5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet4/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Kant agnostisizmi. Kant agnostisizmining qisqacha mazmuni quyidagicha: biz
biladigan narsa (fenomen) va o’z holicha mavjud bo’lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar mohiyatini qay darajada teran anglamaylik, bizning bilimimiz baribir o’zicha mavjud bo’lgan narsalardan farq qiladi. Shunday qilib, Kantning fikricha, bizning ongimizga, hissiyotimizga, tafakkurimizga bog’liq bo’lmagan narsalar olami mavjud. Uni faylasuf «narsa o’zida» sifatida ta’riflaydi. Kantning ta’kidlashicha, bilish jarayoni «narsa o’zida»ning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri ostida his-tuyg’uning uyg’onishidan boshlanadi. Vaholanki, his- tuyg’ular, tushuncha va hukmlar o’z holicha «narsa o’zida» haqida muayyan nazariy bilim berishga qodir emas. Lekin bundan ishonchli bilim yo’q ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Matematika va tabiatshunoslik aynan shunday ishonchli bilim manbaidir. Ammo ular qay darajada ishonchli bo’lmasin, «narsa o’zida» haqidagi haqiqiy bilim bo’la olmaydi. Bizning tafakkurimizda shakllangan tushunchalar «narsa o’zida»ni qay darajada to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettira oladi, degan savolga aniq javob mavjud emas, deydi Kant.
Agnostisizm Kant bilish nazariyasining negizini tashkil etadi. Inson obyektni o’z tabiatiga ko’ra hodisa va mohiyat nuqtai nazaridan o’rganadi. Demak, bu jarayon ma’lum darajada bir-biriga qarama-qarshi qo’yiladi. Hodisadan mohiyatga o’tish ziddiyatli jarayondir. Sezgi bergan ilk ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri tafakkur «laboratoriyasi»ga qabul qilinavermaydi. Ammo, Kant fikriga ko’ra, shunday bir subyekt borki, uning uchun bilim darajasi mavjud emas. Uning bilimi doimo to’liq va haqiqiydir. Bu subyekt – Xudo. Garchi Kant diniy e’tiqod manfaatlarini ko’zlab bilimni chegaralab qo’ygan bo’lsa-da, u ayni vaqtda axloqning e’tiqoddan mustaqil ekanligini ta’kidlashga harakat qiladi. Axloq dinga emas, balki aksincha, har qanday din axloqqa asoslanmog’i kerak, degan xulosaga keladi.
Gnoseologik relyativizm – hodisalar, borliq va bilish voqealarining o’zgaruvchanligi, o’tkinchiligini mutlaqlashtirish agnostisizmning yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o’tkinchi, haqiqat dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina shak-shubhasiz deb e’tirof etilgan narsa endi do’zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dog’lar kabi o’zgaradi. Bundan go’yo
bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo’lgan haqiqat ketidan
«quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go’yo noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat! – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va subyektivdir.
Skeptiklarga xos bo’lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o’zgaradiki, unda mutlaqo o’zgarmas bo’lgan hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta’limoti ashaddiy relyativizmga misol bo’lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e’tibori bilan, bilishda o’zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o’zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo’lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o’rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo’qoladigan, binobarin, hayotda hyech narsaga amal qilib bo’lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon bo’lish shakllaridar biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo’lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo’lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida ko’p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo’li – amalda to’g’ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo’lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist
«bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to’g’ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hyech ish qilmayman»1.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling