5-mavzu. Bozor ulushi va o‘sish sur’atlarini taqqoslash. Boston konsalting guruhi (bkg) modeli Reja
Boston konsalting guruhi (BKG) modelining kelib chiqish tarixi va matritsasining tuzilishi
Download 0.59 Mb.
|
Boston konsalting guruhi (BKG) modelining kelib chiqish tarixi va matritsasining tuzilishi
BKG modelining paydo bo‘lishi Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkazi!gan ilmiy ishning mantiqiy yakuni bilan bog‘liqdir. Sanoatning yettita asosiy jabhalarida (elektr-energetika, uzoq muddatli iste’mol tovarlari, qisqa muddatli iste’mol tovarlari, plastmassa, elektr jihozlarni ishlab chiqarish, rangli metallar sanoati) 24 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi turli korxo- nalami o‘rganish jarayonida, ishlab chiqarish hajmini ikki bara- variga oshirish vaqtida bitta mahsulot uchun sarflanuvchi o‘zga- ruvchan xarajatlar 10% — 30% ga kamayish holatlari kuzatilgan. Undan tashqari, bu holat amalda xohlagan bozor segmentida kuzatilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu dalillardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelindi: Ishlab chiqarishdagi o‘zgaruvchan xarajatlar tadbirkorlik omadining asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi; 0‘zgaruvchan xarajatlar bir korxonaning ikkinchi korxona o‘rtasidagi raqobatchilik afzalliklarini belgilab beradi. BKG mutaxassislari tomonidan tadqiqotlar natijasining e’lon qilinishi Amerikani deyarli «portlatib» yubordi. Bu holat aksariyat korxonalaming shtab-kvartiralarida asosiy mavzuga aylandi. Em - pirik xulosalar tadbirkorlar qatlami tomonidan ijobiy qabul qilinishi, BKG kompaniyasining ishlab chiqarish xarajatlari va hajmi asosida impirik bog‘lanuvchanlik asosida aniq turdagi biznes turlarining rivojlanish xarakteri va holati yuzasidan strategik yechim- lami qabul qilishga asoslangan model yaratish imkoniyatini berdi. Ushbu model tadbirkorlar ommasi orasida tezda shuhrat qozondi va 1970-yilga kelib esa BKG yondashuvi 100 dan ortiq korxonalarda qo‘llanila boshladi. 70-chi yillarning oxiriga kelib, BKG modeli biror narsaga erishmoqchi bo‘lgan korxonalar uchun hayotiy zarurivatga aylanish holatlari qayd etildi. BKG modelining asosiy diqqat e’tibori korxona naqd pul oqimiga qaratiladi va bu pul oqimi belgilangan biznes-tarmog‘idagi operatsiyalarni o‘tkazishga sarflanadi yoki shunga o'xshash operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladi. Qayd qilinishicha, naqd pul daromadi yoki xarajati miqdori bozorning o'sish sur’atiga va shu bozorda korxonaning nisbiy ulushiga kuchli funksional tarzda bogiiqligi bilan ifodalanadi. Korxona biznesining o‘sish sur’atlari uning naqd pul muomalasi sur’atini belgilab (aniqlab) beradi, Har qanday biznesda hayot siklining to‘yinish va yakuniy bosqichlarida omadli biznes naqd pul yig‘imini o‘zida to‘plab borsa, biznesning o‘sish va rivojlanish bosqichlarida esa odatda bu oqimning sarflanishi kuzatiladi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, uzluksiz omadli biznesni ta’minlash uchun, «to‘yinish» bosqichi natijasida keladigan pul massasini qisman biznesnig yangi tarmoqlariga sarflanishi talab etiladi va oqibatda bu tarmoqlar korxona daromadining yangi generatorlariga aylanishi mumkin. BKG modelida korxonaning asosiy tijorat maqsadlari sifatida o‘sish me’yori va foyda massasi (miqdori) qabul qilinadi. Bunda, ushbu maqsadga qanday erishish mumkinligi borasida ruxsat etilgan strategik yechimlar tanlovi to‘rtta variantlar bilan chek- lanadi: korxona biznesining bozordagi ulushining ko‘payishi; korxona biznesining bozordagi ulushini saqlab qolish uchun kurash; korxona biznesining bozordagi holatidan maksimal darajada foydalanishi; amaldagi biznes turidan voz kechish. Korporativ strategik rejalashtirishning tarixiy birinchi modeli «o‘sish-u!ush» modeli yoki BKG modeli nomi bilan mashhurdir. Bu model strategik maydondagi ma’lum bir biznes turining muayyan holatini aks ettiradi va ikki koordinata o‘qlari yordamida topiladi. Bunda vertikal koordinata o‘qi (U) ma’lum bir mahsulot bozorining o‘sish sur’atini aks ettirsa, gorizontal o‘q (X) korxona mahsulotining bozoridagi nisbiy ulushini aks etiradi. Abssissa (X) o‘qida korxonaning muayyan biznes turidagi ba’zi raqobatli holatlar o‘lchamlari qo‘yiladi, ya’ni ma’lum biznes tarmogMdagi korxona sotuv hajmining shu biznes tarmog‘ida faoliyat kovrsatayotgan eng yirik raqobatchining sotuv hajmining nisbatiga solishtiriladi. Ordinata (Y) o‘qida muayan biznes turining o'sish sur’ati ifodalaniladi (6.2-rasm). BKG modeli 2x2 matritsasida namoyon boMib, unda biznes birliklar doirachalardan iborat boMadi, doiraning kattaligi biznes birlikning hajmiga proportsional boiadi. BKG matritsasi ikki qismga bo'iinishi tasodif emasdir. Mat- ritsaning yuqori qismida o‘sish sur’ati o‘rta me’yordan yuqori boMgan biznes birliklar joy egallasa, pastki qismida esa o‘sish sur’ati nisbatan past boMgan biznes birliklar egallaydi. BKG modelining original holatida ishlab chiqarish hajmining bir yilda 10% ga ko'payishi sababi yuqori va pastki sur’atlar chegarasi bilan ifodalanadi. Matritsaning abstsissa o‘qi bo‘yicha ikkiga bo‘linishi ikki tarmoqni kurish imkoniyatini beradi, birinchisiga kuchsiz raqobatlik holatiga ega bo‘lgan, ikkinchisiga esa kuchli raqobatlik holatiga ega bo‘lgan biznes-tarmoqlari kiritiladi. Ikki tarmoq o‘rtasidagi chegara 1,0 koeffitsiyent miqyosida o‘tadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling