5-mavzu. Astronomiya o‘qitishda taqdimotlarni yaratish va ularni qo‘llash talablari va imkoniyatlari. Reja
Umumta’lim maktablari astronomiya fani mavzulariga oid taqdimotlar tayyorlash
Download 0.9 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Taqdimotda animasiyalarni qo‘llash. Animatsiyalar to‘rt turga bo‘lingan bo‘lib, ular obyektning slaydga kirib kelishi - Vxod
- Perexodi
- Dlitelnost
2.Umumta’lim maktablari astronomiya fani mavzulariga oid taqdimotlar tayyorlash.
MS Power Pointda obyektlarga o‘rnatiladigan animatsiyalar avvalgilariga nisbatan birmuncha yangilangan va to‘ldirilgan. Slaydlardagi animatsiyali harakatlar jonli kabi amalga oshiriladi. Animatsiya - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig‘indisidan iborat. Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to‘rt yoki oltitadan qilib chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyoriangan materialga aytiladi. 3.Taqdimotda animasiyalarni qo‘llash. Animatsiyalar to‘rt turga bo‘lingan bo‘lib, ular obyektning slaydga kirib kelishi - Vxod, slaydda ajralib ko‘rinishi - Videlenie, slayddan chiqib ketishi - Vixod hamda slayd bo‘ylab biror yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishi - Puti peremesheniya kabilardir. Bitta obyektga bir nechta animatsiya o‘rnatish mumkin. Buning natijasida taqdimot tinglovchiga yanada tushunarli bo‘lishiga erishiladi. Animatsiyaning boshlanishi, harakat chegaralari va qo‘shimcha parametrlari, shuningdek ularni bajarilish tartibini almashtirish kabi amallarni ham bajarish mumkin. MS Power Point Animatsiya po obraztsu funksiyasiga ega bo‘lib, uning vazifasi biror obyektga o‘rnatilgan animatsiya nusxasini boshqa obyektga ham qo‘llashdan iborat. Ya’ni boshqa obyektga shu animatsiyani boshqatdan o‘rnatib o‘tirmasdan uning nusxasini qo‘llash mumkin. MS Power Point 2010da yangi animatsiyalar o‘rnatish Endi slayddagi har bir obyektga animsiya o‘matish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz. Animatsiya o‘rnatiladigan slaydga o‘ting. Animatsiya o‘rnatiladigan obyektni tanlang. Animatsiya vkladkasidagi animatsiya panelndan biror animatsiyani tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating. Parametri effektov tugmasi yordamida unu yanada takomillashtitishga harakat qiling. Agar bu animatsiya sizni qanoatlantirmasa shu o‘byektga qo‘shimcha boshqa animatsiyalardan bir yoki bir nechtasini qo‘llashingiz mumkin. Buning uchun animatsiya vkladkasidagi Dobavit animatsiyu tugmasini bosing. Animatsiya ko‘rinishlari ifodalangan oyna ochiladi. Sichqoncha ko‘rsatkichi bilan biror animatsiya ko‘rinishini tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating. Maqul bo‘lgan harakatni qoldiring va navbatdagi harakatga o‘ting. Shu yerning o‘zida tasmadagi Parametri effektov tugmasi yordamida animatsiyaga qo‘shimcha harakatlar kiritishingiz mumkin. Agar siz anchadan buyon taqdimotlar yaratish bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsangiz, u holda bir slaydni yopib boshqasini ochish uchun o‘tishlar (Perexodi) ishlatilishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu ishni MS Power Pointda yanada jonliroq chiqishiga katta e’tibor berilgan. Bir slayddan boshqasiga o‘tish vaqtida tovush chiqarish (masalan: qarsaklar, suvni shildirashi va boshqalar) effektidan foydalanish ayrim hollarda tinglovchilarda yaxshi fikriar pado bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday o‘tishlarni har bir slaydga alohida yoki barcha slaydlarga birvarakayiga joylashtirish mumkin. Endi bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz. Bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatmoqchi bo‘lgan taqdimotingizni oching. Tasmaning Perexodi vkladkasidagi Perexod к etomu slaydu panelidagi o‘tishlar ko‘rinishlaridan birortasini tanlang. O‘zingizga yoqqan o‘tishlardan birortasini tanlamaguningizcha yuqoridagi ishni takroriayvering. Tanlagan o‘tishingizga qo‘shimcha parametrlar kiritish uchun Parametri effektov tugmasidan foydalaning. Agar о’tishga qо’shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi bо’lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud: qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata, portlash va hokazo. O‘tish vaqtini о’zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning. Shu tanlagan о’tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bо’lishini xoxlasangiz Primenit коvsem tugmasini tanlang. O‘tishlardan birini о’matganingizdan sо’ng, uni yana bir bor ijro etib kо’ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga о’tib yuqorida keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan harakatingizni hamma slaydlar uchun umumiy bo‘lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni bajaring. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling