3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi
Download 104.07 Kb.
|
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliq tushunchasi”, uning mavjudlik shakllari.
«Ontologiya» atamasi. Falsafaning ko‘plab sohalari va turli yo‘nalishlari bor. Ular orasida borliq to‘g‘risidagi fan “Ontologiya” muhim o‘rin egallaydi. Falsafaning borliq xaqidagi ta’limotni izoxlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. Ontologiyaning predmetini borliq tashkil etadi. Uning mazmuni borliq va yo‘qlik, me’yor va sifat, miqdor va o‘lchov, makon va zamon, harakat va o‘zgarish kabi tushunchalar orqali yoritiladi.
«Ontologiya» atamasi borliq haqidagi ta’limot ma’nosida ilk bor R.Goklenius (1636 yil) va I.Klauberg (1646 yil) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Lug‘aviy ma’noda u (yunoncha “ontos” – borliq, mavjudlik va “logos” – ta’limot) degan mazmunni anglatadi. G‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishiga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi muhim bo‘limini ifodalay boshladi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, etika, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. Shu o‘rinda tabiiy bir savol tug‘ilishi mumkin: dunyoning umumiy manzarasini yaratishni fizika o‘z zimmasiga olgani tufayli ontologiya o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘qmi? Axir fizika materiya va harakatning eng umumiy shakllarini o‘rganadi va uning fundamental nazariyalari «butun mavjudlik»ka tatbiq etiladi. Dunyoning zamonaviy fizik nazariyalari mavjud bo‘lgan sharoitda ontologiya anaxronizm, eskirgan falsafiy an’ana «sarqiti» hisoblanmaydimi? Ammo ontologiya bilan fizika o‘rtasida jiddiy farq mavjud bo‘lib, u biron-bir fizik nazariyaga ontologiyaning o‘rnini bosish imkonini bermaydi. Fizikaning umumiyligi shu bilan belgilanadiki, u o‘rganuvchi materiya va harakat shakllari qolgan barcha, yanada murakkabroq - kimyoviy, biologik, ijtimoiy shakllar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Fizika «butun mavjudlik»ni (borliqning bizga ma’lum bo‘lgan shakllari doirasida) qamrab oladi va o‘zi aniqlagan qonunlarni butun dunyoga tatbiq etadi. Ammo u borliq nofizik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganmaydi. Ontologiya esa borliqning har qanday sohasi ob’ektlari, shu jumladan biologik va ijtimoiy ob’ektlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rtasida umumiy jihatlarni aniqlashga harakat qiladi. Fizika doirasida aniqlanuvchi umumiy xossalar – bu fizik xossalardir. Ontologiya esa umumiy jihatlarni ob’ektlarning fizik xossalarida ham, nofizik (kimyoviy, biologik, ijtimoiy) xossalarida ham izlaydi. Shu bois ontologiyaning yangidan-yangi yo‘nalishlari va ko‘rinishlari shakllanadi (formal ontologiya, gen ontologiyasi va tibbiyot ontologiyasi, yangi amaliy ontologiya, noklassik ontologiya, din ontologiyasi va b.). “Borliq tushunchasi”, uning mavjudlik shakllari. Borliq masalasi inson dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqidagi masalani falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar: falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima? bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin? unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo‘qlik» xaqida baxs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, moxiyati, xususiyatlari va shakllari xaqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu xolat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izoxlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog‘lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U xolda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning xosilasidir, deb javob berishadi. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling