5-mavzu. Borliq vauning asosiy shakllari Reja: Borliq tushunchasi, borliq va yo‘qlik. Borliq, mavjudlik va reallik


Download 55.58 Kb.
bet11/13
Sana20.09.2023
Hajmi55.58 Kb.
#1682809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Makon-fazo. Makon va zamonning xossalaridan materiyaning hamma ma‘lum struktur darajalarida namoyon bo‘ladigan yalpi umumiy xossalarni, xususiy xossalarni, shuningdek materiyaning faqat ba‘zi holatlariga va hatto ayrim obyektlarga xos bo‘lgan maxsus xossalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Yalpi umumiy xossalar materiyaning boshqa atributlari bilan va uning bor- lig‘ining dialektik qonunlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu xossalar filosofiya uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir.
Materiya makonining yalpi umumiy xossalariga avvalo ko‘lam kiradi; ko‘lam turli elementlarning (bo‘laklar, hajmlarning) yonma-yon joylashuvini, biron muayyan elementga kelasi element kelib qo‘shilishi yoki elementlar soni kamayishi mumkinligini bildiradi. Ko‘lamsiz makon uning elementlarining miqdor o‘zgarishi mumkinligini, shuningdek moddiy tuzilmalarning strukturaviyligini istisno qilgan bo‘lur edi. Xuddi moddiy sistemalarda birgalikda yashovchi va bir-biriga ta‘sir ko‘rsatib turuvchi elementlar borligi tufayli, bunday sistemalarning ichki makoni ko‘lamlidir. Shunday qilib, ko‘lam sistemalarning strukturligi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Makonning yalpi umumiy xossalariga zamon va materiya harakati bilan chambarchas bog‘liqligi, moddiy sistemalardagi strukturaviy munosabatlarga qaramligi kiradi.
Makonga (aniqrog‘i, materiyaning makoniy xossalariga) uzluklik bilan uzluksizlikning birligi xosdir. Uzluklik nisbiy bo‘lib, moddiy obyektlar va sistemalarning alohida-alohida mavjudligida namoyon bo‘ladi, bu obyekt esa sistemalardan har biri muayyan hajmlarga va chegaralarga egadir. Ammo moddiy maydonlar (elektromagnit, gravitatsion va boshqa maydonlar) barcha sistemalar makonida uzluksiz ravishda taqsimlangandir. Makonning uzluksizligi jismlarning makonda o‘rin almashtirishida ham namoyon bo‘ladi. Muayyan o‘ringa qarab harakat qilayotgan jism elementlar o‘rtasidagi uzunlikning butun benihoya izchilligidan o‘tadi. Shu bilan makon bog‘lanishga ega bo‘ladi va unda «uzilish» bo‘lmaydi.
Makonga uch o‘lchovlilik xos bo‘lib, bu sistemalarning strukturaviyligi va ularning harakati bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Shunday bir moddiy obyektni tasavvur qilaylikki, uning hajmlarini e‘tiborga olmaslik mumkin bo‘lsin (moddiy nuqta). Bunday obyektning harakati chiziqni – bir o‘lchovli ko‘lamni beradi. Chiziqning perpendikulyar yo‘nalishda siljishi tekislikni – ikki o‘lchovli ko‘lamni beradi. Tekislikning siljishi hajmni – uch o‘lchovli ko‘lamni beradi. Agarda biz hajmni har qanday usul bilan nariga siljita bersak, u o‘lchovlarning bundan ortiq sonlaridan makonga o‘tmaydi. Uch o‘lchov zarur bo‘lgan va kifoya qiladigan minimumdir, moddiy obyektlarning hamma harakatlari va o‘zaro ta‘sirlari shu minimumda amalga oshadi.
Nisbiylik nazariyasida to‘rt o‘lchovli kontinuum tushunchasi ifodalanadi. Lekin bunda to‘rtinchi o‘lchov sifatida zamon qo‘shiladi, makonniig o‘zi esa uch o‘lchovli hisoblanadi.
Makonning ko‘lami bilan metrik munosabatlar mahkam bog‘liq bo‘lib, bu munosabatlar makoniy elementlarning aloqasi strukturasini, bu aloqalarning tartibini va miqdoriy qonunlarini ifodalaydi. Tekislikdagi, sferadagi, psevdosferadagi (grammofon karnayini eslatadigan figuradagi) va boshqa sirtlardagi metrik munosabatlar geometriyaning turli tiplarida – evklid va noevklid geometriyalar (Lobachevskiy, Riman)da aks ettiriladi. Makonda muayyan metrik xossalarning mavjudligi, uning yalpi umumiy xarakteristikalari sirasiga taalluqlidir.
Zamonning yalpi umumiy xossalaridan (aniqrog‘i, moddiy sistemalardagi zamonaviy munosabatlardan) uning materiyaning makoni va harakati bilan chambarchas aloqasini, moddiy sistemalardagi uzunlik, assimetriya, qaytarilmaslik, notsikllik, uzluklik bilan uzluksizlikning birligi, bog‘langanlik, struktur munosabatlarga qaramlikni qayd qilib o‘tmoq kerak:
Uzunlik moddiy obyektlar mavjudligining izchilligi sifatida, nisbatan barqaror shaklda ularning saqlanishi sifatida yuzaga keladi. Davomiylik har qanday jarayonlarning o‘zgarish tezligi nihoyaliligi tufayli zamonning bir momenti ketidan ikkinchisi paydo bo‘lish yo‘li bilan tashkil topadi. U makonning ko‘lamiga o‘xshash bo‘lib, materiya va harakatning saqlanish natijasidir. Bu saqlanish zamonniig bog‘langan bo‘lishiga, unda uzilishlarning yo‘qligiga, umumiy va mutlaq uzluksizlikka ham sabab bo‘ladi. Uzluklik faqat materiyaning konkret sifat holatlarining mavjudligi zamonini xarakterlaydiki, bu holatlardan har biri paydo bo‘lib va g‘oyib bo‘lib, boshqa shakllarga o‘tib turadi. Lekin ularning tarkibidagi materiya elementlari (masalan, elementar zarralar) bunda paydo bo‘lmasdan va yo‘q bo‘lmasdan, faqat aloqa shakllarini o‘zgartib, turli jismlarni tashkil etishi mumkin. Ana shu ma‘noda materiyaning mavjudlik zamonining uzlukligi nisbiy bo‘lib, uzluksizlik esa mutlaqdir. Materiyaning va uning eng muhim xossalarining saqlanish qonunlari bu faktning ifodasidir.
Zamonning assimetriyasi yoki bir yo‘nalishligi uning faqat o‘tmishdan kelajakka qarab o‘zgarishini, bu o‘zgarishning orqaga qaytmasligini bildiradi. Makonda har qanday yo‘nalishlarda harakat qilish mumkin. Zamonda esa o‘tmishiga qarab harakat qilish mumkin emas, har qanday o‘zgarish shu tariqa sodir bo‘ladiki, zamonning kelgusi, bo‘lg‘usi momentlari kela beradi. O‘zgarishning o‘tilgan holatlarini yoki davrlarini (sikllarini) mutlaq ravishda to‘la takrorlash ham mumkin emas. Har qanday davriylik nisbiy bo‘lib, jarayonlarning ko‘proq yoki ozroq takrorlanishini ifodalaydi. Davrlarning(sikllarning) har birida hamisha qandaydir yangilik bo‘ladi, shunga ko‘ra zamon hamisha qaytarilmasdir. Zamonning bu qaytarilmasligi sabab-oqibat munosabatlarining assimetriyasi bilan, materiyaning rivojlantsh protsessining umumiy qaytarilmasligi bilan belgilanadiki, bu protsessda hamisha yangi imkoniyatlar, sifat holatlari va o‘zgarish tendensiyalari paydo bo‘lib turadi.
So‘nggi yillar mobaynida fanning rivojlanishi makon va zamon xossalarining moddiy protsesslar bilan aloqadorligini yangidan oydinlashtirib berdi. Nisbiylik nazariyasi isbot qilib berdiki, jismlar harakatining tezligi oshib borishi bilan ularning harakat yo‘nalishidagi hajmlari nisbatan kamayadi, ularda barcha protsesslarning (nisbiy osoyishtalik holatidagi protsesslarga qiyosan) sekinlashuvi sodir bo‘ladi. Moddalarning ko‘p to‘planishlari natijasida vujudga keladigan juda kuchli gravitatsion maydonlarning ta‘siri ostida ham protsesslarning sekinlashuvi yuz beradi. Buning natijasida oq karliklar va kvazarlar chiqaradigan nurlanishning spektral chiziqlari spektrning qizil tomoniga siljigan bo‘lib chiqadi.
Tortilish maydonlarining ta‘siri ostida o‘ziga xos ravishda «fazoning egrilanishi» sodir bo‘ladi, bu esa gravitatsion maydonlardagi yorug‘lik nurlarining egrilanish effektlarida yuz beradi. Sistemaning massasi va zichligi agar yetarli darajada katta qimmatlarga erishsa, u vaqtda uning fazosining metrikasi shu qadar kuchli o‘zgaradiki, yorug‘lik nurlari yaqin atrofda yopiq chiziqlar bo‘ylab siljiy boshlaydi, Masalan, agar Quyoshimizning butun massasi 2,5 km. diametrli sharda markazlashgan bo‘lganda, shunday effekt bo‘lgan bo‘lardi.
So‘nggi yillarda Galaktikada gravitatsion kollaps (moddaning halokatli ravishda tez qisilishi) natijasida paydo bo‘lgan shu xildagi obyektlar topildi. Avvalida, bu obyektlarni (nazariyada bashorat qilingan va «tetiklar» deb atalgan obyektlarni) nurlanish chiqarmaganligi sababli, mutlaq yopiq, deb faraz qilgan edilar. Lekin so‘ngra ravshan bo‘ldiki, ular statik gravitatsion maydonni vujudga keltirar va tevarak-atrofdagi fazodan yulduzlararo changni va gazni yutib turar ekan. Muayyan o‘tkazgich obyekt ustiga tushganda moddaning zarralari doimo o‘zaro to‘qnashadi, buning natijasida juda kuchli rentgen nurlanishi paydo bo‘ladiki, bu nurlanishni yerdagi asboblar qayd qilgan edi. Bu hol yana bir marta isbot qildiki, fazoda mutlaq yopiq sistemalarning mavjudligi haqida so‘zlash uchun hech qanday asos yo‘q. Har holda bunday sistemalar boshqa jismlarga nisbatan o‘zining mavjudligini ko‘rsatmagan bo‘lar edi va biz ular haqida hech qanday informatsiyaga ega bo‘lolmas edik. Lekin u vaqtda ularning mavjudligini tasdiqlash uchun hech qanday asos qolmas edi.
Makon va zamonning yalpi umumiy xususiyatlari sirasiga ularning benihoyaligi ham kiradi. Materiya mutlaq bo‘lganligi, uni yaratib ham, yo‘q qilib ham bo‘lmasligi sababli u abadiy mavjuddir, bu abadiylik esa zamonning har qanday intervallarining (yillar, ming yillar va hokazo) benihoyaligidan boshqa narsa emasdir.
Zamonning benihoyaligini, ayni bir xildagi shakllarda va holatlarda cheksiz ravishda bir zaylda mavjud bo‘lishi, deb tushunish yaramaydi. Materiya aslo so‘nmaydigan o‘z-o‘zidan rivojlanish holatida hamma vaqt bo‘lib keldi va bundan buyog‘iga ham bo‘laveradi; materiyaning o‘z-o‘zidan rivojlanishi sifat jihatdan yangi shakllar, holatlar, tendensiyalarning va o‘zgarish qonunlarining benihoya paydo bo‘lib turishini o‘z ichiga oladi. Zamonning benihoyaligi faqat miqdor aspektiga (cheklanmagan uzunlikka) emas, balki sifat aspektiga ham egadir, bu aspekt materiyaning tarixiy rivojlanishi va umumiy strukturaviy bitmas-tuganmasligi bilan bog‘liqdir.
Materiya o‘zining borliq makoniy shakllarida ham benihoyadir. Kosmologiyaning nazariy prinsiplaridan va hozirgi zamon kuzatish ma‘lumotlaridan shunday xulosa kelib chiqadiki, koinotning bizni bevosita qurshab turgan sohasining fazosi egrilikka ega bo‘lib, berk emasdir (moddaning o‘rtacha zichligi taxminan 1031 g/sm 3 ni tashkil etadi). Barcha galaktikalarning spektral chiziqlari spektrning qizil taxmoniga siljiganidir, bu esa ularning o‘zaro bir-biridan uzoqlashganligidan dalolat beradi. Uzoqlashish tezligi masofa bilan oshib boradi va eng uzoq kuzatiluvchi obyektlarda yorug‘lik tezligning yarmiga borib yetadi.
Ayni kengayish lokal protsessdir va Koinotda bizning Metagalaktikamizdan tashqari son-sanoqsiz ko‘p kosmik sistemlar mavjuddir, bu sistemalar eng turli strukturaviy tuzilish shakllariga va makoniy-zamoniy xossalarga egadir, deb hisoblash uchun asos bor. Makonning benihoyaligi ham o‘zining sifat aspektlariga egadir va bu aspektlar materiyaning struktura jihatdan bir emasligi bilan bog‘liqdir.
Moddiy olamni bilish protsessi jismlarning makoniy-zamoniy xossalarini va munosabatlarini tadqiq etishni muhim tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladi. Makon va zamonning qarab chiqilgan umumiy xossalari bilan bir qatorda ularning xususiy xossalarini bilish ham birinchi darajali ahamiyatga egadir. Xususiy xossalar sirasiga moddiy sistemalarning konkret makoniy shakllari va hajmlari, erdagi vaqt birliklarida ularning mavjudligining qancha davom etishi, sistemalardagi protsesslarning ritmi, metrik xossalar, sistema strukturasida simmetriya yoki assimetriyaning mavjudligi, konsimonlik munosabatlari va hokazolar kiradi. Bu xossalarning hammasi materiya harakatining va o‘zaro ta‘sirining hosilalaridir.
Makoniy-zamoniy munosabatlarni tadqiq qilish biron-bir shaklda deyarli hamma fanlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, biologiyada tirik organizmlarning turli kichik sistemalaridagi ritmlar («biologik soatlar»), tirik modda molekulalarining makoniy strukturasidagi asimmetriya muammolarini birinchi o‘ringa surilmoqda.
Ijtimoiy hayotda biz taraqqiyot sur’atlarining tezlashuvini kuzatmoqdamiz, fizik vaqtning ayni bir birligiga hozir innovatsion kashfiyotlarining, ijtimoiy o‘zgarishlarning tobora ko‘proq miqdori joylashmoqda.Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida inson manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarni butun mamlakat bo‘ylab qisqa vaqt ichida amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar makoniy-zamoniy tasavvurlarimizning o‘zgarishiga, ya‘ni yangicha dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi.
Xulosa o‘rnida, shuni ta‘kidlash joizki, hozirgi kunda fazo va vaqtning klassik bo‘lmagan tushunchalarini:
• jismlarning fazoviy va vaqtinchalik xususiyatlari ularning harakatlanish tezligiga bog‘liq (tezlik qancha yuqori bo‘lsa, vaqt shunchalik qisqaroq va sekinroq oqadi, masalan, «egizaklar misoli»);
• makon va vaqt bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ajralmas birlikni tashkil etadi - 4 o‘lchovli makon-vaqt davomiyligi;
• makon va vaqtning xossalari moddaning tarqalishi va zichligiga bog‘liq: katta massaga ega jismlar yaqinida bo‘shliq «egri» va vaqt sekinroq oqadi, degan ilmiy-amaliy jihatdan isbotlangan falsafiy fikrlar tashkil qiladi.
Kosmologiyada koinotning modellari:
• Eynshteynning statik olam modeli: olam vaqt jihatidan cheksiz, ammo fazoda cheklangan;
• Fridmanning statsionar bo‘lmagan Koinot modeli: olam vaqt ichida ham, kosmosda ham o‘zgaradi, u ma‘lum bir intervalda pulsatsiyalanadi, keyin qisqaradi, keyin kengayadi, hozirgi paytda koinot kengayish holatida,degan xulosalari bilan tavsiflanadi.
Makon va vaqt shakllarining sifatli xilma-xilligi:
• jonsiz tabiatdagi makon va vaqt;
• biologik makon va biologik vaqt;
• ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqt.
Jonsiz tabiatdagi makon va vaqt:
• mikrokosm (makon va vaqt diskret);
• makrokosm (makon va vaqt evklid geometriyasi bilan xarakterlanadi);
• mega dunyo (makon va vaqtning egriligi tortishuvchi massalarning o‘zaro ta‘siri bilan bog‘liq).
Biologik makon: organlar tuzilishidagi, murakkab organizmlarning tana qismlari tarkibidagi assimetriya, biosfera.
Hayotiy jarayonlar organizmlarning fiziologik jarayonlariga bog‘liq bo‘lgan maxsus biologik vaqt (biologik soat) - tirik mavjudotlarning ichki vaqti bilan tavsiflanadi (masalan, yangi tug‘ilgan bola uchun bir fiziologik yil 100 yoshli erkakka nisbatan 70 baravar ko‘p, chunki bu vaqt ichida chaqaloqning tanasi 70 barobar ko‘proq fiziologik ish olib boradi).
Ijtimoiy makon - bu odamlarning chinakam insoniy hayoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy uyushgan muhit (turar joy, «insonparvarlashgan tabiat»).
Ijtimoiy vaqt deganda madaniy va sivilizatsiyalashgan hodisalarning (insonning individual yashashi davri, ) parallel rivojlanishiga imkon beradigan tarixiy jarayon tushuniladi.



Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling