To‘lov tizimi 4 bosqichdan iborat: - To‘lov tizimi 4 bosqichdan iborat:
- 1-bosqich - to‘lovning boshlanishi, ya’ni to‘lovchi o‘z bankiga pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida topshiriq berish
- 2-bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida to‘lov hujjatlarining almashish
- 3-bosqich - to‘lov tizimining ishtirokchi banklari o‘rtasida hisob-kitob o‘tkazish ya’ni to‘lovchi banki pul o‘tkazib berish
- 4-bosqich – to‘lovlarni qabul bilan bog‘liq operatsiyalarni yakunlashdan iborat.
- Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak,
- 1-bosqich - to‘lovning boshlanishi, ya’ni to‘lovchi o‘z bankiga pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida topshiriq berish jarayoni.
- 2-bosqich - to‘lovchining banki pulni elektron to‘lov tizimi orqali Bosh bankka yoki Markaziy bankka o‘tkazishi.
- 3-bosqich- Bosh bank yoki Markaziy bank tomonidan pul mablag‘larini to‘lovni oluvchining bankining vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazib berishi.
- 4-bosqich – to‘lovlarni qabul bilan bog‘liq operatsiyalarning to‘lovni oluvchining bankida yakunlanishi.
To‘lov tizimini joylashuviga qarab 2 turga, ya’ni xalqaro va milliy to‘lov tizimlariga bo‘lish mumkin. - To‘lov tizimini joylashuviga qarab 2 turga, ya’ni xalqaro va milliy to‘lov tizimlariga bo‘lish mumkin.
- Xalqaro to‘lov tizimlariga SWIFT, CHIPS, CHAPS, ZENCHEKIO va boshqa tizimlar kiradi.
- Milliy to‘lov tizimiga Markaziy bankning elektron to‘lov tizimi, Bank-mijoz to‘lov tizimi, tijorat banklarining to‘lov tizimlari, chakana to‘lov tizimlarini kiritish mumkin.
- Barcha to‘lov tizimlarining vazifalari turlicha va o‘z hususiyatlariga ega bo‘lsada, ularning maqsadlari asosan bir xil.
To‘lov tizimining bosh maqsadi – iqtisodiy faoliyatni tashkil etish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni to‘liq, tez o‘tkazish va havfsizligini ta’minlashdan iborat. - To‘lov tizimining bosh maqsadi – iqtisodiy faoliyatni tashkil etish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlar yuzasidan to‘lovlarni to‘liq, tez o‘tkazish va havfsizligini ta’minlashdan iborat.
- Har bir mamlakat o‘zining mustaqil to‘lov tizimini tashkil qilgan xolda mamlakat iqtisodiyotidagi to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlaydilar.
- Bu to‘lov tizimi doimo rivojlantirilib va takomillashtirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |