5-ma’ruza sinxron mashinalar, sinxron generatorlar va dvigatellar. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasining elektr mashinalari reja
-rasm. Sinxron dvigatelni asinxron
Download 1.75 Mb.
|
5-ma\'ruza
5.10-rasm. Sinxron dvigatelni asinxron ishga tushirishdagi ulanish sxemasi
Qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini qarshilik r ga tutashtirib (5.10-rasm), stator cho‘lg‘ami tarmoqqa ulanadi. Stator-ning aylanuvchi maydoni ishga tushiruvchi cho‘l-g‘amda, cho‘lg‘am o‘zaklarida tok xosil qiluvchi EYuK ni sodir qiladi. Ushbu toklarning statorning aylanuvchi maydoni bilan o‘zaro ta’siri ostida aylanuvchi moment xosil bo‘ladi va dvigatel rotori aylanadi. Shunday qilib, ishga tushirish davrida sinxron dvigatel asinxron dvigatel kabi ishlaydi. Sinxron dvigatelni ko‘rib chiqilgan ishga tushirish usuli asinxron usul deb nomlanadi. Rotorning aylanish tezligi, sinxron tezlikka yaqin qiymat (n2 ≈ 0,95n1) ga etib borganidan so‘ng, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok man-basiga ulanadi va qo‘zg‘atilgan rotor sinxronizmga tortiladi – dvigatel sinxron dvigatel kabi ishlay boshlaydi. Rotorning sinxronizmga tortilish oldidagi maksimal qarshilik momenti (yuklama), dvigatelning sinxronizmga kirish momenti Mkr deb nomlanadi. Asinxron ishga tushirish jarayonida, dvigatel qo‘z-g‘atilmagan bo‘lishi kerakligiga ahamiyat berish zarur. Aks xolda, qo‘zg‘atish magnit oqimi stator cho‘lg‘amida EYuK ni xosil qiladi, u esa tokni vujudga keltiradi. Ushbu tokning rotor maydoni bilan o‘zaro ta’siri, tormozlovchi momentni paydo qiladi. Shu bilan, doimiy magnitli sinxron dvigatellarning ishga tushirish xossa-larini yomonlashishi tushuntiriladi. Dvigatelni ishga tushirish jarayonida, shuningdek, qo‘zg‘atish cho‘l-g‘amini uzilgan xolda qoldirmaslik kerak, chunki ishga tushirishni bosh-lanishida statorning aylanuvchi maydoni qo‘zg‘atish cho‘lg‘amida EYuK ni xosil qiladi, uning qiymati cho‘lg‘amning izolyasiyasi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini, dvigatelni ishga tushi-rishdan avval, qarshiligi taxminan qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidan o‘n barobar katta bo‘lgan aktiv qarshilik r ga tutashtiriladi. Asinxron ishga tushirishdagi ishga tushirish momentining qiymati ishga tushirish cho‘lg‘amining aktiv qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rib chiqilgan asinxron ishga tushirishdan tashqari, sinxron dvigatellar yana ikkita usul bilan ishga tushirilishi mumkin: yordamchi dvigatel (tezla-tuvchi va chastotali ishga tushirish – chastotani ravon oshirish yordamida Birinchi xolatda, sinxron dvigatelning rotori sinxronga yaqin tezlikgacha yordamchi dvigatel yordamida tezlashadi, keyinchalik yordamchi dvigatel, sin-xron dvigatel sinxronizmga kirgandan so‘ng, tarmoqdan uziladi. Ikkinchi xolatda, dvigatelning rotori nominal tezlikgacha, manbalovchi kuchlanish chastotasini noldan nominalgacha (n1 = f160/p) ravon oshirish yo‘li orqali olib kelinadi. Oxirgi ikkala ishga tushirish usuli amaliyotda nisbatan kam qo‘lla-niladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling