5-ma’ruza pokrishka detallarini tayyorlash
Download 333.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Bort halqalarini o‘rash
Shina qanotlarini tayorlashda spiral va bo‘ylami bort halqalarini uruvchi moslamaga qo‛llaniladi. Spiral uruvchilarning abzaliklari shundaki, buning natijasida pokrishka borti yuqori mustaxkamlik va zichlikka yega. Ammo ushbu turdagi urama stanok unumdorligini kamaytiradi. Bort xalkalarini o‛ram lentalari rezina bilan qoplangan byaz yoki kalandrlangan rezina aralashmasidan tayorlanadi. Bunda byaz 45°C da dioganali kesuvchi mashinalar keng yuzada bichilib va ulanadi. Keyin ulangan palosalar bo‘ylanma kesuvchi mashinaga yuborilib, lentalardan 50 – 150 mm qalinligida bo‘llanma yo‘nalishida bichiladi. Keyin lentalarni qaychilar bilan kerakli uzunlikda zagatovka tayorlanadi, va o‘ruvchi stanokka quyiladi. Buz va qalandirlangan rezina aralashmasi paloskalarni maxsus dasgoxga 15-20 mm kenglikda lenta shaklida bichiladi. Bir sutka muddat davomida maqlangandan keyin yopishqoqligini kamaytirish uchun 100-150 mm diametrli rulon shaklda o‘raladi. Olingan rulon diskli pichog‘i mavjud dastgoxda 15-20 mm kenglikdagi halqa ko‘rinishida kesiladi. Rezina aralashmali to‘ldiruvchi shnurlar chervyakli presslarda yoki maxsus dastgohlarda tayyorlanadi. Bort xalqalarni spiral o‘rash (rasm 12.12) da keltirilib, to‘ldiruvchi rezina shnursiz amalga oshiriladi. Rasm. Bort halqalarni spiral o'rash sxemasi: 1,4 - uzatmali rolik; 2,5-siqiluvchi rolik; 3 - bort halqa; 6-o'ruvchi lenta; 5-o'ruvchi lentali katushkasi; 6 - o'ruvchi mexanizm korpusi. Rezina yoki byaz lentali katushka (7) o‘ruvchi shesternaga shunday o‘rnatilidigi, maxovik yordamida uning pazlar korpusning o‘ruvchi mexanizm (8) ga mos kelishi kerak. Bort halqa (3) o‘ruvchi mexanizm korpusi pazidan o‘tqazilib stoykadagi yo‘naltiruvchi sterjin oraliqdagi o‘zatuvchi rolik (1) va (4) ga o‘rnatiladi. Xova klapan dastagi bosish natijasida siquvchi roliklar (2) va (5) lar halqani ichki yuzasiga tushiriladi va uzatma roliklariga siqiladi. So‘ngra o‘ruvchi lenta (6) ning oxiri bort xalqasiga maxkamlanadi va dastgoxni tugma orqali sekin ishga tushiriladi. Bort xalqasi bir marotaba aylantirilganda, katushkadagi lenta spiral ko‘rinishida to‘liq o‘raladi. Lentani aylantirish oxirida elektrodvigatel yordamida o‘chiriladi. Asosiy valni aylanishi pedalni boshishi natijasida to‘xtatiladi. Agarda to‘xtatilgan shesteren pazi valning paziga to‘g‘ri kelmasa, ularning maxovik yordamida bir biriga keltiriladi. So‘ngra boshqarish dastagini ko‘tarish orqali siquvchi roliklar ko‘tariladi. O‘ralgan halqalar dastgoxdan yechilib, sifatini tekshiriladi va stoykaga osiladi. Bort xalqalarini bo‘ylama yig‘ish. Bu qo‘yidagi ketmakitlikda amlga oshiriladi. Bort xalqalari disklarni chuqurchalariga qo‘yiladi va o‘ziga tortiladi. Mexanizm dastagi tushirilib, bunda kronshteyen roliklari bort xalqalarini qisadi. Rezina surkalgan bo‘z lentasining uchki qismi bort xalqasi tagiga qistiriladi, rezina shnur esa bort xalqasi yo‘naltiruvchi tirqishga qo‘yiladi. Dastgoxning pedal orqali to‘liq aylanma xarakat amalga oshiriladi. Xalqa ustiga lenta va shnur o‘ralgandan so‘ng dastgox to‘xtatiladi va byaz lentasi shunday qiyalikda kesiladiki, ulangan joylaridan ortib turish kerak (5-10 mm). So‘ngra ulangan joylar yana bir matta to‘liq siqiladi, so‘ng stanokdan yechib olinadi. Qanotlarni yig‘ish. Qanotni lentalarni rezina bilan qoplangan kord yoki chefer va byazdan tayyorlanadi. Bo‘ylama kesuvchi mashinalardan uzatuvchi valiklar yordamida qanot tayyorlash stanokiga beriladi va unlarga bort halqasi uzatiladi. Qanotlarni yig‘ish bort halqalarining o‘rash usuliga bog‘liq. Rasm 12.13da faqat yig‘uvchi dasgox bo‘lib, ushbu dasgox spiral bort halqalari va rezina aralashmali profil shnuri bilan birgalikda qo‘laniladi. CHekkaga surilgan chap tekislovchi rolik (3) ga bichilgan bort halqa (1) o‘rnatiladi. Dastak yordamida xavo klapani tortiluvchi mexanizmga roliklari (2) tushiriladi. So‘ngra boshqa xavo klapini boshqa dastag yordamida tekislovchi disk (7)lari shunday tushiriladiki, buning natijasida bort halqasi bu mexanizm roliklari orasiga joylashtirilsin. So‘ngra tekislovchi diskka to‘ldiruvchi shnur (9) ning uchi va bort xalqasi joylashtiriladi, uzatma yoqiladi va shnur shkifning chekkalari (sheka) (8) orasidan yunaltiriladi. Bu yerda disklar ikkila tomonidan aylanuvchi halqa tomon suradi va tekislaydi. Xalqani ¼ oborot xarakat qilganda, uni tagiga qanot lentasi (10) ni uchi qo‘yiladi. So‘ngra pedalni sekin bosish orqali lenta xarakatlanib halqa va to‘ldiruvchi shnurni o‘raydi. Shnurning boshi tekislovchi diskdan o‘tganda stanok to‘xtatiladi, shnurni uchi burchak ostida kesilib, bir biriga tutashtiriladi va so‘ngra stanokni ishga tushiriladi. Halqani o‘ralgan qismini tekislovchi diskiga yaqinlashib, stanokni to‘xtatiladi va qanot lentasini kesiladi sababi, maxsus qalinligi 5 mm teng bo‘lishi kerak. So‘ngra stanok yoqiladi, qanot lentasi ulangan joyi siquvchi disk oralig‘idan o‘tadi. Tayyor bo‘lgan qanotni dastgoxdan olib, yig‘ish dastgoxiga yuboriladi. 12.14 Rasmda bo‘ylama o‘ramali bort xalqalari ishtirokidagi bort qanotlarini yig‘ish ko‘rsatilgan. Bu usulda to‘ldiruvchi shnur ishtirok etmaydi. Dastlab bort xalqasi (4) dastgoxning barabani oltiga shunday kiydiriladiki disklar reborda orasiga joylashsin, so‘ngra bort xalqasi tortiladi va zamok yopilib avvalgi usul kabi amalga oshiriladi. Rasm. Spiral o'raluvchi bort halkali qanotlarni yig'uvchi dasgox: 1-bort halqa; 2-halqani tortuvchi mexanizm roliki; 3-tekislovchi rolik; 4-yo'naltiruvchi rolik; 5-soshnik; 6-kesuvchi baraban; 7 - tekislovchi disk; 8-Sheki; 9-to'ldiruvchi shnur; 10-lentali qanot . Bort lentalarini tayyorlash. Dioganal kamerali shinalar uchun bort lentalari rezinalangan cheverdan (mato), kamerasiz shinalar uchun kapronli material (setka)dan tayyorlanadi. Bort lentalari uchun rezinalangan matolarni bichish aynan qanotlarni tayyorlash usuli kami tayyorlanadi. Ayrim zavodlarda bort lentalari kesuvchi mashinalardan keyin 45 0 gradus burchak ostida kesuvchi dastgoxlarga tushadi. Rezina aralashmadan tayyorlangan aniq o‘lcham va profilga ega bo‘lgan bort lentalari chervyakli preslarda tayyorlanadi, valiklarga bir jutfdan joylashtirilib yig‘ish stanoklariga beriladi. Download 333.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling