5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 189.57 Kb.
bet18/23
Sana11.03.2023
Hajmi189.57 Kb.
#1259449
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Eklektika. Eklektika hyech qanday bilim faoliyati bilan bog’lanmagan, bir- biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg’on aks ettiradi. U bilim tizimi
rivojidagi yo’nalish, u hyech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida obyektni o’rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida
paydo bo’ldi va iqtiboslarga asoslangan o’rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikasiya tizimida qo’llanilib, inson
psixikasidagi an’analar, ko’nikmalar, intilishlarni bo’rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo’llanilmokda. Sinergetika so’zi yunoncha ("sinergena") bo’lib, kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko’p
qismlardan iborat bo’lgan, o’zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o’rganadi. Bu so’zni Xaken hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi.
Barcha ta’limotlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo’lgan I.Sherringtonning sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo’nalishlari ana shular jumlasidandir.
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so’z boradi. Sinergetika orqali sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o’lik tabiatdagi o’z-o’zidan harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion yo’nalish paydo bo’ldi va fan ijodkorlikdan yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. Sinergetika makroskopik darajalarga tasodifiylikni fanga kiritdi va bu bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni mikrodunyo masalalariga tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o’zaro bir-biriga o’tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo’lishini o’ziga xoc tarzda izoxdaydi. U biz yashayotgan makrosistemalar qanday paydo bo’lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi.
Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib koladi va kinetiklikdan
potensiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko’ra, narsa qotib qolgan energiyadir. Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham o’rganilmoqsa. Sinergetika tabiatdagi evolyusiya nimaning hisobiga sodir bo’lishi mumkinligini asoslaydi. Barcha yangi strukturalar yaratilayotgan joyda energiyaning kuchli to’lqini va muhit bilan almashinuv zarur (evolyusiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. Agar osmon jismlari evolyusiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak, sinergetika tabiatni yaratish jarayonini o’rganadi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosalarini tasdiklaydi: energiya olamning yanada yuqoriroq darajalarini yaratadi.
Xullas, sinergetika — olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va vosealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan
tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o’laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo’q emas.
Sinergetikada bifurkasiya, fluktuasiya, tartibsizlik, dissipasiya, g’alati attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkasiya mexanizmlari faoliyat ko’rsatilib, ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har
xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I. Prigojinning fikriga ko’ra, bifurkasiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseyevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkasiya holatidir».

Download 189.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling