5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet1/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R


5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja
  • Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari.
  • Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o’ziga xosligi va aloqadorligi.
  • Ong-tafakkur va borliqning birligi.
  • Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.
  • Hozirgi zamon metodologiyasi.

  • Bilish nazariyasining predmeti. Bilim har doim amaliy informasion xususiyatga ega bo’lgan.
    «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi
    - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya»
    atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.
    Umuman olganda, hoziri zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy – falsafiy mohiyati hamda muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. So’zning o’z ma’nosidagi epistemologiya hozir bizning ilmiy, haqiqiy bilimlarimizning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Biz bu yerda bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalanamiz. Biroq avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olamiz.
    Gnoseologiya – bu falsafiy bilimlar bo’limi; insonning dunyoni va o’zini bilish
    darajasini falsafiy o’rganish; bilish jarayonida bilmaslikdan bilim sari yuksalish qanday yuz berishini tadqiq qilish; bilimlarimiz tabiatini ularning aslicha, o’z
    «ontologik» mohiyatiga bog’lab o’rganish hamda bu bilimlarning idrok etilayotgan narsalar va hodisalar bilan o’zaro nisbatini aniqlash demakdir.
    Demak, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilim, bilishni o’rganish bilan shug’ullanadi.
    Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning
    o’z-o’ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko’ramiz. Ayni vaqtda, ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va


makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsalar va hodisalar dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi quyidagi «oddiy» masalani yechishdan iborat: bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? Bu savolga javob izlash va masala yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to’qnashadi.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling