5-mavzu. Buddaviylik


Download 14.34 Kb.
bet5/5
Sana03.12.2023
Hajmi14.34 Kb.
#1798789
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buddaviylik

Maxayana

Maxayana ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in`omlar berib yordam ko`rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin degan ta`limotga asoslanadi. Bu xudolarga ishonish yo`llari barcha uchun mumkin bo`lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.

Tszintu

Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik YAponiyaga o`tgan. Unga Xuey-YUan’ asos solgan. Xitoyshunos olimlarning ta`kidlashlariga qaraganda, TSzintu yo`nalishi daosizm, hatto qadimgi Xitoy «sinizm»i ta`sirida shakllangan.

Tenday

Bu nom shunday deb atalgan bir ibodatxona nomi bilan bog’liq. Mazkur yo`nalishning ilk va ko`zga ko`ringan vakillaridan biri monax CHji-I bo`lgan. Tenday yo`nalishi o`z tarafdorlari orasida katta obro`ga ega bo`lgan va XIV asrga qadar mavjud bo`lgan.

Tantrizm

Hindistonda birinchi ming yillik o`rtalarida vujudga kelib, keyinchalik Xitoyga ham o`tgan. Buddizmning ushbu yo`nalishi VIII asrga kelib juda taraqqiy topdi.

CHan’-Buddizm

Mazkur yo`nalishning nomi sanskrit tilidagi «dxiana» (meditatsiya, fikrni jamlash) so`zidan kelib chiqqan. Hindistonda vujudga kelgan dxiana buddizm maktabi tarafdorlari vaqti-vaqti bilan tashqi olamdan uzilib, ushbu abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlash ta`limotini ilgari surganlar.

Lamaizm

Buddizmning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug’» degan ma`noni anglatadi. Mazkur diniy yo`nalish rahbari shu nom bilan – lama deb ataladi.

Lamaizm Tibetda VII-XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo`lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi.

Lamaizm yo`nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug’ilgan mavjudotlarning eng ulug’i, bodxisatva Avalakiteshvaraning erdagi ko`rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma`nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug’ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo`lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjantso-Igvant hisoblanadi. U 1935 yilda tug’ilgan. Uning o`limi bilan erda yangi Dalay-Lama paydo bo`ladi. Oliy lamalardan tashkil qilingan hay`at uning o`limidan so`ng bir yil mobaynida yangi tug’ilgan go`daklar orasidan yangi Dalay-Lamani qidirib topadilar. SHundan so`ng go`dak monastirda (xonaqohda) tarbiyalanadi. U voyaga etgunga qadar uning vazifasini regent – muvaqqat vakil bajarib turadi.

Xulosa

  • dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan;
  • buddaviylik ta’limoti o’z ichiga 4 oliy haqiqatni oladi;
  • Buddaviylik dinining muqaddas manbasi “Tripitaka”;
  • O’rta Osiyo ahoisining zardushtiylik dinidan so’ng asosiy e’tiqodi bo’lgan, bu haqda hududdan topilgan budda haykallari ham dalolat beradi.

Download 14.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling