5-mavzu. Boshqaruv muloqotining ilmiy-amaliy jihatlari va boshqaruv faoliyatida notiqlik mahorati va nutq uslublari Reja


Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari


Download 84.3 Kb.
bet2/2
Sana16.12.2020
Hajmi84.3 Kb.
#168655
1   2
Bog'liq
5-mavzu. Boshqaruv muloqotining ilmiy-amaliy jihatlari (1)

Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish bosqichlari




Bosqichlar nomi

Zarur ma’lumotlar

Zarur harakatlar

1-bosqich

Kontakt o‘rnatish Qarshimdagi odam kim?

yoshi, jinsi, ma’lumoti, ijtimoiy mavqei, oilaviy sharoiti, sog‘ligiga shikoyatlari, uddalay oladigan va uddalay olmaydigan vazifalar turkumi va h.k

Suhbatdosh haqida ma’lumot to‘plash

U qanday holatda


Tananing ochiq yoki yopiq holatdaligi, qo‘l va kaftlar holati, yuz mimikasi ifodasi, bizga nisbatan tutgan masofasi va shu masofani o‘zgartirishimizga bo‘lgan javobi

Kuzatuvchanlik va xodimga moslasha oluvchanlik.

Empatiya orqali xodimga yaqinlashish va uning holatini his etish



2 bosqich

Masalani muhokama qilish

Masala bo‘yicha mavjud ma’lumotlarga ega bo‘lish

Faol tinglash, aniqlashtiruvchi savollar berish va suhbatdoshi fikrining asosiy mazmunini takrorlab o‘tish

3 bosqich

Yechim variantlarini izlash

Suhbatdoshi manfaatini doimo yodda tutish va imkoniyatlarni sanab o‘tish

Ikkala tomonni qoniqtiruvchi yechim variantini izlash

4 bosqich

Qaror qabul qilish


Hamma mavjud yechimlarni sanab o‘tish va xodim uchun maqbulini asoslash

Xodim manfaatiga yo‘nalganlik



3. Muloqotda idrok jarayoni.

Muloqot jarayonida boshqalarga ta’sir etish imkoniyati o‘z haqimizda ijobiy taassurot uyg‘ota olishimizga bog‘liq. Ijobiy munosabatlar shakllangan sharoitda o‘zgaga ta’sir etish imkoniyati katta bo‘lib, o‘zimiz haqimizda ijobiy taassurot uyg‘otish mexanizmlariga taalluqli fikrlarni bayon etib o‘tish lozim. Psixologiya fanida o‘zgada ijobiy yoki yoqimli taassurot uyg‘otish simpatiya deb ataladi, salbiy yoki noxush taassurot qoldirish esa antipatiya deyiladi. Xo‘sh, suhbatdoshda biz haqimizda simpatiya uyg‘onishi uchun nima qilish kerak? Buning uchun ikki shaxs muloqotga kirishganda ularning o‘zaro munosabatlaridagi ko‘zga ko‘rinmas ba’zi bir xususiyatlarni tahlil qilib o‘tish o‘rinlidir. Aynan shu «mayda» xususiyatlar ko‘p jihatdan o‘zgada simpatiya uyg‘otish manbaalari bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mashhur psixolog A.A. Bodalev tanishuv jarayonida o‘zgalar haqida qay tarzda ma’lumot olinishini aniqlash borasida maxsus tajribalar o‘tkazgan.6 Aniqlanishicha, boshqa odam idrok qilingan paytda birinchi bo‘lib uning soch turmaklashiga e’tibor qaratilar ekan. Sochdan keyin e’tibor insoning ko‘ziga qaratiladi. Ma’lumki ko‘z, o‘z navbatida, inson haqida juda ko‘p ma’lumot beradi. Boshqa tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, inson ko‘z qorachig‘ining me’yordan ko‘ra salgina kengayishi o‘zga kimsalarda unga nisbatan jozibadorlik ruhini uyg‘otadi. Aksincha, ko‘z qorachig’ining torayishi esa atrofdagilarni o‘zidan jerkish kuchiga egaligi aniqlangan. Quvnoq va hayotga zavq bilan qaraydigan kimsalar nafaqat tabassum qiladilar, balki ularning ko‘z qorachig‘i ham noxush his uyg‘otuvchi kimsalarga nisbatan kengroq bo‘lar ekan. Demak, insonning aynan yuz ifodasi simpatiya uyg‘otuvchi birlamchi manba hisoblanadi.

Shundan so‘ng insonning tana harakatlari, gavdasini tutishi, yurish turishi idrok etiladi. O‘ziga va imkoniyatlariga ishongan kimsa doim qaddi-qomati tek turadi va hatto o‘zidan faxrlanish hissini yog‘dirib turadi.

Navbatdagi e’tibor qaratiladigan jihat muloqot jarayonidagi kimsaning shaxsiy xislatlaridir. Bir-birining tashqi qiyofasiga e’tibor qaratgan suhbatdoshlar ma’lum vaqtdan so‘ng «Bu qanday kimsa?», «U qanday xislatlarga ega?» degan savollarga javob izlay boshlashadi.

Aytib o‘tilgan idrok bosqichlari muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan simpatiya uyg‘otish asoslarini shakllantirish imkonini beradi. Va kezi kelganda o‘zgalarga nisbatan noo‘rin uyg‘onayotgan birlamchi taassurotlarni yengib o‘tish, ularning ta’sirida chalg‘ib qolmaslik uchun ham imkoniyat yaratadi.


Muloqotning noverbal vositalari.

Agar muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy maqsad - muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy muammolarini yechish bo’ladigan bo’lsa, muloqotning tashabbuskori bo’lgan shaxsning ta’siri qanchalik adresatga - ta’sir yo’naltirilgan kimsaga yetib borishi katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi ko’proq qaysi vositalarga bog’liqligiga qiziqadilar. Amerikalik olim Megrabyanning ma’lumotlariga ko’ra, birinchi uchrashuvda biz boshqalardan kelayotgan noverbal signallarga 55%ga ishonamiz, ulardan ta’sirlanamiz, 38% - paralingvistik va 7%gina nutqning bevosita mazmuniga ishonamiz.

Shuning uchun ham obrazli tarzda “Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga qarab kuzatiladi” deyiladi. Keyingi uchrashuvlarda bu mutonosiblik, tabiiy, o’zgaradi.

Yuqorida ta’kidlangan holatlar psixologiyadagi maxsus bo’lim - proksemika tomonidan o’rganiladi. Bu yo’nalishning asoschisi amerikalik E. Xoll bo’lib, uning o’zi proksemikani “fazoviy psixologiya” deb atagan. Masalan, u amerikaliklarga xos bo’lgan suhbatdoshning sherigiga nisbatan fazoviy joylashuvi xususiyatlarini aniqlab, muloqotning turli sharoiti va shakliga qarab, fazoviy yaqinlashuvning o’rtacha qiymatini aniqlagan:



  • intim (yaqin) masofa - 0 - 45 sm;

  • personal (shaxsiy) masofa - 45-120 sm;

  • ijtimoiy masofa - 120-400 sm;

  • ommaviy masofa - 400-750 sm.

Muloqotda suhbatdoshlarning ko’z qarashlari - vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt - bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statik va dinamik almashinuvlar, ko’z olib qochishlar va boshqalardir. Argayl shulardan kelib chiqib, “yaqinlik (intimlik) formulasi”ni ishlab chiqqan va bunda intimlilik darajasi suhbatdoshlarning o’rtasidagi masofaga va ko’z qarashlarga bog’liqligini isbotlagan. Chunki ko’z qarashlar suhbatdoshning muloqotga tayyorligi, uni davom ettirish kerak yoki kerak emasligi haqida ma’lumot berib, suhbatning yo’nalishini belgilaydi.

Yana bir muhim ta’sirchan belgilar majmuini o’ziga mujassam etgan soha - bu yuzimizdir. Ilmiy adabiyotda yuz qiyofasining 2000 dan ziyod qirralari aniqlangan. Ularni ma’lum tartibda tizimga solish uchun P. Ekman “FAST” - Facial Affect Sco’ring Technique deb nomlangan metodikani ham taklif etgan. Unga ko’ra yuz uch zonaga bo’linadi:



  1. - ko’z va peshona,

  2. - burun va burun oldi,

  3. - og’iz va iyak zonasi. Ularning har birida turlicha bo’ladigan 6 xil emotsional holatlar ajratiladi - quvonch, jahl, hayrat, qo’rquv, g’am va nafrat.

Jon Chestara o’zining “Delovoy etiket” nomli kitobida (M.,1997) muloqot jarayonida namoyon bo’ladigan va aniq ma’no va mohiyat kasb etadigan noverbal qiliqlarga tasnif bergan.

  1. Agar suhbatdoshingiz barmoqlari bilan stolni tinmay chertayotgan bo’lsa, demak, u betoqat, yoki unga siz bilan suhbatlashish zerikarli, shuning uchun u asabiylashmoqda.

  2. Agar suhbatdosh yelkalarini qisayo’tgan bo’lsa, demak, uni siz bilan bo’lgan suhbat befarq qoldirdi, unga baribir.

  3. Agar u qo’l barmoqlarini qisayotgan bo’lsa, demak, u nimadandir juda xavotir, o’zini himoyasiz his qilmoqda.

  4. Suhbatdoshning qo’llarini musht qilib turishi undagi vajohat belgisi, lekin u bu holatni, badjahllikni nazorat qilmoqchi.

  5. Agar suhbatdoshning qo’llari behol bo’lib, kaftlari yuqoriga qaratilgan tarzda oldinga intilgan bo’lsa, demak, u nimadandir taajjubda, tashvishda, qiyinchilikda.

  6. Agar sherigingiz kostyumining tugmalarini yechsa, demak, u faollikga hozirlangan bo’ladi.

  7. Qo’llar ko’krakda bog’langan bo’lsa, bu uning chaqirig'i, nimanidir muhokama qilishga tayyorligi ramzi.

  8. Agar odam tez yurib borayotib, iyaklarini ko’targan holda qo’llarini erkin tashlab qo’ygan bo’lsa, demak, u o’ziga ishonadi, u - qat’iyatli.

  9. Odam ketayo’tganda, ikki qo’li cho’ntakda, boshi egik bo’lsa, demak uning ruhi tushgan, xafa, depressiya holatida bo’ladi.

  10. Qo’l kaftlarining chakkaga qo’yilganligi uning nimagadir juda hayratlanib, qiziqayotganligining belgisidir.

  11. Agar suhbatdosh qo’l mushti bilan o’zining iyagiga urayo’tgan bo’lsa, u nimanidir aniqlamoqchi, tashvishda bo’ladi.

  12. Agar odam burniga tegib, yoki uni ishqalayotgan bo’lsa, demak, u nimanidir ustida o’ylamoqda.

  13. Agar suhbatdosh qo’lini beliga tirab olgan bo’lsa, demak, u o’zining ustunligini bildirib, ochiq gaplashib olishga chaqirayotgan bo’ladi.

  14. Agar qo’llarining uchlarini birlashtirib “uycha” shaklini eslatayo’tgan bo’lsa, bu - uning nimanidir o’ylayo’tganligi yoki nimagadir qiziqayotganligi ramzidir.

  15. Agar siz gapirayotganingizda suhbatdosh boshini yonbosh qilib tinglasa, demak, u jiddiy emas, hazilga moyil.

  16. Agar suhbatdosh ko’z oynagini burun ustiga tushirib, tepasidan qarasa, bu uning sizdan ko’proq ma’lumotlarni kutayotganligi belgisidir.

  17. Odam u yoqdan bu yoqqa borib kelayo’tgan bo’lsa, demak, u nimadandir tashvishda, asabiylashmoqda.

  18. Agar odam qansharini bosayo’tgan bo’lsa, demak, u charchagan (agar ko’zoynagi qismayo’tgan bo’lsa).

  19. Agar odam stulning qirg’og’iga o’tirib olgan bo’lsa, bu yo sabrsizlik bilan kutayotganligi, yoki nimagadir qiziqish bildirayotganligi ramzidir.

  20. Odam oyoqlarini bir-birining ustiga qo’yib olib, oyog’ini yengil tebratayotgan bo’lsa, demak, u zerikmoqda.

  21. Agar odam ko’rsatgich barmog’i bilan o’qtalib, o’ziga xos tarzda harakat qilayotgan bo’lsa, u o’z qarashini ta’kidlamoqchi.

  22. Agar odam oyoqlarini xontaxta yo’ki stol ustida ustma-ust qo’yib o’tirgan bo’lsa, u boshqalarda o’ziga xos taassurot qoldirmoqchi, o’zining tobe emasligini ko’rsatmoqchi.

  23. Agar odam o’zini orqaga tashlab, qo’llarini bir-biriga bog’lab, bo’ynida ushlagan bo’lsa, demak, u dam olmoqchi, va boshqalarda taassurot qoldirmoqchi.

  24. Gapirayotgan paytida og’zini berkitishi, uning “tushunishingiz shart emas” degani.

Odamning bir qo’lini orqaga qilib, boshqa qo’li bilan tirsagini ushlab turishi, uning tajangligi va birov bilan gaplashish xohishi yo’qligini bildiradi”.

Shunday qilib, biz odatiy, tabiiy deb idrok qiladigan faoliyatimiz bo’lgan - muloqotda ham ko’plab sirlar va o’ziga xos nozik tomonlar borki, ularning barchasi bizdan muloqotdagi bilimdonlikni va o’zgalarga va o’zimizga e’tiborliroq bo’lishimizni talab qiladi. Nigohni boshqarish eng muhim texnikalaridan ifodali qo’llab-quvvatlovchi va halok qiluvchi turlariga bo’linadi.

Nigohni bo’shqarish ikkita qoidaga asoslanadi.


  1. Odamga tikilib qarash yaxshi emas.

  2. Shaxs sifatida qabul qilmagan odamgagina tikilib qarash mumkin.

Biz san’at asarlariga, manzaralariga uzoq tikilib qaraymiz. Hayvonot bog’ida hayvonlariga hohlaganimizcha tikilib tomosha qilamiz. Odamlarga shaxs sifatida bunday qaray olmaymiz .O’zbeklarda o’zidan katta odamlarga, ota-onaga tik qarash yaxshilik alomati emas deb hisoblanadi. Shuning uchun ham yoshlarni kichikligidan shunday tarbiya beramiz.

Sodda qilib aytganda barcha odamlarning miyasi shunday dasturlanganki, odam quvonganda og’iz burchaklari yuqoriga ko’tariladi, xafa bo’lganda pastga tushib ketadi, peshonasi tirishadi, qoshlari ko’tariladi, labini burishtiradi miyadan qanday signallar kelishiga qarab yuz ifodalari ham o’zgaradi. Har bir inson atrofdagi kishilarni bilib olish hamda voqea-hodisalarni to’g’ri tushunish uchun tug’ma qobiliyatga ega bo’ladi. Aksariyat kishilar o’zlaridagi bunday qobiliyatdan foydalanadilar. Ayrimlar esa insonlarni tushunish, bilib olishga unchalik e’tibor qilmaydilar.

Mimika, yuz ifodalari sirlariga kelsak, har bir insonning yuzi uni xarakterini ifodalaydi, aynan yuziga qarab inson qalbida nimalar kechayotganini tushunamiz. Odamlarning yuz ifodalari tahlilida quyidagi ko’rsatkichlarga: suhbat paytida yuzdagi ifodaning o’zgarishlari, yuz rangining o’zgarishi, ko’z, nigohdagi o’zgarishlar, og’iz mimikasi va suhbatdoshni tinglash ko’nikmalariga e’tibor bermoq lozim. Xulosa qilib aytganda, insonni bilish va baholash u bizda qoldirgan taassurotlar hamda muloqotning to’rt siri orqali amalga oshadi. Hayotda kishining muvaffaqiyati, xotirjamligi va sog’lig’iga ziyon keltirishga intiluvchi odamlar ham uchrab turadi. yuz mimikasi va tana harakatlari tili sirlaridan foydalanib inson har qanday vaziyatda salbiy emotsional ta’sirni, munosabatni bilib olishi, ularga muvofiq javob qaytarishi mumkin. Yuqoridagilarni e’tiborda tutish inson hayoti, ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli bo’lgan har xil noqulayliklarning oldini olish, ulardan holi bo’lishga ko’maklashadi.
Muloqotning nutqsiz vositalari quyidagilarga bo’linadi: vizual, akustik, taktil,

kinestetik va olfaktor muloqot vositalari.



  1. Vizual muloqot vositalari bu:

  • kinesika – qo’l, oyoq va gavda harakatlari.

  • nigohni yo’nalishi va .vizual kontakt

  • ko’z ifodalari

  • yuz ifodalari

  • qad-qomatni tutish

  • teri reaktsiyalari (qizarish, oqarish, terga botish)

  • masofa (suhbatdoshga qadar bo’lgan masofa, o’nga burilish burchagi, shaxsiy maydon)

  • yordamchi muloqot vositalari, jumladan, tana holati (jinsi va yoshiga qarab) ularni o’zgartirish vositalari (kiyim, pardoz, ko’zoynak, taqinchoqlar, soqol- mo’ylov va. h.k.)

  1. Akustik (tovushli) muloqot vositalari.

  • Paralingvistik, ya’ni nutq bilan bog’liq (intonatsiya, nutq balandligi, tembr, temp, ritm, pauza va boshqalar)

  • ekstrolingvistik, ya’ni nutq bilan bog’liq bo’lmagan (kulgi, yig’i, yo’tal, xo’rsinish, tishni g’ijirlatish, burun «tortish»)

  1. Taktil -kinestetik muloqot vositalari bularga:

  • jismoniy ta’sir (ko’r odamni qo’lini ushlab yurish. kontaktli o’yin, raqs va h.k.)

  • takesika (qo’l siqib salomlashish, yelkaga urib qo’yish)

2. Olfaktorli muloqot vositalari o’z ichiga quyidagilarni oladi.

  • atrof muhitni xush yoki noxush hidlari.

  • Odamning tabiiy va sun’iy hidlari.

Nigoh yoki ko’z kontakti. Odamning axborot beruvchi barcha tana a’zolaridan ko’z eng muhim hisoblanadi. Shuningdek, nigoh kuchli emotsiya indikatori ham hisoblanadi. Sevishganlarni bir biriga chuqur mehr bilan qarashlarini deyarli hamma tushunadi. Bir - birimiz bilan ko’z kontakti (nigohni) qanchalik ko’p bo’lsa, biz shunchalik yaxshilikni his etamiz. Yoqtirmagan odamimizga iloji boricha kamroq qarashga harakat qilamiz. Agar qarash lozim bo’lsa bizning ko’z ifodamiz do’stona bo’ladi.

Klotning (1973) ishlarida odamlarni ko’z kontaktiga munosabati o’rganilgan. Eksperiment qatnashchilarini juft-juft qilib (erkak va ayollar) bir- biri bilan 10 minut davomida- suhbatlashish so’ralgan. Keyin eksperiment qatnashchilariga suhbat davomida sherigi yoki u ko’p qaraganini aytishdi. Shundan so’ng eksperiment qatnashchilariga sherigini turli ko’rsatkichlar bo’yicha baholashlarini taklif qilishdi. Sherigingiz sizga ortiq qaradi deb aytilgan. Eksperiment qatnashchilari sherigi so’zlariga uncha e’tibor bermaganligi tufayli bo’lganligini aytishgan. Sherigingiz sizga ko’proq qaradi deb aytilgan. Sinovchilarda qiziq farq namoyon bo’di. Ayollar sherigi to’g’risidagi fikrlashini o’zgartirishmadi. Erkaklar esa sherigi unga yoqimli ekanligini aytishdi7

Agar ko’z kontakti qaytma aloqa vositasi sifatida foydalanilsa, uni uzilib qolishi bizda jiddiy xavotirlik tug’diradi. Erdjayl, Loladji va Kun (1968) suhbatdoshlarni birida qora ko’zoynak bo’lib, ko’z kontakti ta’minlay olmasa, suhbat unchalik qovushmay ko’p pauza va uzulishlar bo’lishini ko’rsatishdi.

Suhbat jarayonida gapiruvchi qanday signallar yordamida o’z his -tuyg’ularini namoyon qilishi mumkinligini orqali tadqiq qilib shu narsani guvohi bo’ldiki, emotsiya, muhabbat, mamnunlik, hayratlanish, nafrat va qo’rquv ko’rinishlarini odamlar 70% aniqlikda farqlay olar ekan.

Xulosa qilishdan oldin shu narsani aytib o’tish joizki, ko’z harakatlarini ifodalashda milliy an’analarini hisobga olish ham zarur. Masalan, Yaponlar suhbat davomida suhbatdoshni yuziga balki bo’yniga qaraydi. Shu o’rinda o’zbeklarni «Do’st boshga, dushman oyoqqa qaraydi» degan iborasi ham o’rinlidir. Shuningdek, odamning NIGOXI tanani qaysi qismiga yoki yuziga qaratilishi suhbat yoki munozarani natijasini belgilaydi.

Odamning yuzi ifodali idrok uchun eng qulay tana qismi bo’lib, oltita universal ko’rinish bilan farqlanadi: xursand, xafa, hayron, qo’rquv, g’azab, shubha, kabi his -tuyg’ularni ifodalaydi.

Ifodasi jihatdan izdan keyin qo’llar turadi. Keyin qad-qomat (poza) va oyoq harakatlari turadi.

Ishchan nigoh- Ish yuzasidan bo’ladigan munozaralardan shunday tasavvur qilingki, go’yo suhbatdoshingizni yuzida uchburchak chizilgan va aynan shu tomonga nigohingizni yo’nalitiring. Shunda ish kayfiyatiga mos bo’lgan jiddiy atmosfera yaratasiz va munozara sizning nazoratingiz ostida o’tkaziladi. Ishchanlik nigohi suhbat davomida qulay muhit yaratish uchun nigohingiz suhbatdoshingizni ko’zidan pastroq qismiga yo’naltirilishi lozim. Norasmiy muloqotda ham diqqatingizni ana shu uchburchakka yo’naltirib ya’ni ko’z va og’iz qismiga yo’naltirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yaqin nigoh (intim) da ko’z jag’ va tananing boshqa qismlariga yo’nalgan bo’ladi. Agar yaqin turgan bo’lsangiz nigoh ko’z va ko’krak o’rtasida to’planadi. Uzoqdan qarasangiz ko’z albatta, ko’z va peshona o’rtasiga to’planadi.

Sirli nigoh. Ko’z qirrasi bilan qarash bo’lib, bunda yo qiziqish yo dushmanlik ma’nosini beradi. Qosh yengil tepaga ko’tarilib, tabassum hamroh bo’lsa, unda suhbatdoshga qiziqishni anglatadi. Agar sirli nigohda peshona tirishib yoki lab burchaklari pastga tushgan bo’lsa unda dushmanlik shubhalanish yoki TIG’IZ munosabat namoyon bo’ladi.

Yumilgan ko’zlar. Bunday tana harakati qovoqni bir necha sekundlar davomida yopiladi va bir zum diqqat maydonini tark etadi:


  • agar odam suhbatdoshidan zeriksa, unga qizig’i qolmasa yoki o’zini ustun his qilsa, unda nigohini qochiradi, bir necha sekund ko’zlarini yumib oladi;

  • agar sizdan ustunligini sezsa, boshini orqaga tashlab ko’zini yumib, xuddi burnini uchiga qaraganday tutadi.

  • muloqotni samarali olib borish uchun ko’zlarini yumib turishi odatini tark etishi kerak. Chunki bunday tana harakati salbiy signallardan darak beradi.

Tana orqali beriladigan signallar ichida eng anig’i, ishonchlisi hisoblanadi. Chunki u odam ixtiyoridan tashqarida bo’lib sizga uzatilayotgan signallar ong ostidan keladi. Odamning ko’zidan fikrini bilib olish mumkin degan gap bejizga aytilmagan.

Odam xayajonlansa ko’z qorachiqlari 4 baravar kattalashadi, xafachilik va shubhalarda kichkina nuqtaga aylanib qoladi, yordamga muhtoj odamni ko’zi keng ochilib o’ziga o’zgalarni diqqatini, nigohini jalb qiladi.

Nopok odam suhbatdoshini ko’ziga tik qarab nigohini uzoq muddat ushlab tura olmaydi. Halol pok odamlar ularga nisbatan 3-4 baravar nigohini suhbatdoshiga tutib turadi. Agar siz u odamga yoqimli, u uchun qiziqarli e’tiborga loyiq bo’lsangiz, odamlar bilan muloqot davomida muloqot vaqtini 2/3 qismi mobaynida sizdan nigohini uzmay qarab tura oladi va uning ko’z qorachig’i kengayib ketadi.

Sizga yomonlikni ravo ko’radigan odamni ko’z qorachig’lari toraygan bo’ladi, lekin nigohini sizda uzoq ushlab turishi ham mumkin. Qora ko’zoynak taqib olgan odam bilan suhbatlashish murakkabroq kechadi. Chunki siz uni ko’zi orqali berilayotgan signallarini idrok qilish imkoniyatidan mahrumsiz.

Odamlarning o’zaro munosabatida odamlar ong osti noverbal muloqot shaklidan foydalanadilar. Bunda signallar deb ataluvchi turli kalitlardan foydalanadilar. Bunday kalitlarni sakkiz toifaga bo’lib o’rganiladi: paratil, kuz kontakti (nigoh), yuz ifodasi, qad-qomatni tutishi (poza), tana kontakti, proksemika va kiyim-bosh. Bularni bir boshdan ko’rib chiqamiz.

Paratil (paralingvistik). Ma’lumki, gapirayotganimizda so’zlarni har doim bir me’yorda bir xil intonatsiyada talaffuz etmaymiz. Kun paytlarda axborot berish uchun biz intonatsiya yoki savoldan foydalanamiz. Nutq bilan birga oladigan qo’shimcha axborot paratil deb atalib, muloqot jarayonida ular so’zga nisbatan ham ahamiyati ba’zan muhimroq bo’ladi.

Intonatsiyadan tashqari nutqni boshqa paralingvistik komponentlari mavjud bo’lib, ulardan faol foydalanamiz.1965-yilda Keyl va Meyl odam hayajonlanganda masalan, jahlimiz chiqqanda yoki bezovta bo’lganimizda nutqimizda ko’proq duduqlanib, gapirilgan gapni qayta-qayta takrorlashimizni ko’rsatadi Tinglovchi bu signallarni ong osti darajasida idrok qiladi, emotsional holatimizni baholaydi. Shuningdek, yuqoridagi tadqiqotchilar ovozimizning tembri turli vaziyat va holatlarda turlicha namoyon bo’lishini aniqlashdi. Masalan, sevishganlarda yumshoq va chuqur ifodalansa, jahl chiqqanda yoki xafa bo’lganda o’tkir va kuchli bo’ladi.

Muloqotning yana bir tomoni borki, unda biz suhbat paytida suhbatdoshni qanchalik yaqin yonimizga yo’latamiz yoki o’zimiz yaqinlashamiz. Har jamiyatda shaxsiy maydon to’g’risida ma’lum tasavvurlar mavjud bo’lib, suhbat uchun qulay, komfort masofa hisoblanib, hamma uni biladi va shunga amal qiladi. Ammo turli madaniyat vakillari uchrashib qolganda muammo paydo bo’lishi mumkin. Masalan, G’arbiy Yevropada suhbat uchun qulay masofa 1,5 metr, ba’zi bir Arab mamlakatlarida va O’zbekistonda bu distantsiya yana ham ozroq. Agar ingliz arab bilan suhbat paytida va ular bir birini an’analarini bilmaganligi uchun o’zini noqulay his qilishi mumkin. Inglizga suhbatdoshi juda yaqin turganida xavotirlansa, arab inglizni men bilan gaplashgisi yo’q shekilli, deb shubhalanadi. Bunday farqlarni bilish va tushunish noqulay vaziyatga tushmasliklarini oldini oladi.

Doktor Eduard E. Xoll shimoliy-g’arbiy universitet (AQSh antropologiya professori) avvaldan odam o’z atrofidagi maydonga munosabatiga alohida qiziqish bilan qaragan. E.Xoll odamlar shu maydonni egasi haqida boshqa odamlarga ma’lum signallar yuborishini va odamni shaxsiy maydonini o’rganib, yangi atama - proksemikani yaratdi. E.Xoll fikricha, signallarni ushbu maydondan bir-biriga qanchalik yaqinligi va munosabatda bo’lishiga qarab foydalanishar ekan. Har bir odam - deb ta’kidlaydi E.Xoll, o’zining o’z hududi, maydoniga ehtiyoji bo’ladi. U proksemikani standartlashtirishga urinib, ushbu ehtiyojlarni 4 ta alohida zonalarga ajratadi:


  1. yaqin, intim masofa

  2. shaxsiy masofa

Intim masofa 18-45 smni tashkil qilib, yaqin do’stlar, bolalar, ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi masofalar hisoblanadi. ‘Bir-biriga yaqin munosabatda bo’lmagan odamlarda bunday masofa noqulaylik tug’diradi. Turli madaniyat vakillarida turlicha bo’ladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida shuningdek, o’zbeklarda erkaklarni qo’l ushlashib yurishi haqiqatga to’g’ri kelmaydi. O’rta yer dengizi mamlakatlarida erkaklar ko’chalarida bemalol qo’l ushlashib yurishadi. Bizda bolalar yoki yosh qizchalarda shunday holatni ko’rish mumkin. E.Xoll tomonidan ajratilgan hududni ikkinchi zonasi shaxsiy maydon zonasi hisoblanadi. U shartli ravishda yaqin va uzoq masofalarda ifodalanadi. Birinchisi - 45-75 smgacha. Shaxsiy maydonining chekka hududi E.Xoll fikri bo’yicha 75-120 smgacha va u jismoniy ustivorlik" hududi ham deb ataladi. Ya’ni, odamlar bir-biri bilan hech qanday to’siqsiz muloqotni amalga oshiradilar. Ikkita odam ko’chada uchrashib qolganda odatda shunday masofada to’xtashadi.

Rasmiy va ijtimoiy maydonlar. Rasmiy maydonlar ham yaqin va uzoq zonalarga bo’linadi. Bu masofada biz ish bo’yicha suhbatlar olib boramiz. Shuningdek, uy bekasi uyida ishlayotgan ta’mirlovchi ustalar bilan, sotuvchilar xaridorlar bilan yoki begona odamlar bilan ana shu masofada turib gaplashiladi. Rasmiy maydon 2 metrdan 3,5 metrgacha bo’lgan masofani o’z ichiga oladi. Ijtimoiy maydon to’g’risida E.Xoll so’z yuritib, muloqotning eng uzoq maydonini hisoblab, uni 3,5 metrdan 7 metrgacha masofani qamrab olishini uqtiradi. Bunday masofa norasmiy muloqot jarayon uchun: o’qituvchi va o’quvchi, majlisdagi rahbar va xodimlar o’rtasidagi masofani belgilaydi. Eng uzun 7,5 metr va undan olisroq masofani tashkil qilib, ko’pincha notanish odamlar o’rtasida namoyon bo’ladi. Yuqoridagi o’zaro masofa millatga, uning individual xususiyatlari, odat va boshqa omillarga muvofiq turli millatlarda turlicha namoyon bo’ladi. P.Ekman, U.Frizen va E.R.Sorenson ishlari emotsiyani yuzdagi ifodasi (mimikasi) jamiyatda shakillanadi, degan nazariyaga ziddir. Shuningdek, ular bir madaniyat vakillari bir - birini emotsional holatlarini xatosiz payqay olishadi, deb hisoblaydilar. Bunday universallikni sababi irsiyatga bilvosita munosabatda bo’lib: «Tugma po’stloq osti dasturi turli yuz ifodalari, har bir ibtidoiy emotsiyalarga (qiziqish, quvonch, hayron qolish, qo’rquv, jahl, nafrat va uyatlarga) javob reaksiyalaridir» degan nazariyaga asoslanadi.

Sodda qilib aytganda, barcha odamlarning miyasi shunday dasturlanganki, odam quvonganda og’iz burchaklari yuqoriga ko’tariladi, xafa bo’lganda pastga tushib ketadi, peshonasi tirishadi, qoshlari ko’tariladi, labini burishtiradi. Miyadan qanday signallar kelishiga qarab yuz ifodalari ham o’zgaradi.

Ma’lumki, tana tili o’z ichiga tana harakatlari va verbal signallarni oladi. Ko’pchilik signallar tug’ma, ottirma, irsiy yo’l bilan va boshqa yo’llar bilan o’zlashtirilgan bo’ladi. Odam o’z qaddi-qomatini o’ziga xos tutib turishi manera tugma ham va irsiy ham bo’ladi. Boshqa tomondan imo - ishoralar milliy xarakterga ham ega bo’ladi. Masalan: yelkani qisish amerikaliklarda juda keng tarqalgan bo’lib, bu narsa ularning madaniyatidan kelib chiqadi. O’zbeklarda ham bunday yelka qisish bor, lekin amerikaliklardagidek keng tarqalgan emas.

BOShQARUVDA MUOMALA MADANIYaTINING ASOSIY
JIHATLARI

Muomala qilishni bilish - avvalambor, suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni o‘rganing. Zero suhbatdoshingizga hamdardlik, layoqatlilik, yaxshi niyatli ekanligingizni ko‘rsatib, uni diqqat va sabr-toqat bilan eshita olishning o‘zi - bu iste’dod. Lekin bu iste’dod tug‘ma emas - har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarida mujassam etib, tarbiya toptirishi mumkin. Suhbatdoshingizni tinglayotib, iloji boricha uning ko‘ziga qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yoxud so‘zlar bilan suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga harakat qiling. Hech qachon suhbatdoshingizni gapini bo‘lib, u bilan bahslashishga va raddiya bildirishga intilmang. Agar suhbatdoshingiz sizni unga bo‘lgan e’tiboringizni suiste’mol qila boshlasa, chiroyli qilib uzr so‘ragan holda vaqtingiz ozligini, bandligingizni aytib suhbatni boshqa kunga ko‘chirishni so‘rang. Faqatgina o‘z dardini gapirish uchungina suhbatlashadigan odamdan yomon suhbatdosh chiqadi. Zero, oxir-oqibat u tinglovchilarsiz qolishi mumkin.

Muomala odobi boshqa, kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi nutq vositasida amalga oshadi. So‘zlash va tinglay bilish suhbatlashish madaniyatining muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo,, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odoblarining yana biri bu - insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sababdandir tilda ifodalanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish yoki qo‘pol muomalada bo‘lish madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshingizni fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdiringizda ham tarbiyali va kamtar inson sifatida munosabatda bo‘lib, “Menimcha adashdingiz? ” “Uzr, men boshqa fikrdaman», «Kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qilinadi. Hech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz ”, “ bu narsani yosh bola ham biladi ” degan iboralarni ishlatish mumkin emas.

Gapirayotgan insonning fikrini bo‘lib, “Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi.

Xushmuomalalik va odoblilik mug‘ombirlik hamda qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday mug‘ombirlik va yolg‘on tortinchoqlikdan holi bo‘lishi kerak.

Barcha davrlarda suhbat, muloqot insoniyatlarning o‘rtasidagi asosini tashkil qilgan. Suhbat - bu fikrlar almashinuvi bo‘lib, u aqllilik va chiroyli so‘zlashning belgisi hisoblanmaydi. Ba’zi insonlar qanday gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda ham o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p keraksiz so‘zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqi faqat jargon va vulgar so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib, poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng mazmunli suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin gapirish esa kishining sabr -kosasini to‘ldiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat.

O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ajnabiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.

OVOZ OHANGI

Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning grammatik qurilishigina hali yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi, ya’ni intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Ya’ni suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga qarab, bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. So‘z ohangining chiroyliligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darajasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki, na siz va na sizning suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni anglangan tarzda ham, anglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson o‘z so‘z ohangini o‘zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat qiling, qachondir siz o‘z so‘z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz. Agar siz o‘z so‘z ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi eshitishdayoq ko‘pchilik o‘zining so‘zlash ohangini hayrat bilan tanib qolishadi.

Yoqimli ohang, bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz, odatda nafis ohangdir, baland ham, past ham, tez ham, sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‘rningizga uning mos kelmaganidan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham to‘g‘rilansa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi yetmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichingdagi ichindadir» nomli asarida “So‘z buyukdir. Zero Alloh bo‘l demasa ham olam bo‘laverar edi. Chunki Allohning xohishini o‘zi yetarlidir. Alloh «Bo‘l!» deb So‘zni buyuk qiloi", degan. Shunday ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi bilan bir-ikki martagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlar me’dasiga tegadi. Zero hozirgi paytda Siz nutq bilan yuzlanayotgan odamlar avvalida sizga ko‘proq ijobiy emas, tanqidiy nuqtai nazardan yondashadilar. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi ham, betoblik ham atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimlik, mayin ovoz bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyatlik bilan berish mumkin.

SUHBAT

Suhbat olib borish mahoratini egallash uchun qadimgi notiqlar kabi zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu do‘stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish degani emas. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbatlashish san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay mashq qilish lozim, odamga moslashish kerak va uzoq tajribaga ega bo‘lgandan so‘nggina o‘z istiqbolini ko‘rish mumkin. Avvalambor biz o‘z «men» lashimizdan qochishimiz lozim, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq - bu har suhbatning asosiy afzalligidir. Jamoaga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning ba’zi a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy odobli inson hamisha o‘z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘rikeng bo‘ladi. Agar jamoat sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron bir narsa deyishingiz mumkin.



So‘z bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqiningizni ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘ring, hasadgo‘y bo‘lmang. Ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatmang, bundan sizga bo‘lgan munosabat ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biron-bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir. Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biron-bir so‘zni qaytarish uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda, o‘zingizni noqulay ahvolga solib qo‘yasiz. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni iltifotli va hushmuomala bo‘ling. Jamoatda turli narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketmaydi, biron- bir narsa har taraflama ko‘rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Hech qachon boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat sizga zerikarli ekanligini ko‘rsatmang, suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron narsani o‘ynab yoki soatga qarayverish mumkin emas. Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki, o‘z tanishlari doirasi yoki kimnidir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish va yaxshi emas - bular suhbatdosh aqlining qanchalik tor ekanligidan guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi mumkin, biroq nima bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish, ob-havo haqidagi so‘zlar bilan charchatmang. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bo‘lishi uchun barcha qobiliyatingiz va hazilkashligingizni ishga soling.

Suhbatda nimadan saqlanish lozim

Tarbiyali kishi o‘zi haqida eng oxirida gapiradi. Agar undan bu haqda so‘rashgan taqdirda ham mavzuni boshqa tarafga burib yuborishi ma’qul. Shaxsiy muammolar oilaviy yoki do‘stlar davrasida muhokama qilinadi. Jamoatga esa hordiq olish uchun chiqiladi. Uy ishlari va kasalliklar to‘g‘risida yaxshiroq mavzu topolmagan odamlar gapirsinlar. Boshqaning g‘ashiga tegadigan shaxsiy mavzulardan qoching. Ishonchli ma’lumotlarni hammaga tarqatish yaramaydi, bu ko‘proq sergaplikdan dalolat beradi. Ko‘pchilik bunday odamlar bilan masofa saqlashga harakat qiladi. Sababi, diqqat markazida bo‘lish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan bunday «suhbatdoshlar» hech kimning qadr-qimmati bilan qiziqmaydilar. Zero birovning qusurlarini ko‘rsatishning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq. Boshqalarning aybini ko‘rsatish evaziga o‘zini «minbarga» olib chiquvchilar nafaqat odobsiz, balki axloqsiz ham sanaladilar. Haqiqiy insonlar jamoatda boshqalar aybini aytishdan o‘zlarini tiya biladilar. Suhbat qiziqarli bo‘lmog‘i lozim. Turli pishiriqlar pishirish yoki futbol o‘yinidagi usullar haqidagi mavzular uzoqqa cho‘zilmaydi. Tor doiradagi bunday mavzular haqida gapirish va o‘rgatish davradagilarni charchatib qo‘yishi mumkin. Shunchaki gapdonlik uchun kerak-kerakmas behuda gaplarni gapirishdan hech kim lazzatlanmaydi. Agar tinglovchilar sizni so‘zlaringizga nisbatan diqqatsiz bo‘la boshlasalar, suhbatni to‘xtating; so‘zlaringiz qiziqarli ekanligiga amin bo‘lsangizgina suhbatlashing. Faqat tinglovchilik qilish ham odamlarni zeriktiradi, ba’zida siz ham biron-bir fikr berish orqali o‘z munosabatingizni bildirib turganingiz ma’qul. Guruh bo‘lib jamoadan chiqib ketmang. Agar shunday istagingiz bo‘lsa, uyingizga o‘zingiz istagan odamlarni taklif qilishingiz mumkin. Baland martabadagi kishilar to sizga murojaat qilmagunlariga qadar, hadeb ular bilan muloqot qilishga shoshilmang. Yakunlanmagan suhbatni o‘rtasida tashlab ketmang. Agar suhbatdoshlardan biri sizga qarshi fikr bildirsa, jizzakilik qilmang, garchi mavzu o‘ta qiziqarli bo‘lgan taqdirda ham qolganlar sizning emas, sizga qarshi bo‘lgan kishi tarafini olishlari mumkin. Davrada biror odam bilan shivirlashga o‘tmang. Bu atrofdagilarning g‘ashiga tegadi. So‘zlashayotganda sekin va bosiqlik bilan gapiring. Nigohingiz suhbatdoshingizning tugmachasi yoki boshqa narsasiga emas, balki uning nigohiga qadalgan bo‘lishi lozim. Boshqalarni qo‘l bilan ko‘rsatish yaramaydi. Suhbat chog‘ida qo‘llar suhbatdoshning yelkasida bo‘lishi shart emas. Stol atrofidagi suhbat diqqat-e’tiborni jalb qilishi, Ayniqsa,, hurmat yuzasidan o‘ng tomondagi ayolga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umumiy suhbatga bir chekkada o‘tirgan uzoqdagi odam bilan so‘zlashib, shovqin qilish orqali halaqit bermang. Shoshib turgan kishi bilan suhbat olib borishga harakat qilmang. Agar erkak ayol bilan ketayotgan bo‘lsa, uni faqat zarurat yuzasidan to‘xtab gaplashish mumkin. So‘zlariga qarab tanishlaringizga baho bermang, uning amali so‘zlaridan yaxshiroq bo‘lishi mumkin.

Muomala madaniyatining asosiy tushunchalari va tuzilishi

Muomala shaxslararo munosabatning shunday ko‘rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta’sir o‘tkazadilar va ta’sirlanadilar. Shu boisdan muomala ijtimoiy kategoriya sifatida turmushning barcha sohalarida qo‘llanish mohiyatiga ko‘ra bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi.

Muomala jarayoni ikki taraflama xarakterga ega: u o‘z mohiyatiga ko‘ra axborot yoki ma’lumotlarni shunchaki uzatish va qabul qilishga qaraganda keng qamrovli bo‘lib, ikki yoki undan ortiq insonlar o‘zaro ta’sirining murakkab tizimi hisoblanadi. Shunga ko‘ra muomala akti bir insonning boshqa inson(lar) bilan muomalaga kirishib, unda o‘zinikiga o‘xshash xususiyatlarni topa olishi, ularga munosib javob qaytarishi. Ular bilan o‘zaro muloqotda optimal darajaga erishsagina o‘zining muomala jarayonidagi munosib o‘rniga ega bo‘ladi. Bunday holatda muomala, eng avvalo,, sub’yekt-sub’yektga munosabati tarzida ko‘zga tashlanadi.

Shunday holatlar ham bo‘ladiki, muloqot jarayonida hamkorlarning o‘zaro muloqotida umumiy manfaatlar kuzatilmaydi, shu bilan birga, bu holat hamkorlikning uzilishiga ham olib kelmaydi. Bunday holat aksariyat hollarda siyosiy, iqtisodiy soha vakillarining o‘zaro kuzatuvchi va ekspert sifatida ishtirok etadigan uchrashuvlarida kuzatiladi.

Har qanday ijtimoiy faoliyat kabi muloqot ham o‘zining muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lib, ular fikrlar va tuyg‘ular olamiga kirib borish asosida yuzaga keladi. Bu ko‘rsatkichlar ularni yuzaga keltiradigan asosiy sohalardan mustaqil tarzda guruhlashtiriladi. Bular: a)individual- shaxsiy; b)sotsial-psixologik; v)predmetli-amaliy. Muloqotdan ta’sirlanish jarayonida yuqoridagi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan bevosita bog‘lanadi.

Xulosa qilgan holda quyidagi muomala turlarining xossalarini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq:


  1. Zamon va makondagi muloqot kontakt va distant muomalaga bo‘linadi. Kontakt muloqotda hamkor-suhbatdosh yonimizda bo‘ladi va u bilan bevosita va bilvosita muloqot o‘rnatishimiz, imo-ishoralar va turli xil harakatlar orqali bir-birimizga murojaat qilishimiz mumkin. Masalan, yonimizdagi do‘stimizni imlab chaqiramiz, rozi yoki noroziligimiz ifodasini labimizni burib, boshimizni qimirlatib bildiramiz.

  2. Biror-bir muloqotni bilvosita amalga oshirish. Bevosita muloqot bu - odatdagi suhbat, so‘zlashuv, doklad va h.k. Bilvosita muloqot turlariga telefonda gaplashish, xat orqali murojaat qilish, axborotni radiodan, televideniedan hamda kitob orqali uzatish kabilar kiradi. Aynan bilvosita muloqot rivoji hayotda juda ko‘p o‘zgarish va yangiliklarni taqozo qiladi.

«Men» - gapiruvchi va «Sen» - tinglovchi ko‘rinishidagi dialog-monolog muloqot. Dialog «men» va «sen» rollarining almashinuvini ifodalaydi. Dialog muloqotdagi savol-javobning qisqaligi, aniqligi va tuzilishiga ko‘ra oddiyligi bilan tavsiflanadi.

  1. Xususiy-rasmiy muloqot. Xususiydan farqli o‘laroq, rasmiy muloqot matni ko‘pgina stereotip xususiyatlarga ega. Masalan, ikki tomonlama kelishuv va bitimlar, diplomatik hujjatlar va bayonnomalar, shartnoma va boshqa shu kabi rasmiy qog‘ozlar matni rasmiy muloqot turiga misol bo‘ladi. Bunda so‘zlashuv nutqining loyihasi va leksikasi muhim o‘rin tutadi.

Muomala madaniyatida xushfe’llik, xushmuomalalik, hayo-ibolilik, beozorlik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik singari axloqiy me’yorlar muhim sanaladi. Biz shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Xushfe’llik. Ushbu axloqiy xatti-harakat me’yoriylik nuqtai nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o‘zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi. Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham ko‘tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag‘ishlaydi. Jamiyat doimo ana shunday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.

Xushfe’llik, shirinsuxanlik qay darajadadir ko‘proq kishining ma’lum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bosiqlik, kamtarlik, kamsuqumlik, aksincha, ko‘proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o‘z g‘azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so‘zlagisi, biror-bir gap bilan o‘zini ko‘rsatgisi kelib qolganda o‘sha istakni to‘xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. Shu bois muomala bosiq, kamtarin yetti o‘lchab bir kesish tamoyili asosida ish ko‘rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga moyil bo‘ladilar.



Xushmuomalalik. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi barchamizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson botinidan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilamiz. Biroq, tashqariga chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. Ya’ni og‘izdan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning ruhiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa - yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa - yomonlik.

Xushmuomalalik ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra xushfe’llikka nisbatan keng qamrovlidir. U insonning ham xatti-harakati, ham muloqoti natijasida vujudga keladi. Xushmuomalalik o‘z ichiga muloyimlik, murosai madora, ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi.

Shuningdek, xushmuomalalik qat’iy tartibga asoslagan axloqiy me’yor hisoblanadi: u o‘zgani ranjitmaslik, birovga yomon so‘z aytmaslik, bahs- munozaraga kirishganda muholifni hurmat qilish, qo‘rslik va chapanilikdan holi bo‘lish hamda suhbatlashganda ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi.

Hayo-ibolilik. Xondamir, Vosifiy va boshqa zamondoshlarning asarlaridan bilamizki, Navoiy g‘oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o‘ta nazokatli kishilarni yaxshi ko‘rgan, o‘zi ham juda noziktab inson sifatida nom qozongan. Shu sababli u «Mahbub ul - qulub» asaridagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va hayoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi. Demak, bu tushunchalar bir-biriga juda vobasta. Chunki ma’rifatli, komil insonlar hayoli va vafodor kishilardir. Vafosizning jabri qancha bo‘lsa, hayosizning shallaqiligi, betga choparligi, beandishaligi ham shuncha ozor keltiradi; shoir buni o‘zi boshidan o‘tkazgan: «Zamon ahli bevofalig‘din ko‘ksumga tuganlar va davron hayoli behayolig‘idin bag‘rimda tikanlar... har qaysig‘a raqam uray desam Ayyub sabri anga vafo etmas va qalam suay desam Nuh umrida tamomg‘a etmas». Shoir alam bilan yozgan:

Yo marhamat ul xayli sitamkoraga bergil,

Yo sabru tahammul meni bechora bergil.

Muloyimlik. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik «xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari aksar odamlarga yoqmaydi.

Beozorlik. Insonlarning tabiatidagi xusumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan holi. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olsalar-da birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalar zimmasiga yuklamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar.

Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘xtalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz: agar axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq - ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.



Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va inson fe’l-atvori

Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Shunga ko‘ra, ziddiyatlarning ko‘rinishi ham turli xil bo‘lib, ular narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bo‘lmagan kabi ko‘rinishlarga ega. Jumladan, ichki ziddiyatlar - narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning hal qilinishi bilan belgilanadi. Biroq rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo‘ladi, degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallashuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning ham o‘z o‘rni bor. Narsa- hodisalarning mohiyati, holati, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi. Asosiy ziddiyatlar taraqqiyotda belgilovchi (boshqaruvchilik) vazifani bajaradi va barcha boshqa ziddiyatlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ziddiyat muomalada -insonlar o‘rtasidagi muloqotlarda - so‘zlashish, fikr almashish, muzokara olib borish, bahslashishda biri ikkinchisini inkor etadigan ikkita muomala natijasida vujudga keladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, ziddiyatli vaziyatlar asosida alohida shaxslar va guruhlarning qarama-qarshi fikrlari, maqsadi hamda shu maqsadga erishishning vositalari yotadi. Ijtimoiy psixologiya ziddiyatlarni manbaiga qarab bir necha turlarga ajratadi. Masalan, ziddiyat ichki-shaxsiy (rahbar bilan xodim o‘rtasida) va shaxs-tashkilot (shaxslar, guruhlar va tashkilot o‘rtasida) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ziddiyatlarning gorizontal tasnifi ham mavjud (bir-biriga bo‘ysunmaydigan xodimlar o‘rtasida), vertikal (bir-biriga bo‘ysunuvchi xodimlar o‘rtasida) va aralash turdagi ziddiyatlar ham mavjud. Kundalik hayotda vertikal va aralash turdagi ziddiyatlar uchrab turadi. Agar bunday ziddiyatlar jamoada 70-80%ni tashkil etsa, bu rahbar uchun xavfli hisoblanadi. Bunday vaziyatda rahbarning har qanday harakati ziddiyatlar prizmasi orqali olib qaraladi.

Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar xususiyatiga qarab tavsiflash mumkin. R.L.Krichevskiy o‘zining «Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni 3 guruhga bo‘ladi:

Birinchi guruh - mehnat jarayonidagi ziddiyatlar.

Ikkinchi guruh - insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni empatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar xatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik va hokazo.

Uchinchi guruh - jamoa a’zolarining o‘ziga xosligi. Masalan, o‘zini boshqara olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do‘q-po‘pisa, haqoratlash- so‘kinish, munosabatga kirisha olmaslik.

Muomala jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlardagi muammo shundaki, insonlar muomalada bo‘lib, ba’zida bir-birlarini umuman tushunmaydilar, hattoki raqibingiz aniq, lo‘nda gapirsa ham. Sizningcha, insonlar go‘yoki sizni eshitmayotgandek. Xuddi shuningdek, ayrim hollarda siz ham ularni tinglamasligingiz mumkin.

Muomala jarayonidagi qiyinchiliklarni inobatga olib, Ye.Melburd, V.Zigert va L.Lang tomonidan insonning ziddiyatli vaziyatlardagi xatti- harakatlarining psixologik standart bilan mos ravishdagi modeli ishlab chiqildi. Bu borada ziddiyatni konstruktiv hal etish quyidagi omillarga bog‘liq:


  • ziddiyatni adekvat tarzda idrok etish, ya’ni shaxsiy kechinmalarsiz ikkala tomonni ham to‘g‘ri baholay olish;

  • muomalaning samimiyligi va samaradorligi, muammoni har tomonlama yechimini topish, ziddiyatlarda xolislikka amal qilish;

  • o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yaratish. Rahbarning ziddiyatlarni vujudga keltiruvchi individual xususiyatlarni bilishi muhim ahamiyatga ega;

Psixologlarning bu boradagi tadqiqotlarini umumlashtirib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, mazkur holatda atrofdagilarni to‘g‘ri fikrlariga zid kelib, ziddiyat uchun zamin yaratiladi;

  • ustunlik qilishga intilish;

  • o‘z fikriga sodiqlik tufayli yangiliklardan voz kechish;

  • fikrlarni bayon etishda ortiqcha to‘g‘rilik, haqiqatni ayta olish;

  • qat’iylik;

  • shaxs emotsional yig‘indisi - bezovtalik, darg‘azablik, qaysarlik;

Ziddiyatlar yuqoridagi holatlar bilan birga ziddiyatga moyillik tufayli ham vujudga keladi. Shaxslararo va ijtimoiy psixologik munosabatlarda fikrlarning bir-biriga mos kelmasligi shular jumlasidan. Masalan, muayyan shart-sharoitda faoliyat olib boruvchi turli temperamentdagi insonlarni olib ko‘raylik. Odatiy muhitda xolerik va flegmatik temperamentli kishilar ishni samarali bajaradilar (flegmatikning favqulodda mulohazakorligi va xolerikning shiddat bilan harakat qilishi).

Shuningdek, ko‘p hollarda shaxslararo ziddiyatlarning asosini manfaatlar va maqsadlar egallaydi. Masalan, korxona rahbari ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va ish samaradorligini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, xodimlarni esa ko‘proq oylik maosh qiziqtiradi. Bunday holat ham ziddiyatni vujudga keltiradi. Aksariyat hollarda ziddiyat shaxsning imkoniyatlariga nisbatan qo‘yilgan yuqori talablar tufayli vujudga keladi.



Ziddiyatli vaziyatlardan o‘zini tuta bilish qoidalari.

Rahbar ziddiyatlarni nafaqat ish sohasi balki shaxsiy emotsional sohada ham ishlata olishi zarur. Xo‘sh, ziddiyatli shaxs bilan ishlash jarayonida o‘zini qanday tutish lozim:



Birinchidan - bunday odamlarda ichki o‘tkinchi kechinmalar bilan bog‘liq ehtiyojlar mavjud bo‘lib, ular shu orqali ehtiyojlarini qondiradi. Masalan, tajovuzkor o‘zining tajovuzi orqali qo‘rqoqligini yashirishi mumkin.

Ikkinchidan - o‘z hissiyotlarini jilovlab, boshqaning hissiyotlarini ro‘yobga chiqarishga uchun imkoniyat yaratishi kerak.

Uchinchidan - bunday odamlarning qilayotgan harakatlarini jiddiy qabul qilmaslik.

To‘rtinchidan - ziddiyatli holatlarda muvofiq keluvchi usulni tanlash uchun bunday usullar qaysi toifa odamlarga mos kelishini ajrata olishingiz zarur.

Robert Bremson tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilishning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatadi:



Tajovuzkor - agar so‘ziga quloq solishmasa, kishilarga tajovuz qiluvchi qo‘pol va shallaqilar.

Shikoyatchi - qandaydir g‘oyani o‘zlashtirib olgan holda boshqalarni katta gunohda ayblovchi, biroq ushbu muammoni yechish uchun biror ish qilmaydigan kishi.

Darg‘azab bolakay ” - bu toifa kishilar tabiatan o‘zlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrlarini o‘tkazishga hamda jarayonni to‘laligicha qo‘l ostida tutib turishga intiladilar.



Maksimalist - garchand zarurati bo‘lmasa-da, biror-bir ishni ortga sudramaydigan kishi.

Indamas (pismiq) - barcha alamlarini ichiga yutib yuradigan, biroq payti kelganda birdan portlaydigan odam.

Sirli qasoskor” (ishkallar) - biror-bir nayranglar yordamida noqulayliklarni yuza keltiruvchi, “noto‘g‘ri qilingan ish uchun o‘zini adolat o‘rnatuvchi” deb hisoblaydigan kishi.



Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg‘onchi g‘amxo‘r ” - o‘zini sizga yaxshilik qilayotgan kabi ko‘rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko‘rolmaslik mavjud bo‘lgan odam.

Surunkali ayblovchi” - doimiy ravishda o‘zgalarning aybini qidiradigan (tirnoq orasidan kir qidiradigan), o‘zini doimo haq deb hisoblaydigan shaxs.



Ziddiyatli holatlar yuzaga kelganda uning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya etish mumkin:

  1. Ziddiyatli holatlarda insonning xatti-harakatini aql emas, balki hissiyotlar boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson o‘zining so‘zi va xatti-harakatiga javob bera olmaydi.

  2. Muomalaning ko‘plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” tashlamang, o‘zingizga “Men ham yanglishishim mumkin-ku!?” degan savolni bering.

  3. Ziddiyatning mohiyatini to‘laqonli tushunishga harakat qiling va «Mabodo ziddiyat hal etilmasa-chi?” degan xavotirdan yiroq bo‘ling.

  4. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g‘azablanayotgan bo‘lsa, uni «sovutishga” intiling, zinhor undan baland kelishga urinmang: o‘zingiz jim bo‘ling-da undan buni talab qilmang.

  5. Suhbatdoshingizga o‘zini sizning o‘rningizga qo‘yib ko‘rishini so‘rang, ya’ni «Agar siz mening o‘rnimda bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz?” degan savolni berib ko‘ring.

  6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang.

  7. Ziddiyatning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan hamkoringizni hadeb ayblayvermang.

  8. Har qanday holatda ham o‘zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling.

So‘zlashuv madaniyati har bir til birligini sharoitga qarab, yillar mobaynida qabul qilingan me’yorlar asosida qo‘llash san’ati hisoblanadi. Masalan, so‘rashish, salomlashish madaniyatini olaylik. So‘rashish barcha xalqlarning muomala madaniyatidagi muhim vosita bo‘lib, u har bir xalqning milliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Ta’kidlash zarurki, so‘rashish bilan salomlashish aynan bir tushunchalar emas. Salomlashish barcha xalqlarda salom berish odobi qoidalariga asoslanadi, u faqatgina qo‘l berib ko‘rishishdan iborat emas. So‘rashish esa so‘z, imo-ishora, mimika va xatti-harakat orqali ham amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, u inson faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oladi.

O‘zbeklarda nutqiy muomala madaniyatida jamoa, odamlar bilan hamjihatlikda bajariladigan hashar, obodonlashtirish ishlarida ishtirok etayotganlarga «Hormanglar» deyiladi va ular tomonidan «Salomat bo‘ling» yoki «Bor bo‘ling» degan javob qaytariladi. Hosil yig‘im-terimi paytida xirmon tepasida ko‘rishganda esa «Xirmonga baraka» deyiladi va ular tomonidan «Umringizga baraka» degan javob qaytariladi. Mazkur so‘rashish madaniyatiga e’tibor bersangiz, murojaat ohangi ham, javob ohangi ham mantiqiylik, nafosat hamda kishiga xush yoqadigan tarzda ifoda etiladi. Bu so‘zlarning qudrati shundaki, ularni jahl ustida, g‘azab bilan aytsangiz ham birovga og‘ir botmaydi.



Suhbatlashish odobi.

Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat, avvalo,, ma’lumotlar almashinuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir- birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala madaniyatlaridagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Zero shoir Chustiy ta’biri bilan aytganda:



Orttirur mehringni hardam mehribonlar suhbati,

Jonga jon baxsh aylagandek, jonajonlar suhbati.

Sira oson bo‘lmagan mushkul tugunlarni yechar,

Fikri qilin qirq yoruvchi nuktadonlar suhbati8.

Suhbatlashish odobida quyidagilarga e’tiborga qaratish maqsadga muvofiq:



  • Suhbatlashayotgan kishilarning gapini bo‘lmaslik lozim. Agar zarurati bo‘lsa albatta uzr so‘rab murojaat etish kishining madaniyatli ekanligini bildiradi;

  • Suhbat mavzui haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmay turib suhbatga aslo aralashmang, zero, oqibatda bemavrid fikringiz uchun uyalib qolishingiz ehtimoli mavjud;

  • Suhbatlashayotganlarga qarata luqma tashlamang. Bu o‘rinsiz qilig‘ingiz suhbatlashayotganlardan birini ranjitishi mumkin;

  • Suhbatdoshga og‘ir botadigan, uni xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib qo‘yadigan hamda suhbatdoshingiz xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbat qurmang. Bu borada zehnli va farosatli bo‘lish kishi uchun doimo muvaffaqiyat olib kelgan;

  • Suhbatdoshingizni haddan ziyod maqtab yubormang. O‘rinsiz maqtov do‘stona munosabatga putur yetkazadi. Shuningdek, suhbatlashayotganda “men”ingizni markaziy o‘ringa qo‘ymang. Chunki bunday suhbatlar aksariyat hollarda zerikarli bo‘ladi;

  • Suhbatdoshingizning kimligi, mavqei, qiziqishi, ijtimoiy kelib chiqishi va kabi xususiyatlarini avvaldan bilishga harakat qiling. Shunda u bilan bo‘ladigan suhbatingiz mazmunliroq bo‘ladi;

  • Suhbatdoshingizni hurmat qilishga o‘rganing, hatto uning fikrini siz noto‘g‘ri deb bilganingizda ham oxirigicha eshiting;

  • Tanimagan yoki endi tanishgan odamlar bilan suhbatlashishda asosiy mavzu, albatta, sport yoki seriallar bo‘ladi. Biroq bunday suhbatlarda oilaviy masalalar, shaxsiy hayotdagi kelishmovchiliklar, ish joyidagi muammolar haqida suhbatlashish o‘rinsizdir. Shuningdek, suhbatdoshlar uch va undan ortiq kishini tashkil qilsa-da, ikki tanish odam bir-biri Bilan o‘zlari bilgan mavzuda suhbatlashishlari boshqalarga nisbatan hurmatsizlikni bildiradi;

  • Suhbatga qo‘shilishni istasangiz albatta suhbat mavzusini, suhbatlashayotganlar kayfiyatini hisobga oling. Yaxshi kayfiyatda suhbatlashayotganlarga qo‘rqinchli, vahimali, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirmang. Ayniqsa,, bemor bilan suhbatlashganda juda ehtiyotkor bo‘ling; bemorning ko‘nglini yaxshi, muloyim hamda kasalligidan biroz bo‘lsa-da chalg‘ituvchi so‘zlarni topib gapirish maqsadga muvofiq;

- Suhbatlashishning asosi faqat gapirishdan iborat emas, balki tinglash hamdir. Ammo, tinglash faqat eshitib o‘tirish degani ham emas. Yaxshi suhbatdosh suhbatdoshining fikrini tinglaydi, gapining mag‘zini chaqishga harakat qiladi., fikrlaridan mantiqiy xulosalar chiqaradi., qo‘shilmagan taqdirda: —Darhaqiqat, mana bu fikringizda jon bor, biroq avvalgi gapingiz biroz mubolag‘ali» yoki “Kechirasiz, menimcha shu fikringizni boshqacharoq ifoda etganingizda yanada tushunarliroq bo‘lar edi», yoki —Fikringizni bo‘lganligim uchun uzr, lekin men buni boshqacha tasavvur qilaman» va hokazo. Zinhor “Bo‘lishi mumkin emas”, “Gapingiz mutlaqo noto‘g‘ri”, —Bu haqda hech narsani bilmaysiz”, “Siz aytayotgan gaplarni yosh bola ham biladi” degan iboralarni ishlatmangki, bu suhbatdoshingizning izzati, nafsoniyatiga tegadi;

- Suhbat paytida hadeb soatga qarash, yon-atrofga alanglash, boshqa birovga pichirlab gapirish hurmatsizlik va madaniyatsizlik belgisi sanaladi. Bu holat suhbat olib borayotgan kishiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada suhbat samarasiz yakunlanadi.

Bugungi voqelik olamning ko‘p ishlari va haqiqatlariga yangicha qarash, ularni butun murakkabliklarini yangicha idrok qilish va yangicha siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy mezonlarda baholashni talab etadi.

Milliy ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizning qayta tiklanishi, o‘zligimizni anglay boshlaganimiz tufayli bugun har birimizning ongimiz, tafakkur tarzimizda muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Hayotiy o‘zgarishlar odamlarimiz qalbi va ongiga singib, ularda kelajakka ishonch tuyg‘usini, Vatanga muhabbat, erkinlik hissini tarbiyalamoqda. Mazkur jarayonlar so‘zlashuv madaniyatini takomillashtirishda, uni yanada go‘zallashtirishda har bir



Nazorat savollari:

  1. Boshqaruv muloqotining xususiyatlarini tushuntirib bering.

  2. Rahbarlik muloqoti qanday asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi.

  3. Faol tinglashning asosiy jabhalarini ko’rsating.

  4. Nizoli vaziyatda inson harakat uslublari.

  5. Muloqotda idrok jarayoni

  6. Muloqotning verbal vositalari nimalardan iborat.

  7. Muloqotning noverbal vositalari nimalardan iborat.

  8. Muloqotning nutqsiz vositalari quyidagilarga bo’linadi: vizual, akustik, taktil, kinestetik – ularga qisqacha ta’rif bering.

  9. Rasmiy va ijtimoiy maydonlar nima?




1 Хрящева Н.Ю. Психогимнастика в тренинге. Л., 1993

2 Х. Маккей. Как уцелеть среди акул

3 А. Пиз. Язык жестов

4 Атватер. Я Вас слушаю

5 Конструктивная конфликтология???

6 Бодалев А.А. Восприятие человека человеком. М.,

7 Джулис Фаст “Язик тела”Москва “Сентр полиграфъ2006 йил 56-бет

8 Чустий. Кўнгил тилаги. Чуст матлубот жамияти уюшмаси. 1994. 37-бет.

Download 84.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling