5-ma’ruza quyosh kollektorlari va ularning ishlash prinsipi. Reja
Download 397.06 Kb. Pdf ko'rish
|
5-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh kollektorlari
5-MA’RUZA Quyosh kollektorlari va ularning ishlash prinsipi. REJA: 5.1. Quyosh kollektorlari xaqida umumiy tushuncha. 5.2. Quyosh kollektorlari turlari. 5.3. Yassi quyosh kollektorlari. 5.1. Quyosh kollektorlari xaqida umumiy tushuncha. Quyosh kollektorlari fotovoltaik tizimlar qatorida faol quyosh texnologiyalari asosida yaratilinadi. Quyoshdan energiya olishdagi passiv bu transformatsiyasiz, ya‘ni derazalar va issiqxonalar kabi quyosh nurlanishidan to'g'ridan to'g'ri foydalanishni amalga oshiradigan texnologiyalardir. Quyosh kollektorlari ko'proq quyosh panellari nomi bilan tanilgan va aslida suvni isitish uchun hamda havoni sovutish uchun quyosh energiyasidan issiqlik energiyasini olishga mo'ljallangan qurilmadir. 5.2. Quyosh kollektorlari turlari. Quyoshdan issiqlik energiyasi olish foydalanilgan texnologiyaga qarab uch xil bo'lishi mumkin. Birinchi turi quyosh kollektorlari to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta‘sirida bo'lgan plastik naychalardan iborat bo'lib, ular ichida aylanayotgan suyuqlikni isitadi. Ikkinchi turi - quyosh kollektorlari bilan qoplangan pollar, bu holatda quyosh nurlari tekis metall kollektorda qabul qilinadi va panelning pastki qismida joylashgan o'tkazgichlarda oqadigan suyuqlikka o'tkaziladi. Shishaning vazifasi aks etgan nurlanishning tarqalishini oldini olishdir. Uchinchi turi - vakuumli quyosh kollektorlari, adsorbsiya materiali bilan qoplangan va vakuumli shisha kanallarga yopilgan quvurlardan iborat. Quyosh energiyasidan foydalanishdagi eng samarali qurilma hisoblanadi. Agar fotoelektr panellar o‘ziga tushayotgan Quyosh energiyasining 14-18% ni elektr energiyasiga aylantirsa, quyosh kollektoridagi ushbu samara 70 - 80 % ga yetadi. Haroratga bog'liq holda Quyosh kollektorlarini quyidagi turlarga bo'lgan holda ko'rib chiqamiz: 1) past haroratli kollektorlar – bunday kollektorlarda harorat T=50ºC dan yuqori bo'lmadi. Bular basseynlardagi suvni isitishga o'xshash yuqori harorat talab qilinmaydigan holatlarda qo'llaniladi (6.1.1 – rasm). 2) o'rta haroratli kollektorlar – bu suvni T=50-80ºC gacha isitishda foydalaniladi. Bunday kollektorlar yassi shisha plastinkadan tashkil topgan bo'lib, issiqlik tashuvchi sifatida suyuqlikdan foydalaniladi. 3) yuqori haroratli kollektorlar ko'pincha parabola ko'rinishidan iborat bo'lib, ko'pincha nisbatan kattaroq tizimlarda foydalaniladi. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda generatorlarni ishlatishda foydalaniladi. Hozirda Quyosh kollektorlarining eng oddiy ko'rinishlaridan biri havo kollektorlari hisoblanadi. Bular termosifon kollektorlar deb ham yuritiladi. Bunday nomlanishiga sabab, quyosh kollektorlari bir vaqtning o'zida issiqlikni o‘zida jamlab olib uning hisobiga qizigan suvni ham o'zida saqlaydi, bunday kollektorlar ko‘pincha standart qurilmalar hisoblangan gazli va elektrli qurilmalarni dastlabki haroratgacha isitish uchun suvni isitib beradi. Bunday usul yordamida elektr ta‘minotini va gaz sarfini tejash mumkin bo'ladi. Ushbu kollektorning afzalliklariga quyidagilar kiradi: elektr energiyani tejaydi, nisbatan arzon energiya olinadi va Quyosh energiyasidan suv isitish tizimida foydalaniladi, qurilmaga texnik xizmat ko'rsatish ancha sodda. 5.2.1– rasm. Quyosh kollektori yordamida basseynini isitish tizimi Bunday kollektorlar ―Integrated Collector and storage‖ yoki yig'ma kollektorlar deyiladi. Bunday qurilmalar ko‘pincha bir yoki bir nechta suv bilan to'ldirilgan baklardan iborat bo'ladi. Bu baklar issiqlikdan himoyalangan yashik ichida joylashtiriladi va shisha qopqoq bilan yopiladi, ba‘zan yashik ichiga reflektor joylashtiriladi. Uning maqsadi tushayotgan Quyosh nurini yig'ib beradi. Shishadan o'tgan Quyosh nuri suvni qizdiradi. Bunday usulda ishlaydigan qurilma arzonga tushadi, biroq qishdagi sovuq davrda suvni muzlashdan himoya qilish kerak bo'ladi (5.2.1 – rasm). 5.2.2– rasm. Quyosh havo kollektori. Quyosh havo kollektorlari havoni sirkulyatsiya qilish usuliga qarab ikki guruhga bo'linadi: 1- guruhda kollektordagi issiqlik tashuvchi ya‘ni havoning oqimi to'g'ridan – to'g'ri yutuvchi sirt ostidan o'tadi. Bunda kollektordagi havoning harorati atrof – muhit haroratidan T=3 – 5°C ga farqlanadi. Bunday kichik FIKni bo'lishiga sabab konveksiya va nurlanish orqali issiqlik yo'qolishining mavjudligidir. Infraqizil nurlanish yutishga moslashgan nisbatan kichik o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan istalgan modda bilan yutuvchi sirt qoplanganda, u issiqlik yo'qolish darajasini kamaytiradi. Sabab havo oqimi yutuvchi sirt ostida yoki yutuvchi sirt bilan ushbu shaffof qoplama orasida to'planadi. Shisha yoki plastmassadan qilingan shaffof qoplama yutuvchi sirtdan chiqayotgan issiqlik nurlanishini ko'p miqdorda pasaytirish imkoni yo'q. Biroq haroratni T=20–50°C ko'tarish imkonini beradigan konvektiv issiqlik yo'qolishini kamaytirib yuboradi. Shu bilan birga bu parametrga kollektorga tushayotgan Quyosh energiyasini intensivligi va obi-havo iqlimi sharoitiga ham bo'g'liq bo'ladi. Bunday kollektorlarning umumiy afzallik tomonlari shundaki, yutuvchi sirt harorati pasayishi hisobiga nurlanish bilan issiqlik yo‘qolishining kamayishi ham kuzatiladi. Download 397.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling