1. Qоnun nima va uning hayotimizdagi ahamiyati qanday?
|
Qonun(falsafada)-narsa va hodisalar o’rtasidagi muhim,zaruriy munosabat.Qonunning hayotimizdagi o’rni katta chunki shu qonun sababli insolar tinch osuda hayot kechiradilar.Yana odamlar jamiyatda o’z o’rniga ega bo’ladilar.
|
2. Ziddiyat deganda nima tushunamiz va uning rivojlanishdagi o‘rni qanday?
|
Bir- birini inkor qiladigan hodisalar nazariyalar ziddiyat hisoblanadi.Shu ziddiyat tufayli raqobat yuzaga keladi. Raqobatda esa kimdir g’olib chiqishi kerak.Uning g’olib chiqishiga esa tajriba, bilim kerak.Bunday raqobat esa rivojlanishga zamin yaratadi.
|
3. Vorisiylik nima, uning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlardagi ahamiyatini qanday tushunasiz?
|
Vorisiylik bu birorta kishiga o’zining yaqin kishisidan qoladigan merosga aytiladi.Vorisiylik tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti jarayonida hodisalar o’rtasidagi alo-qadorlik,jamiyatda ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning avlodan avlodga o’tishi va o’zlashishi
|
4. Qarama qarshiliklar birligi va kurashi deganda nima tushunasiz?
|
Bu qonunni Gegel ishlab chiqqan.Qarama qarshilik kurashi esa abadiy, ya’ni rivojlanishning manbai sifatida doim, har qanday sharoitda barcha jism va hodisalarga xos. Qarama qarshilik eskining yo’qolishi va yangining paydo bo’lishiga olib keladi.
|
5. Taraqqiyot nima uchun inkorni inkor tamoyiliga asoslanadi?
|
Inkorni inkor tamoyili muqobil imkoniyatlardan eng afvzalini
tanlash imkonini yaratadi.Tanlangan imkoniyat esa biror
sohada yaxshi natija ko’rsatsa bu soha taraqqiy eta
boshlaydi.
|
6. Hayotdagi barcha jarayonlar sababiy bog‘lanishlardan iboratmi?
|
Hamma jarayonlarning kelib chiqish sababi bor.Ammo hamma jarayonlarning ham sababi hali aniqmas lekin.Hozirgi asr fan-texnika asri bo’lsayam odamlarning aqli, imkoniyati yetmaydi buni anglashga.Odamlar biror narsa, voqea, jarayonga ishonishi uchun aniq sababi bo’lishi kerak.Bundan ko’rinadiki voqea, jarayonlar sababiy bog’lanishlardan iborat.
|