5-mavzu. Borliq vauning asosiy shakllari Reja: Borliq tushunchasi, borliq va yo‘qlik. Borliq, mavjudlik va reallik


Download 55.58 Kb.
bet3/13
Sana20.09.2023
Hajmi55.58 Kb.
#1682809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3. Substansiya va substrat. Faylasuf olimlar borliqni hodisa sifatida bir necha shakllarga ajratib o‘rganishda, uning mazmun-mohiyatiga, ya‘ni asosida nima yotadi degan masalaga e‘tibor qaratishgan. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotincha substantio – mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) – bu muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Demak, substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ma‘naviy mohiyat tushunilgan bo‘lib, unga qarama-qarshi narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalovchi“aksidensiya” (lot. atssidentia — o‘tkinchi, tasodifiy) tushunchasi ishlatilgan. Abu Nasr Forobiyning yozishicha:” ...(olamda) substansiya (javhar) va aksidensiya (javhar bo‘lmagan, araz) hamda substansiya, aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir.
Aksidensiyani besh sezgi his etadi, ular o‘rtasida hech qanday vosita yo‘qdir, masalan, ko‘rish o‘zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani bir-biridan farq qiladi; eshitish o‘zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi; ta‘m-maza sezgisi turli ta‘mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta‘mlarning farqini ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki qattiqlik holatini farq qila oladi.
Substansiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aksidensiya aql uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo‘lgan narsa borligini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar bilan munosabati ham shuning kabidir.
Substansiya ba‘zan qizaradi, ba‘zan oqaradi, ba‘zan uzayadi, ba‘zan qisqaradi, ba‘zan ko‘payadi, ba‘zan kamayadi, ba‘zan tug‘iladi, ba‘zan o‘ladi, ba‘zan kasal bo‘ladi, ba‘zan sog‘ayadi - shunday ekan (substansiyaning) bu o‘zga- rishlarini ko‘rsatib bera oladigan ilmga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ilm bizga bunday o‘zgarishlarni, ularning qandayligini, omillari va sabablarini ko‘rsatib beradi. Bu ilm yordamida biz agarda istasak zararli natijalarning oldini olamiz yoki zararli natijalarni kuchaytira olamiz. Bu ilm tabiat to‘g‘risidagi, ya‘ni harakat va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ilmdir.
Uning kelib chiqishini qidiradigan bo‘lsak, biz to‘rt unsur, xususan - olov, havo, suv va tuproq mavjudligini aniqlaymiz. (Bu to‘rt unsur) oy doirasi ostidagi substansiyaning massasini tashkil qiladi; ularning sifatlari to‘rtta, xususan issiq, sovuq, namlik va quruqlik - bular subtansiyaning aksidensiyasini vujudga keltirib, harakat va o‘zgarishni keltirib chiqaradi (ya‘ni, harakat va o‘zgarishda bo‘ladi). Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir”2.
Bugungi kunda substansiya masalasi o‘zining xususiyatlarini:” o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi); universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi);yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi)”3 shakllarida namoyon qilayotganligi bilan bahs mavzuyi doirasida qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, substansiya kategoriyasi hozir ham birinchidan, barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal qilishi; ikkinchidan, barcha o‘zgarishlarni belgilovchi o‘zaro ta‘sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga yo‘naltirilganligi; uchinchidan, evolyutsion imkoniyatlarini ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi; to‘rtinchidan, materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi masalaning ijobiy yechimini topish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha “substrat” kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lotincha substratum— asos, to‘shama, taglik) - bu turli-tuman hodisa va jarayonlarning umumiy moddiy asosi, hodisalar o‘rtasidagi umumiylik va o‘xshashlikning negizi, nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Har qanday obyektning nimalardan tashkil topganligi, sistemaning asosida shu sistemani tashkil etuvchi asosni axtarish – substratni axtarishdir. Masalan, RNK, DNK va oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo‘lsa, EHMlarning asosida axborotlar almashuvi jarayoni substrat bo‘lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish – substansial yondashuv bo‘lsa, har qanday sistemaning, umuman borliqning nimalardan bunyod qilinganligini, tarkib topganligini, tashkil topganligini, “qurilganligini” axtarish substrat yondashuvdir.
Shunday qilib, yaxlit holda butun olamning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar kiradi.
Monizm Monizm konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substansiya) yotadi, deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘ovaviy negiz, g‘oyaviy, ma‘naviy, ilohiy substansiya yotadi deyishadi.

Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling