Abadiy dvigatel


Download 198.8 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi198.8 Kb.
#1449372
  1   2   3
Bog'liq
Abadiy dvigatel. Tarqatmalar


Topshiriq: ABADIY DVIGATEL
ABADIY DVIGATEL
Bizning Ustozimiz doim chaqnab turadigan, jonli, o‘zidan nur taratuvchi ko‘zlar egasi edi. Ular ikki ko‘k doirachalardan iborat bo‘lib, dars paytida ikki kichik ekranga aylanar, ushbu ko‘zlarda vulqonlarning otilganini, muzliklarning eriyotganini va yomg‘irlarning yog‘ishini – qurbaqalar yomg‘irini ko‘rish mumkin edi.
Kunlarning birida o‘qituvchimiz xonaga kirib keldi va shunday dedi:
- Kecha Yangi Kaledoniyaga qurbaqalar yomg‘iri yog‘di.
Sinfimiz bir sakrab tushdi va qattiq ovoz bilan kulib yubordi.
- Qurbaqalar uchun bu kulgili holat emas edi, - juda jiddiy ohang bilan davom etdi ustozimiz. Kuchli bo‘ron ularni o‘zlarining qadrdon botqog‘idan yulib oldi va katta tezlik bilan okean uzra uchirib ketdi. Qurbaqalar yordamga muhtoj holatda panjalarini keng yoygan holda, xuddi qush kabi okean uzra uchar edilar. Va juda ayanchli tovush chiqarar edilar. Shu sababli ularga uchish juda yoqib tushdi deb o‘ylamayman. Keyin shamol birdan sekinlashdi va qurbaqalar kutilmaganda yomg‘ir tomchilari bilan birga yerga qulay boshdilar.
Biz Ustozimizning ko‘zlariga qarardik, shu onda o‘zimizni ochiq holatdagi soyabonlar ostida va qurbaqalarning soyabon ustiga chiqishga harakat qilayotganligini ko‘rdik. Hatto qizlar qichqirib yuborishdi…
Bir payt o‘qituvchimiz mening yonimga kelib, qo‘lini yelkamga qo‘yib shunday dedi:
- Bizning har birimizda abadiy dvigatel bor. Masalan, senda.
Bolalar ajablangan tarzda men tarafga qarashdi, men esa ikki zangori ko‘zlarga javob izlagan holatda tikilib qoldim. Ustozning ko‘zlari sehrli tarzda yarqirab ketdi.
- Mening abadiy dvigatelim ….. yo‘q, - dedim men.
- Bor.
Men o‘ylanib qoldim. Men xayolimga hamma “harakatlanadigan” narsalarimni keltirib ko‘rdim: samokat, velosiped, rolik, motor o‘rniga rezinka o‘rnatilgan samolyotcha. Bularning hech biri o‘z-o‘zidan harakatlanmas, ayniqsa, abadiylik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.
- Sen uni doim o‘zing bilan olib yurasan. Hozir ham u sen bilan! – ustozim menga shu narsani topishga ko‘maklashar, bu holat xuddiki “Issiq-sovuq” o‘yinini o‘ynayotgandagi holatga juda o‘xshar edi.
Men cho‘ntaklarimni titib chiqdim, sumkamga ham qaradim, unda 5-sinf darsliklari bor edi, xolos. Ammo na sumkamdan, na cho‘ntaklarimdan abadiy dvigatelga o‘xshash hech narsa topa olmadim.
- Sening abadiy dvigateling o‘z ko‘ksingda, - dedi ustozimiz. – Bu sening mehrli yuraging. U kecha-yu kunduz, yoz-u qish urib turadi. Dam olishsiz, tanaffussiz … doim ishlaydi.
Men o‘zim bilmagan holda qo‘limni ko‘ksimga qo‘ydim va yuragimning zaif, bir maromdagi urishini his qildim. Sinf xonasi jimjit bo‘lib qoldi: hamma o‘zining “abadiy dvigatel”ini tinglash bilan band edi.
Shu tarzda ustozimiz bizga mo‘jizali dunyoning sirlarini ochib berar, bu orqali esa biz dunyoning naqadar ajoyib ekanligini, xuddi ertaklarga o‘xshashini his qilar edik! U oddiy narsalar haqida ham shunday so‘zlar ediki, o‘zi so‘zlayotgan narsalarning biz kutmagan jihatlarini ochib berishga harakat qilar edi. Va shu oddiy narsalar ham ko‘z oldimizda bor tarovati bilan namoyon bo‘lar, butunlay yangi ma’no kasb etar edi.

Download 198.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling