5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet11/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog’laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o’zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida
inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang’ich holatdagi obyektning) tegishli mahsulotlarga (pirovard holatdagi obyektga) aylanish jarayonini oldindan
mumkin. Bu andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil

obyektlarning o’zgarish va rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo’lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Shu sababli fanning asosiy vazifasi obyektlarning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini aniqlashdan iborat.
Tabiatning o’zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika fanlari bajaradi. Ijtimoiy obyektlarning o’zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o’rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil obyektlar – tabiat predmetlari, inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar ko’rinishidagi obyektlar va hokazolar o’zgarishi mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo’lishi mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo’lgan obyektlarni o’rganish va
ularni faoliyat va rivojlanishning obyektiv qonunlariga bo’ysunuvchi obyektlar sifatida tadqiq qilishga qarab mo’ljal olishi ilmiy bilishning birinchi eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilish o’zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa
shakllaridan ajralib turadi. Masalan, borliqni badiiy o’zlashtirish jarayonida inson faoliyatiga jalb qilingan obyektlar subyektiv omillardan ajratilmaydi, balki ularga o’ziga xos tarzda bog’lanadi. Obyektiv dunyo predmetlarining san’atdagi har qanday in’ikosi ayni vaqtda insonning predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy obraz – bu obyektning shunday bir in’ikosiki, unda inson shaxsi, uning qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan o’rin oladi. Bu mushtaraklikni istisno etish – badiiy obrazni buzish demak. Fanda esa, bilim yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, uning mushohadalari yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari Nyutonga nima yoqqani va yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt mo’yqalamiga mansub portretlarda Rembrandt shasxi, uning dunyoqarashi va o’zi tasvirlayotgan ijtimoiy hodisalarga shaxsiy munosabati o’z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan yaratilgan portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va obyektiv o’rganishga qarab mo’ljal oladi. Biroq bu olimning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlari va mo’ljallari ilmiy ijodda rol o’ynamaydi va uning natijalariga ta’sir ko’rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Ilmiy bilish jarayoni nafaqat o’rganilayotgan obyektning o’ziga xos
xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’lgan ko’p sonli omillar bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilishni uning tarixiy rivojlanishiga bog’lab o’rganar ekanmiz, madaniyat
tipi o’zgarishiga qarab ilmiy bilimni bayon etish andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublari qanday o’zgarib borganini ko’rishimiz
18
hodisalari ta’sirida shakllanadi. Bu ta’sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy omillarning qo’shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida obyektiv va subyektiv narsalar va hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma’naviy faoliyatining boshqa shakllariga bog’lab o’rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) o’rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy bilishning obyektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilish tabiatini aniqlashda fanning o’ziga xos belgilari tizimini farqlash mumkin bo’lib, ularning orasida quyidagilar birinchi o’rinda turadi: a) obyektlarning o’zgarishi qonunlarini o’rganishga qarab mo’ljal olish hamda bu mo’ljalni ro’yobga chiqaruvchi ilmiy bilimning moddiyligi va obyektivligi; b) fan ishlab chiqarish moddiy tuzilmalari va kundalik tajriba chegaralaridan chetga chiqishi hamda obyektlarni ularni ishlab chiqarishda o’zlashtirishning bugungi imkoniyatlaridan qat’i nazar o’rganish. Fanni bilish faoliyatining boshqa shakllaridan farqlash imkonini beruvchi boshqa muhim xususiyatlarni yuqorida zikr etilgan muhim belgilarga bog’liq va ular bilan belgilanuvchi xususiyatlar sifatida tavsiflash mumkin.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling