5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Download 0.89 Mb.
bet13/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
kurs ishi

Restoran - o’z nomiga ega bo’lgan, iste‘molchilarga murakkab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli taomlar, kulinariya mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari kiritiladi. Xizmat ko’rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat ko’rsatish bilan uyg’unlashtirilgan holda yuqori malakali oshpazlar va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy turistlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari birorta chet tilini bilishi va mehmonlar bilan gaplasha olishi lozim. Restoranlar ayrim mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqiyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to’ylar, oila tantanalari, banket, tematik kechalar va boshqalarga xizmat qiladi. Restoranlarda mijozlarga, katta yig’inlar, kengashlar, konferensiya qatnashchilariga taomning to’la ratsioni beriladi.





Restoranlar markaziy, odamlar gavjum ko’chalarda, temir yo’l, avtomobil vokzallarida, aeroportlar, kemalar to’xtash joylarida, teploxod, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, shaharlararo xududlarda, ma‘muriy, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, O’zbekiston sharoitida katta bozorlar, o’yingohlar yaqinida ochiladi. Ko’pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va Yakshanba kunlari milliy taomlar ta‘mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o’tkaziladi. Ba‘zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi.

Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari, taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin. Restoranda mahsulotlar assortimentida shokolad, konfetlar, xo’l mevalar va boshqalar bo’lishi kerak. Lyuks va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali badiiy materiallar, optik yoritkichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatiladiki, unda korxonaning faoliyati yaqqol ko’rinadi, oshxonaning o’ziga xos xususiyati, mijozlarga ko’rsatiladigan xizmat majmui aks etadi.

Oshxonalarda foydalaniladigan matodan qilingan buyumlar -sochiqlar, dasturxon, salfetkalar, qo’l sochiqlari zal xususiyatiga qarab buyurtma bilan tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida ham restoran tamg’asi bo’lishi shart. Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada chop etilishi zarur. Bu restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat qilinadigan bo’lsa, taomnoma uch tilda: ingliz, fransuz, nemis tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama afishalari, bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog’ozlar va boshqa nashr reklamalari zich, qalin qog’ozlar yoki yaltiroq ishlov berilgan kartondan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va tamg’asidan tashqari, restoranning mavzu yo’nalishini ifodalovchi rasm ham bo’ladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling