5-ma’ruza sinxron mashinalar, sinxron generatorlar va dvigatellar. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasining elektr mashinalari reja
-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi
Download 1.75 Mb.
|
5-ma\'ruza
5.16-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi
Yuklamaga ketma-ket – transformator Tr1 ning birlamchi cho‘lg‘ami, yukla-maga parallel ravishda esa – transformator Tr2 ning birlamchi cho‘lg‘amlari ulana-di. Transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amlari parallel ulangan va ular sinxron generatorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCH ulangan to‘g‘rilagich T ni manbalaydi. Ketma-ket transformator Tr1 ning ikkilamchi toki Ii yuklama toki I ga, parallel transformator Tr2 ning ikkilamchi tok Iu esa – yuklama kuchlanishi U ga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘rilagich kirishidagi tok I~ tok Ii va Iu larning geometrik yig‘indisiga, ya’ni I~ = Ii + Iu ga teng bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki Iq~I~ na faqat yuklama toki I va kuchlanish U qiymatiga, balki ular orasidagi siljish burchagi φ ga xam bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 27.3-rasmdagi sxema fazaviy kompaundlashtirish sxemasi deb ataladi. Transformator Tr1 va Tr2 larning transformatsiya koeffitsientlari va ulangan g‘altaklarning induktivligi L shunday tanlanadiki, bunda yuklama toki I va siljish burchagi φ larning xar qanday qiymatida xam, generatorning kuchlanishi o‘zgar-mas xolda saqlanib turiladi. Aktiv yoki aktiv-induktiv yuklamani ortishi bilan tok Ii, I~, Iq lar va EYuK E lar xam ortadi. Natijada, stator cho‘lg‘amlaridagi kuchla-nish tushishining ortib boruvchi ta’siri avtomatik tarzda qoplanadi. 5.16-rasmdagi sxemada, sinxron generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayo-nini yaxshilovchi rezonansli kontur ishlatilgan. Buning uchun, to‘g‘rilagichga parallel ravishda o‘zgaruvchan tok tomonidan kondensator С lar ulanadi. Kondensator С larning sig‘imi shunday tarzda tanlanadiki, bunda ishga tushi-rish paytida, rotor aylanish tezligi nominal tezlikdan kam, ya’ni n < nn bo‘lganda, kuchlanish rezonansi kelib chiqadi va kondensatorlar va to‘g‘rilagich kirishidagi kuchlanish ko‘payadi. Buning xisobiga to‘g‘rilagich qarshiligi kamayadi, o‘z-o‘zi-ni qo‘zg‘atish sodir bo‘ladi. Rotor aylanish tezligi turg‘un bo‘lganda (n nn), rezonans shartlari buziladi va kondensatorlar amaliy jixatdan sxema ishlashiga ta’sir o‘tkazmaydi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling