5-mavzu. Aholi turmush darajasi


Download 0.76 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1560373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzuStatSirtqi

2.Aholi turmush darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari
Aholi turmush darajasini dastavval qo’yidagi ko’rsatkchilar umumlashtirib ifodalaydi: jon boshiga to’g’ri kelgan sof milliy daromad; nominal va real daromad indekslari; turmush qiymati indeksi; inson barkamolligi indeksi; qashshoqlik indeksi; aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi; yashash minimumi va boshqalar.
Bu ko’rsatkchilar qiymat - pul ko’rsatkichlari bo’lib, aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish me’yorini aks ettiradi. Aholi jon boshiga yaratilgan YaSD iqtisodiy taraqqiyotni va aholi turmush darajasini ifodalaydi:
СМД
Ктд=------------

А

Ktd-aholi turmush darajasi koeffitsienti


SMD - sof milliy daromad
А-aholining o’rtacha soni



Aholi turmush darajasining o’sishi uchun SMD ning o’sish sur’ati: aholining sur’atidan tezroq bo’lishi lozim. Buni aniqlash uchun turmush darajasi

indeksini hisoblash kerak:
SMD1 SMD0
Ktd=-----------: ---------------
yoki
A A

JATD=KTD1:KTD0


bu erda,
JATD - aholi turmush darajasi indeksi;
Agar JATD>1 bo’lsa iqtisodiy o’sish sodir bo’lgan, binobarin aholi turmush darajasi oshgan. Agar JATD<1 bo’lsa aksincha JATD=1 bo’lgan. Aholi turmush darajasi ham o’zgarmagan.
Nominal daromad - bu bevosita xodim mehnatining miqdori va sifatiga qarab to’lanadigan haq bo’lib, u pul shaklidagi jamiki daromadni o’z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan nominal daromad qo’yidagicha hisoblanadi:
ND = MBOD+MKD

bu erda,


ND - nominal daromad;
MBOD - mehnat bilan olingan daromad, ya’ni ish haqi, menejer daromadi, tadbirkor daromadi;
MKD - mulkdan kelgan daromad, ya’ni foyda, renta, foiz va dividend.
Pul daromadining o’zi, ya’ni nominal daromad aholi turmush darajasini aniq ifodalay olmaydi, pulning real qadri iste’mol tovarlari narxiga ham bog’liq. Shu sababli real daromad: nominal daromadning miqdoriga; daromaddan chegirilgan har xil soliqlar va to’lovlarga, ya’ni pul daromadining egasi qo’liga tegadigan qismiga; transfert to’lovlariga, ya’ni pensiya, nafaqa, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, tibbiy sug’urta kabilardan tushgan daromadlarga bog’liq.
Real daromad jamiki pul daromadlari (brutto daromad)dan turli to’lovlar (soliqlar, sotsial sug’urta to’lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi - sof (netto) pul daromadini baho indeksiga bo’lish yordamida aniqlanadi:

RD=ND+TT-S/Jp


bu erda,
TT - transfert to’lovlar evaziga tushgan daromadlar S - soliqlar va turli to’lovlar
Jp - bahoning umumiy indeksi.
Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo’lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad indeksini hisoblash uchun dastavval umumiy va pirovard daromadlar hajmi aniqlanadi. Buni qo’yidagi shartli raqamlar misolida ko’rib chiqamiz (1-jadval).

1-jadval

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling