Umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlarining tasniflanishi
|
Tasnifiy belgilari
|
Tasniflanishi
|
1.
|
Maqomiga ko’ra
|
-jismoniy shaxs maqomiga ega Yakka tartibda faoliyat yurituvchi sub‘ektlar;
-huquqiy shaxs maqomiga ega sub‘ektlar (korxona va tashkilotlar).
|
2.
|
Mulk shakliga ko’ra
|
-shaxsiy yoki xususiy mulkka asoslangan korxonalar;
- jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
- davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
- aralash mulkka asoslangan korxonalar;
-xorijiy davlatlar va fuqarolar mulkiga asoslangan korxonalar.
|
3.
|
Joylashuviga ko’ra
|
- shaharlarda;
- qishloqlarda;
- mehmonxonalar qoshida;
- mahalla markazlarida;
- ta‘lim muassasalari qoshida, vagonlarda;
- dam olish va sog’lomlashtirish oromgohlarida;
- ishlab chiqarish korxonalarida;
- turli xildagi klublarda;
- bozorlar qoshida;
- avtotrassa bo’ylarida;
- aeroportlarda;
- portlarda;
- kemalarda;
- boshqa ruxsat etilgan joylarda.
|
4.
|
Xizmat shakliga ko’ra
|
- o’z-o’ziga xizmat ko’rsatuvchi shved stoli usulida;
- ofitsantlar xizmatidan foydalanuvchi;
- aralash;
- mahsulotlarni yetkazib beruvchi (uyga, dam olish joylariga, ish joylariga);
- ko’chma xizmatni amalga oshiruvchi.
|
5.
|
Xizmat darajasiga ko’ra
|
- lyuks;
- oliy;
- birinchi;
- ikkinchi;
- uchinchi daraja.
|
6.
|
Tashkiliy tuzilishiga ko’ra
|
- tizimli;
- mustaqil.
|
7.
|
Ixtisoslashuviga ko’ra
|
- ixtisoslashmagan;
- ixtisoslashgan (mahsulotlar assortimenti bo’yicha, ma‘lum millatlar taomlari bo’yicha, milliy taomlar bo’yicha, iste‘molchilar guruhlari bo’yicha, xizmatlar bo’yicha).
|
.
|
Faoliyat muddatiga ko’ra
|
-doimiy (yil davomida, butun sutka davomida);
-mavsumiy (yilning ma‘lum mavsumlarida, kunning aniq bir ovqatlanish davrida).
|
9.
|
Tashkiliy shakliga ko’ra
|
- restoran;
- kafe;
- bar;
- oshxona;
- choyxona;
- bazmgoh – to’yxona;
- tamaddixona va boshqalar.
|
10.
|
Joylashuvi va harakatiga ko’ra
|
- statsionar (muqim bir joyda turuvchi);
- harakatdagi (avtooshxona, vagon-restoran, kupe-bufet, avto-bufet va boshqalar).
|
Umumiy ovqatlanish korxonasi - ma‘lum turdagi korxona xizmatlarining o’ziga xos belgilarining mavjudligi, mijozlarga ko’rsatilgan xizmat sifatining darajasi va sharoiti bilan ifodalanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yahna ovqatlar). Korxonaning turini belgilashda quyidagilarga e‘tibor beriladi:
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi turli-tumanlik va murakkablik;
texnik jihozlanish- moddiy baza, injener-texnik jihoz va uskunalar bilan ta‘minlanishi, bino tizimi, arxitektura-rejalanishi va h.k.;
xizmat ko’rsatish sifati, binoning ichki bezagi, ahloq-odob, muomala, estetika va h.k.
Restoran va barlarga korxona toifalari sifatida lyuks, oliy va birinchi toifali, degan nomlar beriladi. Kafe, oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo’linmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |