5-mavzu: atom va atom yadrosining tuzilishi. Reja


Pier Kyuri, Mariya Kyuri – Skladovskaya, Rezerford


Download 188.5 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi188.5 Kb.
#1017115
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

Pier Kyuri, Mariya Kyuri – Skladovskaya, Rezerford va boshqa olimlar o’tkazgan tadqiqotlar ko’rsatdiki, tabiiy radioaktivlik faqat urandagina emas, balki aktiniy, toriy, poloniy va radiyda ham kuzatiladi. Bu elementlar chiqaradigan radioaktiv nurlanish tarkibini alfa (α), beta (β) va gamma (γ) nurlar tashkil qiladi.
α nurlar alfa zarrachalar deb ataladigan geliy atomi yadrosidan iborat. Bu nurlar elektr va magnit maydonida og’adi. α-zarracha modda orqali o’tganda, modda atomlarini ionlashtiradi. Bu zarrachalarning ionlashtirish qobiliyati yuqori, lekin o’tuvchanlik qobiliyati uncha katta emas. Masalan, ular qalinligi 0,06 mm bo’lgan alyuminiy qatlamga butunlay yutiladi.
β nurlar tez elektronlar oqimidan iborat bo’lib, ular elektr va magnit maydonida og’adi. β-zarrachaning massasi α-zarraga massasidan 7350 marta kichik, o’rtacha tezligi esa 160 000 ga teng bo’lib, bu α-zarraga tezligidan 10 marta katta. β-zarrachaning o’tuvchanlik qobiliyati juda katta. masalan u qalinligi 2 sm bo’lgan alyuminiy qatlamdan o’ta oladi.
γ nurlar juda katta chastotali (1020гц) fotonlar oqimidan iborat. Bu nurlar elektr va magnit maydonida og’maydi. O’tuvchanlik qobiliyati juda katta bo’lib, ular qalinligi 1 sm bo’lgan qo’rg’oshin qatlamidan ham o’tadi. Bu nurlar elektr va magnit maydonida og’maydi. γ nurlar yadroning uyg’ongan holatidan asosiy, statsionar holatiga o’tganida hosil bo’ladi.
Radioaktiv nurlanish jarayonida element yadrolari boshqa element yadrolariga aylanadi. Bunga radioaktiv yemirilish deyiladi.
Biror elementni deb belgilash mumkin. Bu yerda z-protonlar soni, n-neytronlar soni A=z+n massa soni.
Radioaktiv yemirilish ikki xil bo’ladi. β-yemirilish va α-yemirilish.

  1. β-yemirilishda element davriy sistemada massa sonini o’zgartirmagan holda o’ngga bir nomerga siljiydi.


2) α-yemirilishda element davriy sistemada massa sonining 4 ga kamaytirib, chapga ikki nomerga siljiydi.





  1. Download 188.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling