5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet7/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

O’yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o’yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O’yin jarayonida shaxs qizg’in bilish faoliyatini amalga oshiradi,
bilimlarning katta hajmini o’zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o’yinlar, sport o’yinlari, aktyorlarning o’yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O’yin bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum bilimlari, o’zaro til topish ko’nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o’ynaydi.
Hozirgi vaqtda o’yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda. Bu yerda murakkab jarayonlar
kechishining har xil variantlari, ilmiy va amaliy muammolarning yechimlari ko’rib chiqiladigan maxsus o’yin modellari va o’yin ssenariylari tobora ko’proq qabul qilinmoqda. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy tafakkurining bir qancha nufuzli yo’nalishlari o’yinni mustaqil o’rganish sohasi sifatida ilgari surmoqdalar.
Germenevtika (Gadamer), falsafiy antropologiya shunday fanlar jumlasidan. Masalan, Xaydegger o’yinni madaniyat shakllanishining umumiy prinsipi, har qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko’ra,
o’yin – san’at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o’z navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir.
Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o’ynagan. Mifologik bilimning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So’nggi vaqtda (ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o’yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o’ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi aniqlandi.
Mifologik tafakkurga uning emosiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish obyekti va subyektini, predmet va belgini, narsa va so’zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi)
va mohiyatini va hokazolarni aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog’langan (genetizm).
Mif – tabiat va inson hodisalarini tushunish va tushuntirishning ibtidoiy odam
tafakkurining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilangan usuli. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va prinsipni farqlamaydi. Voqyealar o’xshashligi yoki ketma-ketligini u sabab va oqibat bog’lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o’limi va uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning o’g’irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko’p ma’noli tus kasb etadi. Ko’p sonlilik prinsipi, aks ettirish, muayyanlik va atromorflik (ya’ni inson xususiyatlarini tabiat obyektlariga o’tkazish), obraz va obyektni tenglashtirish – mifologik bilimning o’ziga xos xususiyatlari ana shular. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki ma’lum xalqlar tarixida bo’lib o’tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga
keltiradigan va boshqaradigan, iyerarxik tuzilishga ega bo’lgan yagona va yaxlit kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar kosmosning o’z o’zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari
podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.
Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan, balki qoida sifatida
belgilangan bo’lsa-da, ular odamlarning juda ko’p avlodlari tajribasini umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.
Mif – madaniyatning muqarrar unsuri. Antik davrda u haqiqatning poetik ifodasi sifatida qaralgan. Bugungi kunda esa, mif ko’pincha odamlar xulq-atvorini manipulyasiya qilish uchun mo’ljallangan ongli aldov hisoblanadi.
Mifologiya bag’rida bilimning badiiy-obrazli shakli yuzaga keldi va
keyinchalik san’atda o’zining yorqin ifodasini topdi. Garchi u bilish vazifalarini maxsus yechmasa-da, ammo ancha kuchli gnoseologik salohiyatga ega.

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling