5-ma’ruza sinxron mashinalar, sinxron generatorlar va dvigatellar. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasining elektr mashinalari reja


AVTOMATIK SHLAGBAUM ELEKTR YURITMALARINING


Download 1.75 Mb.
bet8/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1119123
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-ma\'ruza

5.8. AVTOMATIK SHLAGBAUM ELEKTR YURITMALARINING
O’ZGARUVCHAN VA O’ZGARMAS TOK VIGATELLAR
Temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joy (pereezd) uchun avtomatik shlagbaum (ko‘tarma g‘ov) lar, avtomobil yo‘llar, ba’zi xollarda esa, shahar transport kommu-nikatsiya
bilan teng darajada kesishib o‘tgan joylardagi temir yo‘llarni to‘sish uchun mo‘jallangan va svetoforlarning taqiqlovchi ko‘rsatmalarida transport vositalarini pereezdlarga chiqib ketishning oldini olish uchun xizmat qiladi.
Shlagbaumlar, poezd pereezdga yaqinlashganda, avtomatik tarzda yopiq va poezd tomonidan pereezd to‘la ozod bo‘lgandan so‘ng esa ochiq xolatni qabul qiladi.
Xozirda ПАШ 1-4, ПАШ 1-6 va ПАШ 1-8 хамда ШA-8Н, ШA-8С, ШA-6Н, ШA-6С, ШA-4Н va ШA-4С turlaridagi avtomatik pereezd shlagbaumlari keng qo‘llanishga ega.
ПАШ 1-4, ПАШ 1-6 va ПАШ 1-8 turlaridagi shlagbaumlar uzunligi 4 m, 6 m yoki 8 m li to‘suvchi bruslar bilan farqlanadi xamda elektr dvigatel va ikki bosqichli reduktordan iborat elektr yuritmaga ega. Elektr dvigatel, to‘suvchi brus xola-tini xolatini o‘zgartirish uchun kerak bo‘ladigan aylantiruvchi momentni xosil qilish uchun xizmat qiladi.
Bu shlagbaumlarda o‘zgaruvchan tokning 220 V, 50 Gts li kuchlanishidan manbalanuvchi, quvvati 0,18 kVt va aylanish tezligi 1350 ayl/min bo‘lgan AИР 56 В4Б turidagi bir fazali asinxron dvigatel qo‘llaniladi.
ШA-8Н, ШA-8С, ШA-6Н, ШA-6С, ШA-4Н va ШA-4С turlaridagi shlag-baumlar elektr dvigatel turiga (o‘zgaruvchan – Н va o‘zgarmas – С) xamda to‘suvchi brus uzunligiga bog‘liq ravishda oltita ko‘rinishda ishlab chiqari-ladi. Bunda, o‘zga-ruvchan tok elektr dvigateli 220 V kuchlanishda iste’mol qiladigan toki 5,2 A dan ortmaydi, o‘zgarmas tok dvigateli esa (24±1,2) V li kuchlanishda 12,5 A dan ortmay-digan tok iste’mol qiladi.


NAZORAT SAVOLLARI

1. Stator maydoni va rotor aylanish tezliklari bir xil bo‘lgan mashinalar qanday nomlanadi?


2. Sinxron generatorning asosiy tavsiflariga qanday tavsiflar kiradi?
3. Sinxron generator kuchlanishini o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?
4. Sinxron generatorni o‘zgarmas qo‘zg‘atish tokining manbasi bo‘lib nima xizmat qiladi?
5. Sinxron generatorning tashqi va rostlash tavsiflarini ta’riflang.
6. Sinxron dvigatelda elektromagnit moment qanday kuchlar orqali yaratiladi?
7. Sinxron dvigatelning asinxron ishga tushirish jarayoni nimadan iborat bo‘la-di?
8. Qanday bog‘lanish sinxron dvigatelning burchak tavsifi deb nomlanadi?
9. Sinxron dvigatelning qanday ishchi tavsiflarini bilasiz? Ularni ta’riflang.
10. Sinxron dvigateldan reaktiv quvvat qoplovchisi sifatida foydalanishni tushuntiring.
11. MСП turdagi strelka elektr yuritmasining dvigateli qanday qo‘zg‘atishli dvigateldir?
12. МСП-0,1 turidagi dvigatel qanday strelkalarni o‘tkazuvchi elektr yuritma-larda o‘rnatish uchun mujallangan?
13. Og‘ir turdagi va saralash tepaliklardagi strelkalarni o‘tkazadigan elektr yuritmalarda qanday turidagi o‘zgarmas tok dvigateli qo‘llaniladi?
14. Strelka elektr yuritmalarida qanday turdagi uch fazali qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatel ishlatiladi?
15. Elektr markazlashtirishning og‘ir va odatdagi strelka yuritmalarida qanday asinxron dvigatellar qo‘llaniladi?
16. Strelkalarni o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan boshlang‘ich momentni ortish uchun rotorning qisqa tutashuv cho‘lg‘amlari qanday bajariladi?
17. АСОМ turdagi bir fazali asinxron kondensatorli dvigatel qaerda qo‘llaniladi?
18. ДГА turidagi dizel-generotor agregati tarkibiga qanday elektr mashinaviy generator kiritilgan?
19. Zaxiraviy manbalash uchun sinxron generatorlarda qanday qo‘zg‘atish usuli ishlatilgan?
20. Avtomatik shlagbaumlarda qanday turdagi elektr dvigatellar keng qo‘lla-nishga ega?
Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling