- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 771-moddasida bank hisobvarag‘i shartnomasiga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
- Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit muassasasi ikkinchi tarafning – mijozning (hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli summalarini o‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish majburiyatini oladi.
Bank muassasalaridan boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ularga berilgan litsenziya asosida hisob-kitob ishlari amalga oshirilgani chog‘da ham hisobvarag‘i shartnomasiga oid yuqoridagi qoidalar tatbiq qilinishi nazarda tutilgan. - Bank muassasalaridan boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ularga berilgan litsenziya asosida hisob-kitob ishlari amalga oshirilgani chog‘da ham hisobvarag‘i shartnomasiga oid yuqoridagi qoidalar tatbiq qilinishi nazarda tutilgan.
- Bank o‘z mijozi hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanishi mumkin. Biroq, mijozning birinchi talabi bilanoq mablag‘ unga qaytarilishi yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi imkoniyati yaratilishi lozim. Bank mijozning bank hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan pul mablag‘laridan mavjud bo‘lishini hamda hisobvaraq egasining ushbu mablag‘larni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish xuquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
- Mijoz bankdagi hisobvaraqda turgan o‘z pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etadi. Bank mijozning pul mablag‘laridan qay tarzda foydalanishni belgilashga va nazorat qilishga hamda uning pul mablag‘larini o‘z hohishiga ko‘ra tasarruf etish xuquqlariga qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
- Bank hisobvarag‘i shartnomasi bank tomonidan mijozga yoki u ko‘rsatgan shaxsga bankda taraflar kelishgan shartlarda hisobvaraq ochish yo‘li bilan tuziladi.
- Yuridik shaxslar va fuqarolar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmati ko‘rsatiladigan banklarni mustaqil tanlaydilar hamda bitta bank ham, shuningdek bir nechta bank bilan ham bank hisobvarag‘i shartnomalari tuzishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |