5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


Resurslarni taqsimlashning samaradorligi


Download 141.46 Kb.
bet5/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqa- rish uchun resurslami uyg ‘ unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartib- da boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovar- lami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

  • Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimin- ing muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga us- tuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bimday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo‘llash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.

  • Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz ha- rakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib ke- ladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta'minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqi- mandalik kayfiyatidan qutqaradi.

    Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:

    • uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashu- vi va ko‘nikishining yuqori darajasi;

    • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ulami ishlab chiqarish- ga joriy etishning jadal sur’ati;

    • turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qo- biliyati;

    • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

    • cheklangan axborot - turli resurslaming narx darajasi va ulaming sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaf- faqiyatli amal qila olish imkoniyati.

    Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyo- tining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o‘zining bosh nazorat mexanizmi -raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ik- kita asosiy manbai mavjud:
    1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqo- batning cheklangan yo‘lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma- laming qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqo- batlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo'ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash - bulaming barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining pasayishiga olib keladi;
    2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqo- batning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat'iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozoming tarkib topishini; g) boy -va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozoming hajmiga nis- batan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologi- yani qo‘llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligi- ga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
    Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
    Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari da- romadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqa- lanishi bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish muinkin.
    Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ish- lab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zim- masida bo'ladi.
    Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining zid- diyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jara- yoni orqali namoyon boTadi.
    Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyi- dagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

    • atrof-muhitni ishlab chiqarish vaboshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

    • resurslaming qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyat- ining yo‘qligi;

    • mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlaming mavjud emasligi;

    • fanda fundamental va amaliy tadqiqotlaming rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi;

    • rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bo‘lib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsiztik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.

    Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, awal iqti- sodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqti- sodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta'siri bilan bog‘liq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozoming o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qa- ratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqamv usul- lari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi.2

      1. Bozor va uning vazifalari

    Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng awalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushuncha- larining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki,
    ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma'noda ifodalash, ba’zi adabi- yotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ulami chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayoni- ni o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
    Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash faza- sini o‘z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tu- shunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar bozomi tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan ekan- ligini, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlani- shi bilan bog‘liq bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki may- doni degan mazmunni anglatgan. Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarriing pay- do bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T - T ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovami ayirboshlash shaklida boTgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa boTmay, bir vaqt- ning o‘zida o‘sha joyda almashuv jarayoni sodir boTgan. Keyinchalik tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib bori- shi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T - P - T ko‘rinishini olgan. Endi tovami sotish (T - P) va sotib olish (P - T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mum- kin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovami boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pul- ning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqamv-
    chidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi.
    Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashi- shi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qi- lishlari mumkin boiib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon boia boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo boiishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqa- rish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ish- lab chiqarishga jalb etila boradigan, ulaming bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita-bozor orqali sodir bo‘labosh- ladi. Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste'molchilaming ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ulaming o‘zaro bir-bir-lariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqi- yotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
    Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

    • sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prin- sipi asosida ayirboshlash;

    • sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;

    • to‘lovga layoqatli bo‘lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik.

    Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo‘lib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
    Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovami sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo'ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori ta- lab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflami hisobga olmaydi. Bulaming barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshi- radi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
    Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bozor obyekti - ayir- boshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat nati- jalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
    Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin qu- yish shaxobchalari, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilaming savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozoming odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozoming yuqori darajada rivojlangan ko‘rinishlaridir.

    Download 141.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling