6-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
Berilgan so‘zlarni bo‘g‘inga ajrating.
|
Ko‘ngil, ini, yanga, 4-guruh, 5-“A” sinf, BMT, dengiz, meshchan, mutolaa, mehnatsevar, yashil, yozoladi, tanga, mudofaa, I.Bo‘ronov.
|
7-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Quyidagi matnni bosh harflar imlosiga ko‘ra tuzatib daftaringizga
ko‘chirib yozing.
|
Abdulla Avloniy 1874-yilda “mergancha” mahallasida to‘quvchi miravlon aka oilasida tavallud topgan. u – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, o‘zbek teatrining asoschilaridan biri, “turon“ teatr truppasi tuzuvchisi, turkistonning afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi va mamlakat rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan siyosat arbobi hisoblanadi.
Rabindranat Tagor she’ri bir emas, ikki mamlakat tomonidan Davlat madhiyasi etib qabul qilingan. Uning «Xalq Qalbi» nomli qo‘shig‘i Hindiston respublikasining, «oltin bengaliyam» qo‘shig‘i (1913) esa Bangladesh xalq
respublikasining milliy gimniga aylangan.
|
8 –GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilinmay yozilgan so‘zlarni ajrating.
|
kon-gress, te-ngi, so‘ng-gi, den-giz, onan-giz, te-nglama, ke-ngru, man-gu,
yan-gi, mudofa-amiz, badi-iylik, oldi-yu, o-shiq, yu-mor, boks-yor, sen-a.
|
9-GRAMMATIK TOPSHIRIQ
|
Berilgan matnni bo‘g‘inlarga ko‘chirib yozing.
|
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 13-noyabr kuni Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining vazirlar darajasidagi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |