5-mavzu: Biznes subyektlarning bankrotligi


Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak


Download 0.53 Mb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1602907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu BH (1)

Kelishuv bitimida:

Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • kelishuv bitimining matni;
  • kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig‘ilishining bayonnomasi;
  • qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
  • ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • kelishuv bitimi tuzish haqidagi masala bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma e’tirozlari.

Tugatishga doir ish yuritish

To‘lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.

16-bob. To‘lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomillari 238-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi

  • Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) o‘z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatish to‘g‘risida o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
  • Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar ko‘rilishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling