5-ma’ruza Shikastlanishlar. Yumshoq to‘qima shikastlanishi va btyo bosh miya Shikastlanishi va unda btyo
Download 68 Kb.
|
5 маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umurtqa pog‘onasining SHikastlanishi
Miyaning urilishi. SHikatslovchi omilning miyaga karama-qarshi tomondan zarb bilan urilishi natijasida kelib chiqadi, bunda boshning yumshoq to‘qimasi butun qolib, miya moddasi shikatslanadi. Engil darajada urilganda-es-xushning yo‘qolishi, nevrologik o‘zgarishlar, nutq va sezishning buzilishi, falajliklar kuzatiladi. O‘rta darajada miya faoliyatining buzilish belgilari birmuncha yaqqolroq ifodalanadi. Og‘ir darajada uzoq vaqt xushsizlik, hayotiy faoliyatlarni izdan chiqishi kuzatiladi.
BTYO. Boshni yuqoriga qaratib yotqizilgan xolda zambilda kasalxonaga jo‘natiladi. Davolash 4-5 hafta olib boriladi va miya shishini oldini olishdan, miyaga qon quyilganda punksiya qilish, miya oziqlanishini yaxshilash va yallig‘lanishga qarshi kurashdan iborat bo‘ladi. Miya chayqalishi. SHikastlanish tufayli miyada morfologik o‘zgarishlar ro‘y bermasdan faqat uning faoliyatini buzilishi miya chayqalishi deyiladi. Engil darajada qisqa vaqt es-xushni yo‘qotish, qusish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatiladi. O‘rta darajasida bir necha soat es-xushini yo‘qotish. adinamiya, nitsagm, qorachiqni torayishi, pulsni sekinlashishi, nafasni tez va yuzaki bo‘lishi kuzatiladi. Og‘ir xollarda esa es-xushi uzoq vaqt tiklanmaydi, puls va nafas olish sekinlashadi, nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi. BTYO. Miyasi chayqalgan odam shifoxonada uzoq vaqt davolanadi. Qo‘zg‘alish alomatlari bo‘lganda morfin, lyuminal yoki veronal buyuriladi, boshiga muzli xalta quyiladi. Uzoq vaqt xushsiz yotganda natriy xloridning 10 % eritmasidan 10-20 ml, glyukozaning 40 % li eritmasidan 20-40 ml venaga, 25 % magniy sulfat 4 ml mushaklar orasiga yuboriladi, magniy sulfatning 50 % li eritmasini klizma qilish mumkin. Kala ichki bosimini tushirish uchun diuretiklardan (furosemid, triamterin) xam foydalanish mumkin. Sedativ va tomirlarni kengaytiruvchi vositalardan foydalaniladi. Umurtqa pog‘onasining SHikastlanishi-qurilish, tog‘da ishlovchilar, qishloq xo‘jalik ishlarini bajarayotganlar, sportchilar orasida uchrashi mumkin. Umurtqa pog‘onasi yopiq va ochiq sinishi mumkin. Belgilari: singan soxaning shishib qolishi, og‘riq, harakatsizlik va b. Ko‘pincha to‘liq va qisman falajlik (parez va gemeparez), sezuvchanlikning yo‘qolishi, chanoq a’zolari faoliyati buzilishi kuzatiladi. BTYO. Bemorni qimirlatmasdan kasalxonaga jo‘natiladi. Uzoq vaqt o‘rinda yotish, tortib qo‘yish, gipsli korset, davolash fizkulturasi, fizioterapiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling