5-mavzu. Borliq vauning asosiy shakllari Reja: Borliq tushunchasi, borliq va yo‘qlik. Borliq, mavjudlik va reallik


Download 55.58 Kb.
bet4/13
Sana20.09.2023
Hajmi55.58 Kb.
#1682809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dualizm. Dualizm vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma‘naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi.
Plyuralizm. Plyuralizm – vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma‘naviy, g‘oyaviy substansiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi).
2. Borliq, mavjudlik va reallik. Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, mavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi. Borliq voqelikning chuqur mohiyatini qamrab oladi va aql vositasidagina bilib boriladi. Reallik esa borliqning muayyan obyektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bo‘lib turgan qismi bo‘lib, o‘tgan va mavjud bo‘ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo‘lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi.
3. Borliqning shakllari. Borliqning shakllari deb borliqning nisbatan turg‘un muayyan aloqalari va o‘zaro ta‘sirlari,uning tuzilishi, strukturasi kabilarning tashkil etuvchilariga aytiladi. Bular quyidagilardan iborat.
Moddiy va ma‘naviy borliq. Bu asosan obyektiv va subyektiv shaklda namoyon bo‘ladi. Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil obyektiv va subyektiv reallikdan tashkil topgandir. Ongimizdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik obyektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar Materiya tushunchasi bilan aynan bir ma‘noda ishlatadi.
Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi subyektiv reallik deyiladi. Obyektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, subyektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy shaklining mahsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir deb ta‘kidlaydilar.
Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu obyektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki obyektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.
Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lotincha virtualis – ehtimol) borliq deyiladi.
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. Virtual - narsalar va hodisalarning zamon va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiyadir. Bunda obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta‘sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam - inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta‘sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi his-tuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi. Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa o‘rnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obyektiv tarzda, ya‘ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni zamonda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’i nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta‘sir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga - bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda - fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
Tabiiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi. Birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya‘ni tabiatning tabiiy borlig‘i, u insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi, bunga tabiatdagi narsa va hodisalarning, jism va jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i kiradi. Ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi hosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.
Birlamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishini kiritish mumkin:tabiatdagi narsa va hodisalarning, jarayonlarning asl tabiiy borlig‘i kiradi.
Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kiritish mumkin:inson borlig‘i;ma‘naviy borliq;ijtimoiy borliq, jamiyatning borlig‘i.
Inson borlig‘i. Inson borlig‘i barcha tirik mavjudotlardan o‘zining ongi, irodasi, aqli va boshqa insonga xos belgi va xususiyatlari bilan farqlanadigan tirik mavjudotdir. Inson borlig‘ini tahlil qilishda insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson hamda butun insoniyat borlig‘i ko‘rinishlarida mavjud bo‘lishi jihatidan borlig‘ini farqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, inson borlig‘ida tabiat va jamiyatdagi hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan tomonlar, xususiyatlar ham mavjuddir. Bu jihatdan inson borlig‘i o‘z tabiati va mohiyatiga ko‘ra eng murakkab borliq shaklidir, u hamma borliq shakllarining ma‘lum tomonlarining dialektik birligini namoyon etadi.
Inson borlig‘ida, avvalo, insonning tabiat taraqqiyotining mahsuli sifatida tabiiy borliqning har ikki shakliga oid tomonlar bilan birga, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida unda ijtimoiy va ma‘naviy borliqning ham barcha shakllariga xos tomonlarning yig‘indisi mujassamlangandir. Shuning uchun ham hozirgi kunda insonni – bioijtimoiy mavjudod sifatida ta‘riflash va tavsiflash mumkin.

Download 55.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling