5-mavzu: atom va atom yadrosining tuzilishi. Reja


Download 188.5 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi188.5 Kb.
#1017115
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

7. Yadro reaksiyalari.
Atom yadrolarining elementar zarralar bilan yoki bir – birlari bilan o’zaro ta’sirida o’zgarishlari yadro reaksiyalari deb ataladi. Yadro reaksiyalari zarrachalar yadrolarga taqalib yaqinlashganida va yadroviy kuchlarning ta’sir doirasiga tushganida ro’y beradi. Ma’lumki, bir xil ishora bilan zaryadlangan zarrachalar bir – biridan itariladi. Shuning uchun musbat zaryadli zarrachalarning (yoki yadrolarning yadrolar bilan) yaqinlashishi bu zarrachalarga (yoki yadrolarga) katta kinetik energiya berilgandagina amalga oshadi. Bunday energiya protonlar, deytronlar, α-zarrachalar va boshqa yadrolarga maxsus tezlarkichlar yordamida beriladi. Yadro rekasiyalarini amalga oshirish uchun bu usul radioaktiv elementlar chiqaradigan geliy yadosidan foydalanishga qaraganda ancha samaraliroqdir.
Birinchidan tezlatkichlar yordamida zarrachalarga ancha katta – 105MeV dan ham ortiq energiya berish mumkin.
Ikkinchidan radioaktiv yemirilish jarayonida paydo bo’lmaydigan protonlardan foydalanish mumikin.
Uchinchidan geliy yadrosidan og’irroq bo’lgan yadrolarni ham, tezlatish mumikin.
Birinchi yadro reaksiyasi tez protonlar yordamida 1932 yilda amalga oshirilgan edi. Bunda litiy ikkita α-zarrachaga parchalangan edi.

Yadro reaksiyasining energe/tik chiqishi deb yadrolar va zarrachalarning reaksiyasigacha va reaksiyadan keyingi tinchlikdagi energiyalarining farqiga aytiladi.
1932 yilda Rezerford ning shogirdi, ingliz olimi Chedvik neytronni kashf etdi. Bu esa yadro reaksiyalarini tadqiq qilishda burilish bosqichi bo’ldi. Neytronlarning zaryadi bo’lmagani uchun ular atom yadrolariga qarshiliksiz kira oladi va ularda o’zgarishlar yuzaga keltiradi. Masalan, quyidagi reaksiya kuzatialdi.

Italiya fizigi Fermi neytronlar yuzaga keltiradigan reaksiyalarni birinchi bo’lib o’rgandi.
Uran yadrolarining bo’linishi jarayonida neytronlar ajralib chiqadi. Uran yadrosining bo’linishida ikki – uchta neytron ajraladi. Bu esa uran bo’linishining zanjir reaksiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Zanjir reaksiya vaqtida ulkan energiya ajraladi. Masalan 1 gramm urandagi barcha yadrolar to’liq bo’linganda ajralgan energiya 3 tonna ko’mir yonganda olinadigan energiyaga teng.


Nazorat savollari.



  1. Atom tuzilishini tushuntiring?

  2. Tomson va Rezerford modellarini sanab bering?

  3. Alfa, Beta va Gamma nurlanishlar qonunlarini ayting?

  4. Radioaktiv yemirilish qonunini aytib bering

  5. Yadro reaksiyalari qanday jarayon?

  6. α-yemirilish qanday yemirilish?

  7. Balmer va Pashen seriyasini ayting?

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling