5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja
Download 27.57 Kb.
|
5-Mavzu Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Auditorlik riski tushunchasi
5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja 5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja: 5.1. Auditorlik riski tushunchasi 5.2. Auditorlik riski va uning yuzaga kelish sabablari 5.3. Auditorlik riskini aniqlash modeli 5.4. Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillar 5.5. Jiddiylik darajasi va auditorlik riski tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi. 5.1. Auditorlik riski tushunchasi Audit va moliyaga oid ayrim manbalarda «risk» atamasi turlicha tarjima qilib qo‘llanilmoqda («tavakkalchilik», «xatarlilik», «xavf-xatar», «tahlika», «g‘ov» va h. k. ). Auditorlik faoliyatiga nisbatan bunday tarjimalar «risk» atamasining asl mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. Bu borada biz professor T. S. Malikov fikriga qo‘shilamiz. Umuman, murakkab ilmiy atamalarni ularning mohiyatini ifodalamaydigan tarjimalar bilan almashtirmasdan, birinchi marta qo‘llanilganida izohlagan holda, keyinchalik aslini qo‘llash maqsadga muvofiq. №9 - «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq: Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan subyektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiqlanganidan so‘ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo‘q bo‘lganda, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir. Faraz qilaylik, agar auditor salbiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o‘zini xavf-xatar ostiga qo‘ymasligi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlarini yo‘qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijozkorxona moliyaviy hisobotini to‘liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog‘liq xavf-xatarni o‘z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig‘indisini keyinchalik auditorlik risklarning maqbul to‘plami deb atash mumkin. Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning ( auditorlik riskining) maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalar bo‘lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorda noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun muhim hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko‘rsatkich (5%)- ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag‘ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Umuman, auditorlik riskining maqbul to‘plamiga quyidagi shart-sharoitlar asosiy ta’sirini ko‘rsatadi. Download 27.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling