5-ma’ruza: temir yо‘ldan foydalanish ishlarining asosiy sifat kо‘rsatkichlari va ularning hisobi reja


Download 148.42 Kb.
bet1/2
Sana20.02.2023
Hajmi148.42 Kb.
#1215912
  1   2
Bog'liq
сифат курсаткичлар


5-MA’RUZA:
TEMIR YО‘LDAN FOYDALANISH ISHLARINING ASOSIY SIFAT KО‘RSATKICHLARI VA ULARNING HISOBI
REJA:
5.1. Temir yо‘ldan foydalanish ishlarining asosiy sifat kо‘rsatkichlari.
5.2. Poyezdlar va yuklarning harakat tezligi.


Tayanch sо‘z va iboralar:
Sifat kо‘rsatkichlar, vagon aylanmasi, uchastka tezlig, vagonlarning ishchi parki, statik yuklanish, dinamik yuklanishi, vagon unumdorligi.


5.1. TEMIR YО‘LDAN FOYDALANISH ISHLARINING ASOSIY SIFAT KО‘RSATKICHLARI
Sifat kо‘rsatkichlari temir yо‘llarda bajarilgan ishlarning va harakatdagi tarkibdan foydalanish sifatini tavsiflaydi. Ularga: vagon aylanmasi, bir sutkada vagon va lokomotivlarning bajargan ishi, sutkada vagon va lokomotivlarning о‘rtacha bosib о‘tgan masofasi, vagonlarning dinamik va statik yuklanishi, poyezdlar tezligi, poyezdning о‘rtacha og‘irligi va b.q.
Vagon aylanmasi temir yо‘l ishining asosiy sifat kо‘rsatkichidir. Vagon aylanmasi sutkada о‘lchanib, vagonga bir stansiyada yuk yuklangan vaqtdan to vagonga yangidan yuk yuklashgacha ketgan vaqtning yig‘indisiga aytiladi. Aylanma davrida vagon quyidagi holatlarda bо‘ladi:

  • “A” yuk ortish stansiyasida qator amallar bajariladi: vagonni yuk ortish joyiga uzatish, yuklash, vagonni stansiya yо‘liga qaytarish, tо‘liq tarkib yig‘ilishini kutish, poyezdni tuzish va jо‘natish;

  • yuklangan holatda harakatda vagon yuklangan reysni bajarib, qator uchastka va texnik stansiyalardan о‘tadi va yuk tushirish stansiyasiga keladi. Bu harakatning vaqti poyezd harakatining uchastka tezligi va poyezdning texnik stansiyalarda turish vaqtiga bog‘liq;

  • “B” yuk tushirish stansiyasida tarkib saralanadi, vagonlar yuk tushirish joyiga uzatiladi, yuk tushiriladi, vagon bо‘sh holatda stansiya yо‘liga uzatiladi, boshqa vagonlar bilan birgalikda tо‘liq tarkib yig‘ilishi kutiladi, sо‘ngra poyezd tuzilib, keyingi yuk ortish uchun “V” stansiyasiga jо‘natiladi;

  • bо‘sh holatda harakatda vagon yuklanmagan reysni bajarib, keyingi yuk ortish stansiyasiga yetib boradi. Bu reysni bajarish vaqti poyezdning harakat tezligiga va uning texnik stansiyalarda turish vaqtiga bog‘liq.

Agar vagon yuki tushirilgan stansiyada qaytadan yuklansa, yuklanmagan reys bajarilmaydi.
Vagon aylanmasining tashkiliy qismlari 5.1-rasmda kо‘rsatilgan.
Vagonning aylanma mobaynida yuklangan va bо‘sh holatda umumiy bosib о‘tgan masofasi tо‘liq reys deb ataladi.

Demak vagon aylanmasi uning quyidagi holatlarda bо‘lgan vaqtlar yig‘indisidan iborat:



    • yuk ortish va tushirish stansiyalarida


bu yerda vagonning tо‘liq reysi, km;
poyezd harakatining uchastka tezligi, km/c;
vagon о‘z aylanish vaqtida о‘tgan texnik stansiyalar soni;
vagon yelkasi, ya’ni texnik stansiyalar orasidagi о‘rtacha masofa, km;
mahalliy ish koeffitsiyenti;
vagonning texnik va yuk stansiyasida turish vaqt meyori, s

Vagon aylanmasi qanchalik kam bо‘lsa, yuk shunchalik tezroq tashiladi, belgilangan miqdorda yuk tashish uchun shunchalik kamroq vagon talab etiladi, kо‘proq miqdorda yuk ortish va tashish mumkin, tashish ishlarining tannarxi shunchalik kamroq bо‘ladi.



5.1 – rasm. Vagon aylanmasi sxemasi.

Misol: Bir temir yо‘lda sutkasiga 2000 ta vagon yuklanadi. Vagon aylanmasi 2 sutkaga teng. Bunda birinchi sutkada yuklangan vagonlarga faqat 3 sutkadan keyin yuk yuklanishi mumkin. Demak, ikkinchi sutkada yana 2000 ta yangi vagonlar kerak. Bu holda ishchi parkdagi vagonlar soni 2000∙2=4000 vagondan iborat bо‘lishi kerak. Agar vagon aylanmasi tezlashtirilib 1,5 sutkaga keltirilsa, bir sutkada 2000 ta vagon emas, 4000:1,5=2667 vagon yuklanishi mumkin. Bir sutkada 2000 vagon emas, berilgan yuklarni ortish uchun 2000∙1,5=3000 vagon kerak bо‘ladi, dastlabki 4000 vagon о‘rniga.


Bu yerda vagon aylanmasi, ortilgan yuk hajmi va talab qilinadigan vagonlar parkiga bog‘liq, uni quyidagicha ifodalash mumkin.

Vagon aylanmasi qanchalik kam bо‘lsa, shunchalik kam miqdorda vagonlarning ishchi parki talab etiladi:

Vagonlarning ishchi parki. Bu tashish jarayonida ishlatiladigan vagonlar sonidir. Ta’mirlanayotgan va zahiradagi vagonlar noishchi parkni tashkil etadi. Xuddi shunday tushunchalar lokomotivlarga ham taalluqlidir.
Vagon aylanmasi qanchalik tezroq amalga oshsa, vagonlar soni о‘zgarmagan holda, bir sutkada shunchalik kо‘p miqdorda yuk ortilishi mumkin:
sutkada yuklangan vagonlar
Vagonning bir sutkada о‘rtacha bosib о‘tgan masofasi quyidagicha topiladi:

bu yerda bir sutkada ishchi parkdagi ta vagonlarning – kilometrda о‘tgan yо‘li.
Vagonning yuklanmasdan bosib о‘tgan masofasi koeffitsienti yuklanmagan vagon – kilometrlarning, yuklangan vagon – kilometrlarga yoki vagonning yuklanmagan reysining yuklangan reysiga nisbatiga tengdir:

Vagonning yuklash qobiliyatidan foydalanish darajasini statik va dinamik yuklanish kо‘rsatkichlari tavsiflaydi.
Vagonning statik yuklanishi deb, yuk ortish stansiyasidan jо‘natilayotgan bir vagonga tо‘g‘ri keladigan yukning о‘rtacha massa nettosiga aytiladi:

bu yerda stansiyada sutka mobaynida ortilgan umumiy yuk miqdori, m
Vagonning dinamik yuklanishi deb, yuklangan vagonning butun harakati mobaynida har bir vagonga tо‘g‘ri keluvchi о‘rtacha yuklanish miqdoriga aytiladi.

Bu kо‘rsatkich ma’lum bir davr (sutka, oy, kvartal, yil) uchun tonno – km netto miqdorini yuklangan vagonlar vagon – kilometrlarga nisbati orqali ham topilishi mumkin.
Vagonlar ishchi parkining dinamik yuklanishi bu ishchi parkdagi barcha vagonlarning yuklangan va bо‘sh holatlarda harakatlangan davriga tо‘g‘ri keluvchi о‘rtacha yuklanishdir.
Vagonlar yuklanishi – ulardan foydalanishning asosiy sifat kо‘rsatkichlaridan biridir.
Vagon unumdorligi ishchi parkning bir vagoniga bir sutkada tо‘g‘ri keluvchi bajarilgan tonno – km nettodir:

bu yerda tonno-kilometr netto.
Lokomotivlardan foydalanish sifati bо‘yicha asosiy kо‘rsatkichlar lokomotivlarning aylanmasi, lokomotivlarning sutkada о‘rtacha bosib о‘tgan masofasi, ularning ish unumdorligi, poyezdning о‘rtacha massasi va boshqalardir.
Harakatlanish uchastkasidagi lokomotivning aylanmasi deb, lokomotivning asosiy depo stansiyasida poyezdga ulanganidan, uning о‘sha stansiyadan keyingi safar poyezdga ulangunigacha bо‘lgan vaqt oralig‘i (5.2-rasm) ga aytiladi.

bu yerda harakatlanish uchastka uzunligi;
uchastka tezligi;
lokomotivning asosiy depo stansiyasida о‘rtacha turish vaqti;
lokomotivning aylanma depo stansiyasida о‘rtacha turish vaqti;
lokomotivning brigada almashish stansiyalarida umumiy turgan vaqti.

5.2-rasm. Lokomotivlarning harakatlanish uchastka sxemasi.

Lokomotivning sutkada о‘rtacha bosib о‘tgan masofasi quyidagicha topiladi:



bu yerda poyezdlarga xizmat qiluvchi barcha lokomotivlarning lokomotivo – kilometrlari miqdori;
poyezdlarga xizmat qiluvchi lokomotivlar soni.
Poyezdning о‘rtacha brutto massasi bir kunda bajarilgan tonna – kilometr bruttoning lokomotivo – kilometrlar nisbatiga tengdir:

Lokomotivning ish unumdorligi bir kunda bir lokomotivga tо‘g‘ri keluvchi tonno – kilometr bruttolar miqdoriga tengdir:

bu yerda vaqt birligida bajarilgan tonno – kilometrdagi ish miqdori;
yuk tashishda ishlatilayotgan lokomotivlarning soni.

Download 148.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling