3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi
Download 104.07 Kb.
|
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar
- 1-savol bayoni
3 - Mavzu: Ontologiya - Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi: Falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo‘qlik dialektikasi. Borliq shakllarining tasnifi. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. In’ikos va uning shakllari. Borliq mavjudligining usuli va shakllari. Harakat – borliq mavjudligining usuli, uning tiplari va shakllari. Makon va zamon – borliq mavjudligining shakllari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: Olam va odam, borliq, yo‘qlik, ontologiya, ob’ektiv reallik, sub’ektiv reallik, moddiy borliq, ma’naviy borliq, individuallashgan ma’naviy borliq, ob’ektivlashgan ma’naviy borliq, tabiat borlig‘i, inson borlig‘i, ijtimoiy borliq, substansiya, substrat, materiya, in’ikos, atribut, harakat, o‘zgarish, rivojlanish, progress, regress, makon, zamon, ijtimoiy makon, ijtimoiy zamon. 1-savol bayoni: Olamni falsafiy anglash falsafaning doimiy dolzarb muammosi bo‘lib kelgan. Falsafa o‘rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan aloqadordir. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Olamni falsafiy tushunishning asosida “borliq”, “materiya”, “ong” singari boshlang‘ich falsafiy kategoriyalar tahlili turadi. Siz bilan biz yashayotgan shu dunyo o‘zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi va butun go‘zalligi bilan yagona olamni tashkil etadi. Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Agar odam bo‘lmaganida edi, bu olam xaqidagi tasavvurlar ham bo‘lmas edi. Demak, olam odam bilan mazmundordir. Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Hech narsasi yo‘q olam yo‘qlikdir. U mavxum tushuncha, ya’ni abstraksiyadir. Qadimgi davrlardan buyon odam o‘zini anglagach, olamning tarkibiy qismi ekanligini tushuna boshladi. Dastlab, uning hayotini ta’minlovchi tirikchilik vositalarining ahamiyatini tushunib yetdi va ularni e’zozlash, avaylab-asrash tuyg‘usi shakllana boshladi. Shu tufayli, olam asosida yotuvchi to‘rt elementni: xavoni, suvni, tuproqni va olovni muqaddaslashtirish singari g‘oyalar vujudga keldi hamda olam to‘g‘risidagi sodda kosmologik qarashlar paydo bo‘lgan. Olam, eng avvalo, tor ma’noda bu odam yashaydigan joy. Aslida odamzod va hayvonot olami, o‘simlik va xasharotlar dunyosi, jismoniy, ruhiy, ma’naviy olam va boshqa shu singari ko‘plab tushunchalar bor. Ular dunyoda mavjud bo‘lgan narsa va xodisalar nomi bilan ataladi. Masalan, odamning ruhiy olami uning bilim, tajriba va xayolotini o‘z ichiga oluvchi o‘ta keng qamrovli tushunchadir. Bunda biz olam odam yashaydigan joy, degan ma’noga qaraganda yanada kengroq mazmunga ega bo‘lamiz. Olamning namoyon bo‘lish shakllari xilma xildir. Faqat moddiy jismlarnigina o‘ziga qamrab oluvchi olamni moddiy olam deyishadi. Ayrim kishilar uni jismoniy, ya’ni fizik olam deb atashadi. Odamning ma’naviy, ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olamni ma’naviy olam deyishadi. Aynan shu paytda biz bilan birgalikda mavjud bo‘lgan olam aktual olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lish imkoniyati bor va bo‘lishi mumkin bo‘lgan olam potensial olam deyiladi. Masalan, sizning bugungi kundagi talabaligingiz aktual olamga mansub bo‘lsa, kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishishingiz esa potensial olamga mansubdir. Olamning mavjudligi shubxasiz bo‘lgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud bo‘lishi extimoli bo‘lgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so‘zi lotincha virtualis — extimoldagi degan ma’noni beradi). Aniq ma’lum bo‘lgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam deyiladi. Falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o‘zi ham tabiatshunoslikda olingan ishonchli natijalarga muhtoj bo‘ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o‘rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg‘otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy ma’lumotlarga tayanamiz. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling