5-mavzu. Aholi turmush darajasi


Aholining umumiy, pirovard va real daromadalirini hisoblash


Download 0.76 Mb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1560373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzuStatSirtqi

Aholining umumiy, pirovard va real daromadalirini hisoblash tartibi (mln. so’m)



t/r

Ko’rsatkichlar

Bazis davr

Joriy davr

1.

Pul daromadlari

100,0

109,0




Shu jumladan:










a) ish haqi

84,3

97,6




b) pensiya, stipendiya, turli nafaqalar

10,0

10,4




v) renta, foiz, foyda va dividendlar

0,7

1,0

2.

Shaxsiy yordamchi xo’jalikdan tushgan daromadlar

3,8

3,5

3.

Nobozor daromadlar

8,2

9,0

4.

Aholining umumiy daromadi (1q+2q+3q)

112,0

121,5

5.

Umumiy (nominal) daromaddan chegirib
tashlanadigan har xil to’lovlar – ja’mi

14,0

14,5




Shu jumladan:










a) soliqlar va moliya tizimiga to’lanadigan har xil
zaruriy to’lovlar

6,0

6,3




b) maishiy xizmatlar uchun to’lovlar

8,0

8,2

6.

Real daromad, haqiqiy baholarda (4q-5q)

98,0

107,0

7.

O’rtacha baho indeksi (Jp)

1,0

1,1

8.

Real daromad taqqoslama baholarda (6q:7q)

98,0

97,4



Real daromad indeksi qo’yidagicha hisoblanadi:
yoki

bu erda,


Jrd - real daromad indeksi
RD0 va RD1 real daromadning bazis va joriy davrlardagi summasi Jp - bahoning umumiy indeksi
Misolimizdan:

  • J р Љ

тЂ1 : J тЂ0
107,0 :1,1  1,092 :1,1  0,992
98,0
yoki 99,2 foiz;


  • p
    J р Љ

тЂ1 : тЂ J р 0
107,0 : 98,0  0,973: 0,98  0,992
1,1
yoki 99,2 foiz.



Demak, real daromad joriy davrda bazis davrga nisbatan 0,8 punktga kamaygan. Shu davr ichida narx esa 10 foizga oshgan. Narx o’zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko’paysa, real daromad ham ko’payadi. Agar pul daromadi o’zgarmay turib narx oshsa, real daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha ortadi. Pul daromadi va narxlar real daromadga qarama-qarshi yo’nalishda ta’sir etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini shu ishlab chiqarish omillariga egalik qiluvchi shaxs qoplaydi. Shu sababli barcha daromad ularning qo’lida mujassamlashadi. Aynan shu daromadlar birlamchi daromadlar bo’lib, ular «funktsional» daromadlar deb yuritiladi. Bu daromadlarga quyidagilar kiradi: bozor sektoriga yollangan ishchilarning ish haqi; davlat sektoridagi xizmatchilarning daromadi;
yirik kompaniyalar va tadbirkorlar foydasi; kichik mulkdorlar daromadi (foyda, renta, foiz va dividendlar kombinatsiyasi).
Birlamchi daromadlarni aholining ayrim guruhlari miqyosida taqsimlash
«vertikal» daromad tushunchasini keltirib chiqaradi. Bu daromadning
«funktsional» daromaddan tub farqi shundaki, uning taqsimotida bevosita davlat qatnashadi. Shu sababali taqsimot natijasida bevosita shu daromadni yaratishga qatnashmagan kishilar (masalan, mehnatga layoqatsizlar yoki ishsizlar) ham daromadga ega bo’ladilar.
Davlat «funktsional» taqsimotdan «vertikal» taqsimotga o’tishni quyidagi usullar yordamida amalga oshiradi: «transfert to’lovlar»ni, ya’ni kam ta’minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va boquvdagi kishilarga hamda ishsizlarga nafaqalarni to’lash; sotsial-muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarning narxlarini tartibga solib turish; inflyatsiyalni inobatga olgan holda daromadlarni va transfert to’lovlarni indeksatsiya qilib turish; zaruriy minimal ish haqini kuzatib borish; nominal ish haqi o’sishi bilan soliq stavkasi ham oshib boruvchi «progressiv soliq» stavkasini o’rnatib borish.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling