5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Download 0.89 Mb.
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#218145
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
kurs ishi

Stol servirovkasi

Restoran sohasida nafaqat menyu balkim, stol bezatish ishlari ham muhim hisoblanadi. Stollarni servirovka qilishda o’ziga xos qonun – qoidalar mavjud bo’lib, uni bezatayotganda did bilan yondashishga to’g’ri keladi.Ular shunday joylashtirilishi kerakki, mijoz uchun qulay va tartibli hamda ishtaha ochar bo’lishi kerak. Shuning uchun bu yerda mayda detallargacha e’tibor berish zarur, masalan, oddiygina salfetkalarni qanday taxlash va joylashtirish ham muhim.




Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmog’i tarkibiga ikkita restoran – serhasham firma taomi bo’lgan va kichik, taom va ichimliklari bahosi yuqori darajada bo’lmagan restoranlar kiradi. Kema restorani turistlar va yo’lovchilarga xizmat qilishga mo’ljallangan. Bu restoranlarda nonushta, tushlik, kechki ovqat tayyorlanadi, ovqat, qandolat mahsulotlari, sovutilgan ichimliklar, yo’l anjomlari sotiladi. Yo’lovchilarga xizmat qilish ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi. Vagon-restoranlar uzoq masofalarga qatnovchi temir yo’l po’ezdlarida bo’ladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kunduzdan ortiqroq safarga boruvchi yo’lovchilar uchun xizmat qiladi. Avtosayyohlar uchun restoran-katta yo’l chorrahalarida, yirik avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda ovqatlanadi, hordiq chiqaradi.



Bar- kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar. Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shuning bilan birga barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo’lishi mumkin. Barlarning vazifasi- bu yerga keluvchilarga Yaxshi xizmat ko’rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko’ngildagidek dam olish sharoitini yaratish, musiqa, stereofonik ovoz chiqaradigan apparat, sanoatkorlar chiqishi, televizor, videoeshittirishlarni tashkil qilishdan iborat. Hattoki barda o’yin avtomatlari va 50 dan ko’p kishiga mo’ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo’lishi mumkin. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko’ra barlar quyidagi turlarga bo’linadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan ajraladi. Barlar odatda ma‘muriy-madaniy va savdo markazlarida, mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. Binolarning tuzilishiga ko’ra barlar quyidagicha joylashadi:

  • restoran barlari - bino ichida, zalda joylashadi;

  • yordamchi barlar- mehmonxona qavatlarida joylashadi.

  • banket barlari - banket zallarida joylashadi.

  • mini-barlar-mehmonxonaning mehmonlar uchun mo’ljallangan xonalarida joylashadi.

Salat-barlar - maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko’k salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, go’sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar qo’yiladi. Alohida idishlarda: yog’, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garmdori beriladi. O’z didi va ishtahasiga qarab har bir xo’randa tegishli mahsulotlardan idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved stoli» ning bir ko’rinishidir.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling