5-ma’ruza sinxron mashinalar, sinxron generatorlar va dvigatellar. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasining elektr mashinalari reja


Download 1.75 Mb.
bet1/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1119123
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-ma\'ruza


5-MA’RUZA
SINXRON MASHINALAR, SINXRON GENERATORLAR VA DVIGATELLAR. TEMIR YO‘L AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKASINING ELEKTR MASHINALARI


REJA
5.1 Sinxron generatorlar, umumiy ma’lumotlar, tuzilishi
5.2. Sinxron generatorning ishlash prinstipi va tavsiflari
5.3. Uch fazali sinxron dvigatelning ishlash prinsipi va ishga tushirish
5.4. Sinxron dvigatelning ishchi tavsiflari
5.5. Strelka yuritmalarining elektr dvigatellari
5.6. Kodli yo’l transmitterlarining bir fazali asinxron dvigatellari
5.7. Zaxiraviy manbalash uchun sinxron generatorlar
5.8. Avtomatik shlagbaum elektr yuritmalarining o’zgaruvchan
va o’zgarmas tok dvigatellari
Tayanch so‘z va iboralar
Sinxron generatorlar, umumiy ma’lumotlar, tuzilishi, turbogeneratorlar, gidrogeneratorlar, ayon va noayon qutbli sinxron generatorlar, sinxron generatorning ishlash prinstipi, tashqi va rostlash tavsif-lari, uch fazali sinxron dvigatelning ishlash prinsipi, ishga tushirish ishchi tavsiflari, Strelka yuritmalarining elektr dvigatellari, кodli yo’l transmitterlarining bir fazali asin-xron dvigatellari, zaxiraviy manbalash uchun sinxron generatorlar, avtomatik shlagbaum elektr yuritmalarining o’zgaruvchan va o’zgarmas tok dvigatellari


5.1.SINXRON GENERATORLAR,
UMUMIY MA’LUMOTLAR, TUZILISHI
Sinxron mashinalar deb, cho‘lg‘amlardagi o‘zgaruvchan tokdan xosil bo‘ladigan magnit maydoni, fazoda rotor tezligi bilan bir xil tezlikda, ya’ni rotor bilan sinxron aylanadigan o‘zgaruvchan tok mashinalariga aytiladi.
Hozirda, eng ko‘p o‘zgaruvchan tok elektr energiyasi sinxron generatorlar yor-damida ishlab chiqiladi. Issiqlik stansiyalarida parli turbinalar yordamida turbogene-rator (5.1-rasm) lar harakatga keltiriladi. Gidroturbinalar yordamida aylantiriladigan generatorlar esa gidrogenerator (5.2-rasm) lar deb nomlanadi
Sanoat qurilmalari va transportda, ichki yonuv dvigatellari yordamida aylantirila-digan, ko‘p sonli sinxron generatorlarni uchratish mumkin. Barcha yuqorida ko‘rsatil-gan xollarda, turbina yoki dvigatellarning mexanik energiyasi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasiga o‘zgartiriladi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling