5-mavzu: Biznes subyektlarning bankrotligi


Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari


Download 0.53 Mb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1602907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu BH (1)

Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari:


to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan chegirma berish to‘g‘risida qarzdor va kreditorlar o‘rtasida kelishuvga erishishga qaratilgan bitim;
soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lashni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.

4. Kuzatuv. Sud sanatsiyasi. Tashqi boshqaruv.


KUZATUV
qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan e’tiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil

To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganda kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor

  • — yuridik shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladi, bundan ushbu Qonunga muvofiq qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qo‘llanilishi kerak bo‘lgan hollar mustasno. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan taqdirda sudning arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimida kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi ko‘rsatiladi.

mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish to‘xtatib turiladi, bundan ish haqi bo‘yicha, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni, alimentlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash ta’qiqlanadi.
Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran:

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling