3 Mavzu: Ontologiya Borliq falsafasi. Ma’ruza rejasi
Download 104.07 Kb.
|
3 мавзу Онтология Борлиқ фалсафаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Substrat
Plyuralizm. Dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limot plyuralizmdir. «Plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirgan. Chunki ayni shu ta’limotda borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslarini ilgari surish lozim edi.
Leybnisning «monadologiyasi», ya’ni monadalar haqidagi ta’limoti plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha «substrat» kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Substrat (lot. substratun - asos, to‘shama, negiz) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi mutlaq elementar va bo‘linmas asoslar tushunilgan. Masalan, qadimgi Hind falsafasida olamning asosida to‘rtta bo‘linmas unsur - suv, havo, tuproq va olov yotadi deb ta’lim beriladi. Bunday qarash Markaziy Osiyoda yaratilgan «Avesto» da ham uchraydi. Qadimgi yunon falsafasida Levkipp, Demokrit, Epikur, Lukresiy fikricha, dunyo atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr - apeyrondan, Aflotun - g‘oya, ruhdan, Fales - suvdan, Geraklit - olovdan iborat deb ta’lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganligini uqtirish bilan bir qatorda, uning absolyut va o‘zgarmasligini ta’kidlashgan. Hozirgi talqinda, muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion) o‘zaro ta’sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo‘lish va o‘zgarish jarayonlarida o‘zining barqaror holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo‘ladi. Elementar «hayot birliklari» sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati bo‘lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o‘zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi. Xullas, har qanday ob’ektning nimalardan tashkil topganligi, sistemaning asosida shu sistemani tashkil etuvchi asosni axtarish - substratni axtarishdir. Masalan, RNK, DNK va oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo‘lsa, EHMlarning asosida axborotlar almashuvi jarayoni substrat bo‘lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish - substansial yondashuv bo‘lsa, har qanday sistemaning, umuman borliqning nimalardan bunyod qilinganligini, tarkib topganligini, tashkil topganligini, «qurilganligini» axtarish substrat yondashuvdir. Falsafa tarixida ob’ektiv dunyoning butun rang-barangligi qanday katta asosga bog‘langaniga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tabiatan har xil bo‘lgan va bir-biriga mutlaqo bog‘lanmaydigan ikki shunday asos: materiya va ongga duch kelamiz. Ko‘rsatilgan asoslar ham, ularning o‘zaro aloqasi masalasi ham doimo qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan, moddiy (tabiiy) va ideal (ma’naviy) narsalar va hodisalarning o‘zaro nisbati muammosi esa deyarli har bir ta’limotda bevosita yoki bilvosita ilgari suriladi. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling