5-ma’ruza sinxron mashinalar, sinxron generatorlar va dvigatellar. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasining elektr mashinalari reja
Download 1.75 Mb.
|
5-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. STRELKA YURITMALARINING ELEKTR DVIGATELLARI
- 5.13-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi
- 5.6. KODLI YO’L TRANSMITTERLARINING BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELLARI
- 5.7. ZAXIRAVIY MANBALASH UCHUN SINXRON GENERATORLAR
5.4. SINXRON DVIGATELNING
ISHCHI TAVSIFLARI Sinxron dvigatelning ishchi tavsiflari (5.11-rasm), tarmoq kuchlanishi U1, chastotasi f1, shuningdek, qo‘zg‘atish tokining qiymati doimiy bo‘lgandagi aylanish tezligi n1; iste’mol qilinayotgan tok I1; foydali moment M2 va quvvat koeffitsienti cosφ1 ni foydali quvvat R2 bilan bog‘liqliklarni ifodalaydi. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidagi tokni o‘zgartirib, sinxron dvigatellarning quv-vat koeffitsientini oshirish imkoniyatining borligi katta qiziqish uyg‘o-tadi. Sinxron dvigatelning ishlash jarayonida, stator cho‘lg‘amida, kuchlanish U1 ga taxminan teng qiymatdagi EYuK E1 xosil bo‘ladi. Doimiy kuchlanish U1 da, EYuK E1, shuningdek doimiy U1 ≈ (–E1) = const bo‘ladi deb xisoblansa bo‘ladi. EYuK E1 = 4,44f1w1kw1Ф mashinaning natijaviy magnit oqimi Ф dan xosil bo‘ladi. Sinxron mashinalarda ushbu oqim, ikkita magnitlovchi: qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami Fq va stator cho‘lg‘ami Fa kuchlarining o‘zaro ta’siridan yaratiladi va u mashina ishlaganda amalda o‘zgarmaydi. Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar qo‘zg‘atishning mag-nitlovchi kuchi Fq o‘zgartirilsa, unga qarama-qarshi yo‘nalishda statorning magnitlovchi kuchi Fa ham o‘zgaradi, chunki ularning yig‘indisi o‘zgarmas Fq + Fa ≈ const bo‘lishi kerak. Ya’ni, qo‘zg‘atish toki asta-sekin ortirilganda, MYuK Fq oshadi, Fa esa – kamayadi. Fa ning kamayishi faqat tok I1 ning kamayish, aniqroq qilib aytganda, uning reaktiv (induktiv) tashkil etuvchisi – magnitlovchi tok xisobiga bo‘lishi mumkin, chunki stator cho‘lg‘amining ‘ramlar soni w1 o‘zgarmas xolda qoladi. 5.12-rasm. Yuklamaning turli qiymatlari uchun stator tokining qo‘zg‘atish tokiga bog‘liqligi 5.11-rasm. Sinxron dvigatelning ishchi tavsiflari Tok I1 ning reaktiv tashkil etuvchisining kamayishi quvvat koeffitsienti cosφ1 ni ortishiga olib keladi. Asta-sekin qo‘zg‘atish tokini ortirib, shunday xolatga ega bo‘lish mumkinki, bunda, tok I1 reaktiv tashkil etuvchiga ega bo‘l-maydi, ya’ni toza aktiv bo‘lib qoladi. Bu xolda, dvigatelning quvvat koeffi-tsienti cosφ1 = 1 bo‘ladi. Qo‘zg‘atish tokini ortirish davom etilsa (o‘ta qo‘zg‘atilganda, ya’ni, qo‘z-g‘atishning magnit oqimi Фq, EYuK E1 ni sodir etish uchun talab etilgandan katta bo‘lib qolganda), tok tarkibida yana reaktiv tashkil etuvchi xosil bo‘ladi. Ammo, endi bu tashkil etuvchi magnitsizlantiruvchi bo‘ladi, ya’ni, u kuchlanish U1 dan faza bo‘yicha o‘zib ketadi (sig‘imli tok). Bu etarli darajada qo‘z-g‘atilmagan xolat kabi, dvigatelning cosφ1 ni yana kamayishiga olib keladi. Yuklama P2 ni turli qiymatlari uchun tok I1 ni qo‘zg‘atish toki Iq ga bog‘-liqligi 5.12-rasmda keltirilgan. Qo‘zg‘atish toki Iq.n dvigatelning cosφ1 = 1 bo‘lgan quvvat koeffitsientiga to‘g‘ri keladi. Qo‘zg‘atish tokining qiymatlari Iq<Iq.n yoki Iq>Iq.n bo‘lganda, quvvat koeffitsienti cosφ1 Dvigatel etarli qo‘zg‘almaganda (Iq<Iq.n), kech qoluvchi tok bilan ishlaydi, ya’ni, tarmoq uchun u induktiv, o‘ta qo‘zg‘alganda (Iq>Iq.n) esa – o‘zuvchi tok bilan ishlaydi, ya’ni, tarmoq uchun sig‘imli xisoblanadi. Elektr magnit qo‘zg‘atishli sinxron dvigatellarda, qo‘zg‘atish tokini o‘z-gartirish xisobiga cosφ1 ni o‘zgartirish imkoniyati, juda muxim axamiyatli sifat xisoblanadi. 5.5. STRELKA YURITMALARINING ELEKTR DVIGATELLARI Strelka elektr yuritmalari uchun quyidagi elektr dvigatellar: reversiv МСП-0,1 va MСП-0,25 turlaridagi ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellari xamda uch fazali MСТ-0,25 turidagi o‘zgaruvchan tok dvigatellari qo‘llaniladi Strelka elektr yuritmasining ketma-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dviga-tellari. Ketma-ket qo‘zg‘atishli dvigatellar elektrik, dispetcherlik va tepaik markazlashtiris-hlardagi strelkalarni masofaviy boshqarish uchun mo‘ljallangan strelka yuritmalarida o‘rnatiladi. M СП-0,1 turidagi dvigatel yengil turdagi strel-kalarni o‘tkazuvchi elektr yurit-malarda o‘rnatish uchun mo‘jallangan. Yangi ishlab chiqarilayotgan yuritmalarda bu turdagi dvigatellar qo‘llanishga ega emas. Nominal quvvati Pn = 0,1 kVt bo‘lgan ushbu dvigatel seriesli, ikki qutbli, reversiv, ish rejimi – qisqa vaqtli qaytalanma bo‘lib, u - 30, 100 va 160 V nominal kuchlanishlarga tayyorlanadi. - iste’mol qiladigan toki, mos ravishda 10,0; 2,5 va 1,8 A dan ortmaydi, - aylanish tezliklari 1300 va 1500 ayl/min xamda FIK η = 0,4…0,6 ga teng. 5.13-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi Dvigatelning gabarit o‘lchovlari 320x250x192 mm; massasi 20 Kg. Reverslash uchun dvigatel QCh1 va QCh2 larga ega bo‘ladi (5.13-rasm). Birinchi cho‘lg‘am QCh1 ulanganda, dvigatel yakori to‘g‘ri yo‘nalishda, ikkinchi cho‘lg‘am QCh2 ulanganda esa teskari yo‘nalishda aylanadi. Og‘ir turdagi va tanlash tepaliklardagi strelkalarni o‘tkazadigan elektr yuritma- -larda MСП-0,25 turidagi ikkita cho‘lg‘amli, nominal quvvati Pn = 0,25 kVt ga teng bo‘lgan dvigatel ishlatiladi. Cho‘lg‘amlarning ulanishi 27.1-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu turdagi dvigatel yopiq ko‘rinishdagi bo‘lib, u xam MСП-0,1 turidagi dviga-telga o‘xshash seriesli, ikki qutbli, reversiv, xamda: - 30, 100 va 160 V nominal kuchlanishlarga tayyorlanadi. - iste’mol qiladigan toki, mos ravishda 12,25; 3,3 va 2,5 A dan ortmaydi, aylanish tezliklari 1450 va 1700 ayl/min, - FIK esa η = 0,67… 0,76 ga teng. Nisbiy davomiyligi 25% bo‘lgan qisqa vaqtli-qaytalanma ish rejimiga mo‘jallangan. Dvigatelning o‘lchovlari 320x244x190 mm; massasi 17 Kg dir. Strelka elektr yuritmasining asinxron dvigatellari. MСТ-0,25 turidagi qisqa tutashuvli rotorli uch fazali asinxron dvigatellar o‘zgaruvchan tokli strelka elektr yuritmalarida qo‘llaniladi. Bu dvigatelning asosiy ko‘rsatkichlari quyida-gilardir: - foydali quvvati – 200 Vt; - iste’mol qiladigan toki: cho‘lg‘am “yulduz” li sxemada ulanganda 1,4 A (chiziqli kuchlanish 220 V), “uchburchak” li sxemada ulanganda – 2,4 A (chiziqli kuchlanish 127 V); - rotorning aylanish tezligi – 1250 ayl/min. Bu asinxron dvigatel qisqa vaqtli-qaytalanma ish rejimiga mo‘jallangan. Dvigatelning gabarit o’lchovlari 322x250x170 mm; massasi 17 Kg ga teng. 5.6. KODLI YO’L TRANSMITTERLARINING BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELLARI Transmitterlar kodli avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signallashtirish qurilmalarida ishlatiladi. Bir fazali asinxron kondensatorli AСOM-48 turidagi dvigatel kodli yo‘l trans-mitterlarga o‘rnatiladi. Bu dvigatel chastotasi 50 va 75 gertsli 110 V o‘zgaruvchan kuchlanishga ega bo‘lgan manbadan ta’minlanadi. 50 Gts li chastota bo‘lganda, dvigatelni elektr sxemasiga sig‘imi 6 Mkf (5.14-rasm, a) bo‘lgan kondensator, 75 Gts li chastotada esa – sig‘imi 2 Mkf (5.14-rasm, b) bo‘lgan kondensator ulanadi. AСOM-48 turidagi davomiy ish rejimi uchun mo’jallangan dvigatelning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir: - ol iste’m qilinayotgan to‘la quvvat–16,5 VA; - foydali quvvat – 3,5 Vt; FIK η = 0,3; - me’yordagi yuklama va 110 V kuchlanishda stator cho‘lg‘amlari iste’mol qila-digan tok: birinchi faza (yo‘g‘on cho‘lg‘am) da 0,1… 0,15 A, ikkinchi faza (ingichka cho‘lg‘am) da 0,13…0,18 A; - 50 Gts li chastotada yakorning minimal aylanish tezligi n = 982 ayl/ min, 75 Gts li chastotada esa n = 1473 ayl/min; - sinxron aylanish tezligi 50 Gts li chastotada n = 1000 ayl/min, 75 Gts li chastotada esa n = 1500 ayl/min; 5.7. ZAXIRAVIY MANBALASH UCHUN SINXRON GENERATORLAR Sinxron generator ДГA turidagi dizel-generator agregatining komplektiga kiradi. Bunday generatorlarning stator cho‘lg‘amlari yulduzli ulanganda chiziqli kuchlanishi U = 380 V, quvvati esa Pn = 2, 24 yoki 48 kVA ga teng bo‘ladi. ДГA generatori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish va kuchlanishni avtomatik rostlash tizimlarining apparaturalari bilan ta’minlangan. Bu generatorning sxemasini ko‘rib chiqamiz (5.16-rasm). Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling