5-mavzu. Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob-qitob munosabatlarining huquqiy asoslari


NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TARKIBI


Download 0.67 Mb.
bet2/12
Sana24.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1061746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 Mavzu Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob qitob

NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TARKIBI

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar
  • Notovar xarakterdagi hisob-kitoblar

Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan korxona, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida olib boriladi. Lekin plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar respublika bank amaliyotiga kirib kelgandan so‘ng, aholi ham plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshira boshladi.

  • Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boyliklar aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan korxona, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida olib boriladi. Lekin plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar respublika bank amaliyotiga kirib kelgandan so‘ng, aholi ham plastik kartochkalar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshira boshladi.
  • Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta taksimlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar, daromaddan to‘lovlar, har xil badallar, soliqlar, kreditlarni to‘lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi. Tovarlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni etkazish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi.
  • Hisob-kitoblarga oid asosiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 790-moddasiga ko‘ra fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. YUridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling