5-mavzu. Бозор иқтисодиётининг мазмуни ва унга ўтиш йўллари Reja
Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
Download 97.75 Kb.
|
5-мавзу. Бозор иқтисодиётининг мазмуни ва амал қилишиМаъруза матни (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-chizma. Bozorning vazifalari.
- Bozorning yetuklik darajasiga qarab
- Erkin (klassik) bozor
- Hozirgi zamon rivojlangan bozori
3. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o’z iste’molchisini topadi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’plab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. (3-chizma). 3-chizma. Bozorning vazifalari. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi: - bozorning yetuklik darajasi; - sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi; - bozor sub’ektlari xususiyatlari; - bozor miqyosi, - iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori – bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy yevropa bozori) va jahon bozori. Download 97.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling