5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet6/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

va xatosiz deb qarash mumkin bo’lgan fikrlar va ma’lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyatda u vujudga kelgan paytdan beri mavjud va jamiyat bilan birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib
kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog’lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o’z xulosalarini chiqara olmaydi.
Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek odamlarning o’zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to’g’risida elementar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo’lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo’ladi, ma’lumotlar,

Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – ishlab chiqarish

faoliyati,

estetik

faoliyat,

siyosiy

faoliyat

va

hokazolarning

ta’siri

ostida

shakllanadigan turmush bilan bog’liq tushunchalar, u odamlarning avlodlari

to’plagan kollektiv tajriba mahsuli hisoblanadi.

qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog’lom fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, o’gitlar va hokazolarda ifodalangan ko’rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Shaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emosional kechinmalari va o’z hayot tajribasini anglab yetishi bilan bog’liq. Inson dunyoni nafaqat uni ilmiy o’rganish, balki o’z hayoti, kundalik amaliyotida o’zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o’zlashtirishning universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb nomlagan. Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari yotadi. Bu faoliyat turlari urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramlar, marosimlar, kollektiv harakatlar (o’yin, raqs va h.k.), axloqiy va boshqa qoidalar hamda taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni kollektiv ijtimoiy va madaniy tajribaga oshno etish vositalari bo’lib xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir- biriga munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang’ich bilim sifatida amal qiladi.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling