriladi. Xosil bo‘lgan 
xalkalarni uruvchi va sanoat balandliga yuboriladi. Agarda vulkanizatsiya bo‘lmagan 
bo‘lsa, pastroq xararatda ikkinchi bor pod vulkanizatsiya qilinadi. 

Download 333.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling