Bosh suyaklarining ochiq sinishi-uni o‘rab turgan yumshoq to‘qima butunligining buzilishi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining ochiq singanligini aniqlash uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bunda rentgenografiya usuli qo‘llanadi. Rentgenografiya yordamida bosh suyagi sinishining yo‘nalishini, darz ketganligini, ichiga botganligini va shunga o‘xshash xolatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
BTYO. Bosh suyaklari singanda birinchi yordam berish, miyaning chayqalishi va shokka qarshi kurashga qaratiladi. Bosh suyagi singan odamni gorizontal xolatda yotqizib, boshiga muzli xaltacha qo‘yish kerak. Nafas olishi to‘xtab qolgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish va nafas analeptiklari (1% li lobelin eritmasi) in’eksiya qilish kerak. Bemor xushiga kelgach davolash muassasasiga junatiladi. Bosh suyagi singanda bemor uzoq vaqt qimirlamay yotishi kerak bo‘ladi. Miya faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lmasa, operatsiya qilinmaydi. Bemorga to‘la orom beriladi. Suyak parchalarining botib ketishi natijasida kala ichki bosimi oshsa, bosimni tushirish va botgan parchalarni olib tashlash uchun bosh suyagi teshiladi, ya’ni trepanatsiya qilinadi. Bosh suyaklari ochiq singanda zudlik bilan jarroxlik amaliyoti o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |