2.1.5. Koordinatalarni almashtirish
Nuqtaning bir sistemadagi koordinatalarini uning boshqa sistemadagi koordinatalari bilan almashtirishga koordinatalarni almashtirish deyiladi.
Bir to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasini koordinata o‘qlarini parallel ko‘chirish yoki koordinata o‘qlarini burish orqali boshqa to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi bilan almashtirish masalalarini ko‘ramiz. Bunda tekislik istalgan nuqtasining turli sistemalardagi koordinatalari orasidagi bo‘g‘lanish
formulalarini hosil qilamiz.
2.1.5.1.Koordinata o‘qlarini parallel ko‘chirish
Tekislikda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi berilgan bo‘lsin.
Koordinata o‘qlarini parallel ko‘chirish – bu sistemadan uning o‘qlari yo‘nalishlarini va masshtablarini o‘zgartirmasdan faqat koordinatalar boshining joylashishini o‘zgartirish orqali yangi sistemaga o‘tishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |