5-mavzu. Aholi turmush darajasi


Download 0.76 Mb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1560373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzuStatSirtqi

3.Aholini daromadlari bo’yicha tabaqalanishi
Taqsimlashning bozor usuli yuzaga keltirgan daromadlardagi tengsizlikni g’arb iqtisodchilari Lorents egri chizig’i va Djini koeffitsienti orqali ifodalashadi.
Lorents egri chizig’i - bu muayyan hodisaning kontsentratsiyalanish darajasini grafikda ifodalash usulidir. Buning uchun har ikkala koordinata o’qiga 0 dan 100 gacha foiz shkalalari belgilanadi. Abtsissa o’qiga to’plam birliklari (oila salmog’i), ordinata o’qiga esa o’rganilayotgan belgi (daromad salmog’i) joylashtiriladi. O’rganilayotgan belgining teng taqsimoti grafikda diagonal chiziq (ya’ni, «teng taqsimot chizig’i») bilan, tengsizlik taqsimoti esa Lorents chizig’i bilan ifodalanadi. Bu chiziq diagonal chiziqdan qanchalik tafovut mavjudligini ko’rsatadi.

1-grafik. Daromadlarning notekis taqsimlanishi


Daromad salmog’i va oilalar salmog’i misolida Lorents egri chizig’i daromaddagi hissa oilalar hissasiga mos bo’lishi yoki bo’lmasligini bildiradi. Lorents egri chizig’ini quyidagi grafikda ko’rish mumkin (1-grafik).


Amalda daromadlar farqlanganida uning harakati OEA to’g’ri dioganal chiziqi bilan emas, balki egri yoysimon OSDKA nuqtalari orqali o’tadi va Lorents egri chizig’ini hosil qiladi. Bu nuqtalarda daromad hissasi oilalar miqdoridagi hissadan jiddiy farqlanadi. Bu bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy.
Agar daromadlar bir tekis taqsimlanganda edi, uning harakati O nuqtadan A nuqtaga qadar bo’lgan to’g’ri chiziq, bissektrisadan o’tgan, oilalar sonidagi ulush bilan daromaddagi ulush teng bo’lar edi, ya’ni 50% oila daromadning 50% ga, 75% oila esa daromadning 75 foiziga ega bo’lar edi. Ammo bozor iqtisodiyoti buni mustasno etadi, chunki u tengsizlikka asoslanadi.
Shuningdek, u daromadlarning hammasini muayyan oilalar qo’lida jamlanishini ham inkor etadi. Agar bir foiz oila daromadni 100 foiz o’zlashtirsa, mutloq tengsizlik yuz beradi, chunki 99 foiz oila daromadsiz qolib ochlikda yashashi mumkin. Bunday holning umuman yuz berishi mumkin emas, ammo daromadlar tengsizligi real hodisa.
«O’zistiqbolstat» o’tkazadigan oralatib tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonning o’ziga to’q aholisining 10 foizi bilan eng kam ta’minlangan aholisining 10 foizi olayotgan daromadlar o’rtasidagi farq 6 martadan oshmaydi, ayni bir vaqtda Rossiyada bu ko’rsatkich 16,8 marta ortiqdir.
1 - grafikda shtrix chiziqlari bilan chizilgan maydon OAO «Djini koeffitsienti»ni ifodalaydi. Bu koeffitsient 0 ga qanchalik yaqin bo’lsa, shunchalik jamiyatda mutloq tenglik holati bo’ladi. Agar bu koeffitsient birga teng bo’lsa, u holda qashshoqlar ko’pchilikni, o’ta boylar esa ozchilikni tashkil qiladi. Ammo tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotida maqsadga muvofiqli taqsimot bunday keskin tabaqalanishga yo’l qo’ymaydi. Kambag’allar soni va salmog’i qisqarib boradi, chunki ishlab chiqarish o’sishi bilan kam daromadli oila o’rtacha va yuqori daromadlilar qatoridan o’rin oladi.
Daromadlarning tengsizligi, ularga ta’sir etuvchi quyidagi omillar kuchining har hilligi bilan izohlanadi: kishilardagi turlicha tug’ma qobiliyat, kuch-quvvat, aql-idrok, salohiyat va zakovat. Jismonan baquvvat va aql zakovatli inson unumli ishlashi, aksincha, shu jihatlardan zaif kishi kam unum berishi turgan gap; kishilardagi mavjud salohiyatning ishga solishdagi imkoniyati. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bo’lgan va ish topiladigan joyda daromad ko’p bo’lsa, bunday sharoitlar yo’q joyda daromad oz bo’ladi; oila tarkibining har xil bo’lishi. Agar oila tarkibida pul toparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning ja’mi daromadi ko’p bo’ladi va aksincha; tadbirkorlik xatari va tadbirkorlik omadi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi.
Daromadlar tengsizligining ikki tomoni bor. Birinchisi - bozor mexanizmiga xos taqsimot orqali qo’lga tekkan daromad tengsizligi. Bu erda bozor tan olgan ish natijasiga qarab taqsimlash mavjud bo’lib, u qo’lga tekkan daromad bilan o’lchanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling