5-mavzu. Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob-qitob munosabatlarining huquqiy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet1/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1061746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 Mavzu Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob qitob

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

  • BANK HUQUQI
  • Tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi Umurzakova A.O.

5-MAVZU. BANK OPERATSIYALARI VA BANK BITIMLARI, BANKLARDA HISOB-QITOB MUNOSABATLARINING HUQUQIY ASOSLARI

  • 1.Bank operatsiyalar va hisob-kitoblar tushunchasi.
  • 2. Bank hisob-kitobi shartnomasi (bitimi) va uning fuqarolik huquqiy jihatlari
  • 3. To‘lov tizimining sub’ektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar

1.BANK OPERATSIYALAR VA HISOB-KITOBLAR TUSHUNCHASI

  • 2019 yil 7 noyabrda Ozbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov tizimlarii to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi mamlakatda to’lov va hisob-kitoblar tizimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Bank operatsiyalarining har biri hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lganligi sabab ular risk bilan bog‘liq. Naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarida hisob varaq nomerlarining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, xujjatdagi summani komp’yuterga noto‘g‘ri kiritilishi, mijoz tomonidan taqdim etilgan xujjatlardagi imzo va muxrlarning namunaga mos kelishi tekshirilmay o‘tkazib yuborilganda bajarilgan operatsiyalarning har biri katta riskka uchrashi holatlari kuzatilishi mumkin. To‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida mablag‘larning etarli bo‘lmay qolishi, bank bilan mijozlar, shuningdek, bir-birlari bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur etishiga sabab bo‘ladi. Mijozlar to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida etarli pul mablag‘larinining bo‘lmasligi natijasida mijozlarning operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘xtab qolishi yoki kechikishi natijasida yuzaga keladigan risklar aynan naqd pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi bilan bog‘liq risklar bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tez va samarali tashkil etish, ya’ni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro etkazib berilgan tovar hamda mahsulotlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘lovlari o‘z vaqtida, to‘la xajmda o‘tkazilishini ta’minlash – tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy bank operatsiyalaridan sanaladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar sub’ektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni naqd pul ishlatmasdan bankdagi bir hisobvaraqdan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilishi bo‘lib hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi.

  • Bank operatsiyalarining har biri hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lganligi sabab ular risk bilan bog‘liq. Naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarida hisob varaq nomerlarining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, xujjatdagi summani komp’yuterga noto‘g‘ri kiritilishi, mijoz tomonidan taqdim etilgan xujjatlardagi imzo va muxrlarning namunaga mos kelishi tekshirilmay o‘tkazib yuborilganda bajarilgan operatsiyalarning har biri katta riskka uchrashi holatlari kuzatilishi mumkin. To‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida mablag‘larning etarli bo‘lmay qolishi, bank bilan mijozlar, shuningdek, bir-birlari bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur etishiga sabab bo‘ladi. Mijozlar to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida etarli pul mablag‘larinining bo‘lmasligi natijasida mijozlarning operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning to‘xtab qolishi yoki kechikishi natijasida yuzaga keladigan risklar aynan naqd pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi bilan bog‘liq risklar bo‘lib hisoblanadi.Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tez va samarali tashkil etish, ya’ni xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro etkazib berilgan tovar hamda mahsulotlar, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘lovlari o‘z vaqtida, to‘la xajmda o‘tkazilishini ta’minlash – tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy bank operatsiyalaridan sanaladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar sub’ektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni naqd pul ishlatmasdan bankdagi bir hisobvaraqdan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilishi bo‘lib hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling