5-mavzu. Borliq vauning asosiy shakllari Reja: Borliq tushunchasi, borliq va yo‘qlik. Borliq, mavjudlik va reallik
Download 55.58 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliq» kategoriyasi
2. Borliq va yo‘qlik. Inson foniy dunyoga keladi va vaqt o‘tishi bilan boqiy dunyoga ravona bo‘ladi. Shu davr ichida inson yashash uchun kurash olib boradi. Bu kurashda esa dunyo ichki qarama-qarshiliklardan, ziddiyatlardan iborat ekanligini bilib oladilar. Chunki, uning atrofini o‘rab turgan borliqdagi narsalar bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan va ham o‘zgarmasdir. Bu kim uchun borliq, yana kim uchun yo‘qlikdir.
Bugungi kunda insoniyat yo «bor bo‘lmoqlik (hayot); yoki yo‘q bo‘lib ketmoqlik (o‘lim)» nima degan savolga javob qidirmoqda. Darhaqiqat, yadro falokati, ekologik bo‘xronliklar, turli xil bedavo yuqumli kasalliklar (koronovirus pandemiyasi va shu kabilar) Yer sayyorasidagi million yillar bilan hisoblanadigan insoniyat mavjudligining tabiiy vaqtini o‘nglab bo‘lmaydigan darajada to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Gap «bor bo‘lmoqlik» yo «yo‘q bo‘lmoqlik» haqiqatan ham umumbashariy va mislsiz keskin masala bo‘lib qolayotgan ekan, borliq va yo‘qlik muammosini anglab olish ayniqsa muhimdir. Bunda uning oddiy hayotiy zaminlaridan tobora murakkabroq falsafiy mulohazalar va xulosalari tomon izchil siljib borish kerak bo‘ladi. Odamzod yashayotgan borliq – dunyo hamma vaqtda bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘laveradi, U o‘tkinchi emas. Borliqdagi alohida narsa, organizm, kishi, ularning faoliyatlari muvaqqat, o‘tkinchidir. Borliqning bor yoki yo‘qligi muammosini hal etishda: birinchidan, olamning umumiy mohiyatini izohlash; ikkinchidan, borliqning tarkibiy tuzilishi, ichki harakatlanish mexanizmlarining xususiyatlarini aniqlash; uchinchidan,insonning mavjudligi, uning ichki ruhiy-ma‘naviy dunyosini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda bahs-munozaralar davom etmoqda. Borliq ilgari mavjud bo‘lgan, hozir mavjud va kelajakda mavjud bo‘ladigan obyektiv hamda subyektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi. Ya‘ni tabiat, inson, fikrlar, g‘oyalar, jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. Shunday qilib, borliq kategoriyasi umumiylashgan abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, narsalar va jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiatdagi tabiiy obyektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat narsalarni, jismlarni, obyektiv reallikni, balki, ma‘naviy hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, subyektiv reallikni ham o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, «Borliq» kategoriyasi– bu tabait va jamiyatdagi xilma xil narsa, hodisa va jarayonlarni, alohida shaxs, ijtimoiy guruh va jamoalarni, inson ongining holati, darajasi va shakllarini mavjudlik belgilari asosida ifodalaydigan umumiy falsafiy abstraksiyadir. Umuman olganda, borliq falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi. Yo‘qlik hech nimani, ya‘ni nazarda tutilgan joyda hech nima mavjud emasligini anglatadi. Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qayerdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo imkoniyatdagi borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo imkoniyatdagi borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur’ati va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya‘ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir. Individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, mutlaq yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma‘noda nisbiy mazmun kasb etadi. Yo‘qlikni bilish ma‘nosida ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan obyektlar hozircha bizning fikr bilish chegarasidan chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqeylikning muayyan joyida ma‘lum bir sinfga mansub obyektlar, olamning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, yo‘qlik tushunchasi narsa va hodisalarning mavjud bo‘lmaslik, yo‘q bo‘lish, haqiqiy bo‘lmagan xususiyatlarini bildiradi. Yo‘qlik - bu aslida mavjud bo‘lmagan, hali paydo bo‘lmagan yoki mavjudligini allaqachon to‘xtatgan narsa. Borliqning namoyon bo‘lish shakli bir narsadir, yo‘qlik hech narsa emas. Yo‘qlik – bu biron bir subyektning aniq faoliyat ko‘rsatishi vaqtida real mavjud bo‘lmagan narsalarni ifodalovchi umumiy falsafiy tushunchadir Download 55.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling